Pedagogika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet21/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Shakllantiruvchi tajriba bosqichida talabalarning komil inson boʻlib shakllanish faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida mashgʻulotlarni oʻtkazish, suhbat va anketa soʻrovi kabi metodlar yordamida talabalarning komil inson boʻlib shakllanishi va rivojlanishiga yoʻnaltirilgan pedagogik ta’sir hamda mustaqil faoliyatni yoʻlga qoʻyish asosida ijodiy kompetentsiyalarni shakllantirishga katta ahamiyat qaratildi. Nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy yechimlar loyihalar va ta’lim texnologiyasini yaratishda amaliy qoʻllanildi hamda ular asosida tajriba-sinov mashgʻulotlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar qatorida talabalarning loyihaviy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga doir ishlarga alohida ahamiyat qaratildi.

  • Ta’kidlovchi tajriba bosqichida talabalarni oʻtkazilgan tajribalarimiz davomida komil inson boʻlib shakllanishi va rivojlanishi darajasining holati aniqlandi. Talabalarni komil inson boʻlib rivojlanishi samaradorligini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarni mustahkamlash hamda kamchiliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar, tavsiyalar, talabalarni komil inson boʻlib shakllanish va rivojlanganlik darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov mashgʻulotlari oʻtkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarning komil inson boʻlib shakllanish va rivojlanishida ijobiy natijalarga erishilganligi matematik-statistik metodlar hamda xolis ekspertlar tomonidan baholash orqali tasdiqlandi.

    Tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlandi: talabalar bilan ishlashga doir metodik shart-sharoitlarning yaratilganligi; oliy ta’lim tizimidagi muassasalarning intellektual laboratoriyaga egaligi; ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish; oʻz oʻquv fanlaridagi soatlarning bir qismini xalq oʻyinlaridagi harakatlar va fikrlarga uygʻunlashtirgan holda mashgʻulotlarni tashkil etadigan professor-oʻqituvchilarning mavjudligi; hozirda mavjud, ayniqsa yoʻqolib borayotgan milliy oʻyinlarimizni oʻzida aks ettirgan dasturlarni ishlab chiqilishiga alohida e’tiborning qaratilganligi; boʻlajak oʻqituvchilarni komil inson boʻlib shakllanishiga yoʻnaltirilgan xalq oʻyinlarini oʻzida aks ettirgan elektron-didaktik ta’minotning ishlab chiqilganligi; boʻlajak oʻqituvchilar bilan ishlashda kreativ salohiyatga ega pedagoglarning jalb etilganligi va hokazolar.
    Shuningdek, tajriba-sinov ishlari davomida tadqiqot ob’ekti sifatida boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi talabalari tanlanganligi sababli qoʻllanilgan metodlar quyidagicha guruhlandi:
    1) boʻlajak oʻqituvchi shaxsini oʻrganishga xizmat qiluvchi metodlar – soʻrovnomalar, anketalar, testlar;
    2) proektiv metodlar – testli, shaxslararo munosabatni oʻrganuvchi, pedagogik va ijtimoiy muammoli vaziyatlarni tahlil qiluvchi;
    3) “Men” kontseptsiyasi – oʻzini-oʻzi kuzatish, oʻzini-oʻzi oʻrganish, oʻzini-oʻzi tavsiflash, oʻzini-oʻzi baholash, oʻz-oʻziga hisobot berish, oʻzini-oʻzi tahlil etish.
    Tadqiqot natijalarini umumlashtirish va guruhlashda koʻrgazmali axborot metodikasidan foydalanildi. Uning yordamida quyidagi vazifalar hal qilindi: 1) boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, tyutorlar, ota-onalarning e’tiboriga havola etilgan xalq oʻyinlarini oʻquvchi tarbiyasiga ta’siri yuzasidan savollarga – qaytargan javoblarini umumlashtirish; 2) tajriba-sinov ishlari bosqichlari, yakuniy koʻrsatkichlar hamda asoslovchi, oraliq va yakuniy tajriba-sinov ishlari natijalarini ifodalovchi jadvallarni tahlil qilish, qiyoslash, taqqoslash asosida nazorat va tajriba guruhlari natijalarini statistik tahlil etish.
    Quyida boʻlajak boshlanich sinf oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish davrida qoʻllanilgan metodlardan ayrimlarining amaliy ahamiyati va qoʻllashdan koʻzlangan maqsad toʻgʻrisida qisqacha soʻz yuritiladi:
    1. Pedagogik kuzatuv metodi – boʻlajak boshlanich sinf oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi darajasini oʻrganish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beruvchi pedagogik omillarni aniqlash maqsadida qoʻllanildi. Ushbu metodni qoʻllash orqali boʻlajak oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.
    2. Anketa metodi – bu metod ham boʻlajak boshlanich sinf oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi masalasiga qay darajada e’tibor qaratilayotganligini oʻrganish, bu borada samaradorlikka erishishni kafolatlovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligini aniqlash, boʻlajak oʻqituvchilarning intellektual darajasini baholash maqsadida qoʻllanildi.
    Tajriba-sinov davrida ochiq anketalardan foydalanildi. Buning sababi tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan professor-oʻqituvchi va talabalardan muammo yechimini topishda ahamiyatli boʻlgan ma’lumotlarni koʻproq olishdan iborat boʻldi. Anketa ikki bosqichda, ya’ni ta’kidlovchi va yakunlovchi tajriba-sinov davrida qoʻllanildi. Har ikki bosqich natijalari oʻzaro qiyosiy tahlil etilib, boʻlajak boshlanich sinf oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi darajasi va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi.
    3. Suhbat metodi – bu metod ham anketa metodi kabi tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni toʻplash maqsadida qoʻllanildi. SHu oʻrinda alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, anketa metodi bir qator afzalliklarga ega boʻlishi bilan birga ayrim cheklovlar ham mavjud. Masalan, anketa metodidan foydalanishda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan boʻlajak oʻqituvchilar ularga berilgan savollarga noxolis, notoʻgʻri javob qaytarishlari mumkin. Bu esa oʻz navbatida olinadigan ma’lumotlarning ishonchli boʻlmasligi va pedagogik nuqtayi nazardan asoslanmasligiga olib keladi.
    Shu sababli anketa soʻrovlarining bevosita davomi, toʻldiruvchisi sifatida suhbat metodidan foydalanish tajriba-sinov ishlarini yetarli darajada tashkil etilishini ta’minladi.
    4. Intervyu metodi ham bir qator afzalliklarga egaligi sababli tajriba-sinov ishlarini olib borishda undan unumli foydalanildi. Intervyu metodini qoʻllashda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan boʻlajak oʻqituvchilarga qoʻshimcha savollar berish orqali muammoning mohiyati ochildi, koʻzlangan maqsadga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar toʻplandi.
    Intervyu, asosan, boʻlajak boshlanich sinf oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligiga oid maxsus metodikani amaliyotga joriy etishdan oldin va keyin uyushtirildi. Bu esa tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratilgan maxsus metodikaning samaradorligini bevosita baholab borish imkonini berdi.
    5. Pedagogik tajriba metodi – tadqiq etilayotgan muammoning ijobiy hal etilishiga yoʻnaltirilgan faoliyatning yaxlit tizimi sifatida namoyon boʻladi. Boʻlajak boshlang‘ich sinf oʻqituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligida mazkur metoddan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi va tajriba-sinov ishlarini olib borishda bu metod bevosita qoʻllanildi.
    6. Interfaol metodlar–boʻlajak oʻqituvchilarning oʻquv faolliklarini kuchaytirish, ularda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish va ehtiyojni yuzaga keltirish hamda ularni yanada mustahkamlash, boʻlajak oʻqituvchilarda oʻz-oʻzini tahlil, nazorat va baholash qobiliyatlarini oshirish maqsadida qoʻllanildi. Ushbu metodlar tadbirlarning qiziqarli oʻtishini ta’minlash bilan birga boʻlajak oʻqituvchilarni ijodiy, erkin fikrlashga undadi.
    7. Matematik-statistik metod (Styudent metodi). Pedagogik yoʻnalishda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida matematik-statistik metod oʻziga xos oʻrin tutadi. Zero, tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash orqali tadqiqotning natijalari toʻgʻrisida yakuniy xulosaga kelishda matematik-statistik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Oliy ta’lim muassasalarida boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning komil inson shaxsini rivojlantirish jarayonida quyidagi kamchiliklarning mavjudligi kuzatildi:
    - boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning komil inson boʻlib shakllanishida muhim omil boʻlgan xalq oʻyinlaridan deyarli foydalanilmasligi;
    - boʻlajak oʻqituvchilarda, oʻquvchilarning komil inson boʻlib shakllantirishning metodologik asoslari maxsus oʻrganilmasligi;
    - boʻlajak oʻqituvchilarda, oʻquvchilarning komil inson boʻlib shakllantirishga tayyorlashda izchillik hamda kompleks yondashuvga amal qilinmasligi;
    - boʻlajak oʻqituvchilarda, oʻquvchilarning komil inson boʻlib shakllantirishga tayyorlashda istiqbolning tahlil qilinmasligi;
    - milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, intellektual, ma’naviy, estetik hamda badiiy qadriyatlar asosida oʻquvchilarning komil inson boʻlib shakllanish jarayoni mazmunini yangilashga e’tibor qaratilmaganligi;
    Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻz kasbiy faoliyati jarayonida oʻquvchilarni qay tarzda bilim olishga jalb etish, ular faoliyati natijalarini tashxislash va tahlil qilish tajribasiga ega emaslar. Shu bilan bir qatorda boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida muloqotga kirishuvchanlik koʻnikmalari yetarlicha shakllantirilmagan. Ular oʻquvchilarda komil inson shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari, mexanizmlarini puxta o‘zlashtirmaganliklari ayon boʻldi.
    Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini oʻquvchilarda komil inson shaxsini shakllantirishga tayyorlash amaliyotida nafaqat ilmiy-asoslangan nazariy-pedagogik, balki bu jarayonning nazariy-amaliy (uning xususiyatlari, tomonlari, maqsadga intiluvchanligi, kasbiy-shaxsiy mezonlari, natijalarini tahlil qilish) asoslari yetarlicha yoritilmagan.
    Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini oʻquvchilarning komil inson shaxsini shakllantirishga tayyorlash jarayoni mazmunini modifikatsiyalashtirishga oʻqituvchilar tuzilishli-mazmunli tizimga ega boʻlmay, ikkilanib ishonchsiz (unda emotsional-psixologik, motivatsiyali, idrok etish, shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi, intellektual-ijodiy, faoliyatli, ijtimoiy-tarbiyaviy, oʻziga baho berish hamda oʻzini takomillashtirish muhim komponentlari boʻlishi kerak) munosabatda boʻladi.
    Pedagogikadagi yangi yondashuvlar, innovatsion usullar, metodlar, vositalar, yangi texnologiyalar, shu jumladan, oʻquvchilar bilan auditoriyadan tashqarida ishlash metodikalarining eng samarali shakllari, ilgʻor metodlarini izlash, oʻrganishga boʻlgan qiziqish yetarlicha faollashmagan.
    Bugungi kunda boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga ta’lim-tarbiya berishning ustuvor jihatlaridan professor-oʻqituvchilar yetarlicha xabardor emaslar. Pedagogik amaliyot jarayonida ular an’anaviy usul va metodlardan foydalanish, avtoritar ish uslubini qoʻllashni ma’qul koʻradilar.
    Oʻquvchilardagi qobiliyatlarning namoyon boʻlish darajalari va uni aniqlash tartiblari toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida oʻquvchilarda komil inson shaxsini shakllantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; mustaqil qaror qabul qilish; oʻzining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yoʻnalganlik; emotsionallik; muammoni koʻra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; oʻz-oʻzini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
    Mazkur mezonlarga asoslangan holda ularni shartli ravishda toʻrt – motivatsion, emotsional, intellektual-bilishga doir, amaliy guruhlarga tasniflash asosida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini komil inson boʻlib shakllanish va rivojlanishining quyi, oʻrta va yuqori daraja koʻrsatkichlari aniqlashtirildi.
    Oʻquvchilarda komil inson shaxsini shakllantirish dinamikasining past darajasi oʻquv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning yorqin namoyon boʻlmasligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning qaror topmaganligi, shaxslararo munosabatda qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetentsiyalarning shakllanmaganligi bilan tavsiflandi.

    Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling