Pedagogika kafedrasi
Download 1.16 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-jadval Dastlabki bosqich : boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida komil inson shaxsini shakllanganlik va rivojlanganlik darajasi
- Mezonlar Motivatsion Intellektual-kognitiv
- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish 3-kurs Tajriba guruhi yuqori
- Nazorat guruhi yuqori
- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish 4-kurs Tajriba guruhi yuqori
- 3.3-jadval Oraliq bosqich : boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida komil inson shaxsini shakllanganlik va rivojlanganlik darajasi
3.2-jadval Dastlabki bosqich : boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida komil inson shaxsini shakllanganlik va rivojlanganlik darajasi
Tajriba sinov ishlari olib borilgan tadqiqot ishlaridagi gʻoyalarning boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish hamda ijodiy va ijtimoiy loyihalarni bajarish darajalarini samarasini aniqlash maqsadida oʻtkazildi. Bunda boʻlajak oʻqituvchilarda xalq oʻyinlarini mashgʻulotlarga tadbiq qilish asnosida komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish darajasini aniqlash uchun 3 bosqichda (dastlabki, oraliq va yakuniy)gi natijalar olindi. Boʻlajak oʻqituvchilarda ijodiy va ijtimoiy loyihalarni bajarish darajalarini aniqlashda esa 2 bosqichda (dastlabki va yakuniy) natijalar olindi. Tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida tadqiq etilayotgan sifatlar(Komil inson shaxsi)ning rivojlanganlik darajasi boʻyicha boʻlajak oʻqituvchilarning natijalari keltirildi. (3.2-jadvalga qarang). Tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida oʻtkazilgan anketa, suhbat natijalari boʻlajak oʻqituvchilarning komil inson boʻlib shakllanganligi va rivojlanganligida quyidagi tendentsiyalarni ajratib koʻrsatish imkonini berdi: motivatsion komponent koʻrsatkichlari natijalari boʻlajak oʻqituvchilarda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga motivatsiyaning aniq kuzatilmasligi, intellektual-kognitiv komponent tahlilida boʻlajak oʻqituvchilarda refleksiyaning namoyon boʻlmasligi, faoliyat natijalarini baholash qobiliyatining pastligi, emotsional komponent tahlilida boʻlajak oʻqituvchilarning izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqishining sustligi, amaliy komponentda izlanishli-tadqiqotchilikka doir topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishi kuzatildi. Mazkur natijalarga asoslangan holda boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi talabilarini komil inson boʻlib shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlarining oraliq bosqichida tadqiq etilayotgan sifatlarning rivojlanganlik darajasi boʻyicha boʻlajak oʻqituvchilarning foiz koʻrsatkichlari quyidagicha koʻrinish hosil qildi (3.3-jadvalga qarang). 3.3-jadval Oraliq bosqich : boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida komil inson shaxsini shakllanganlik va rivojlanganlik darajasi
Tajriba-sinov ishlarining oraliq bosqichida oʻquv jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirishga imkon beruvchi muammoli oʻyin, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalarini qoʻllash asosida olingan natijalar boʻlajak oʻqituvchilarda komil inson shaxsini shakllanganlik va rivojlanganligiga doir quyidagi jihatlarni ajratib koʻrsatish imkonini berdi: motivatsion komponent koʻrsatkichlari natijalariga asosan oʻquvchilarda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga motivatsiyasida oʻsish kuzatildi, intellektual-kognitiv komponent tahlilida boʻlajak oʻitquvchilarda refleksiyaning namoyon boʻlishi, faoliyat natijalarini baholash qobiliyatining faollashuvi kuzatildi, emotsional komponent boʻyicha oʻquvchilarning izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqishlarining aniq namoyon boʻlishi, amaliy komponentda izlanishli-tadqiqotchilikka doir topshiriqlarni bajarishda kognitiv qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish kuzatildi. Mazkur natijalarga asoslangan holda boʻlajak oʻqituvchilar bilan ishlashda tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar ta’lim amaliyotiga tatbiq etildi. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida tadqiq etilayotgan sifatlarning rivojlanganlik darajasi boʻyicha boʻlajak oʻqituvchilarning foiz koʻrsatkichlari quyidagi tarzda namoyon boʻldi (3.4-jadvalga qarang). Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling