Pedagogika kafedrasi
Yakuniy bosqichdagi olingan natijalarga koʻra ta’lim muassalaridagi statistik hisoblar jadvali
Download 1.16 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish 3-kurs
- Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish 4-kurs
- 3.1-rasm. Barcha ta’lim muassasalardagi talabalarning mezonlar boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi
Yakuniy bosqichdagi olingan natijalarga koʻra ta’lim muassalaridagi statistik hisoblar jadvali
3.8-jadval
Yakuniy natijalardan koʻrinadiki barcha kurslaridagi talabalar tajriba sinov ishining yakuniy bosqichida boʻlajak oʻqituvchilarning bilim darajasi tajriba guruhida nisbatan yuqori ekanligi, Styudent statsitikasi orqali olingan T ning qiymati kritik qiymatdan kattaligi, ishonch oraliqlarining bir-biri bilan ustma-ust tushmasligi va oʻqitish sifatini baholash koʻrsatkichining birdan kattaligi, bilim darajalarini baholovchi koʻrsatkichlarning noldan kattaligi tengligi, tajriba va nazorat guruhlaridagi olib borilgan tatqiqot ishlaridan tajriba guruhlarda samarali ekanligi va samaradorlik koʻrsatkichi har bir mezon boʻyicha mos 1.14 (14 foiz), 1,13 (13 foiz), 1,12 (12 foiz) va 1,16 (16 %) ga yuqori ekanligini koʻrsatadi va har bir mezon boʻyicha statistik gipoteza sifatida H1 qabul qilinadi Bu esa oʻz navbatida tajriba guruhlariga tegishli natijalarning nazorat guruhlari natijalariga koʻra yuqori ekanligini ifodalaydi. Shunday qilib, statistik tahlil boʻlajak oʻqituvchilarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqladi (3.1-3.2-rasmlarga qarang). 3.1-rasm. Barcha ta’lim muassasalardagi talabalarning mezonlar boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 3.2-rasm. Barcha ta’lim muassasalardagi talabalarning mezonlar boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichi Tajriba-sinov ishlari jarayonida boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi talabalari izlanishli-tadqiqotchilikka doir oʻquv malakalariga egaliklarini oʻrganish jarayonida ular tomonidan loyihalarni ishlab chiqishda aksariyat hollarda yoʻl qoʻyiladigan umumiy xatolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yoʻllari taklif qilindi (3.9-jadval). Tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlarida iqtidorli talabalarning amaliy harakatlarini kuzatish, ularning oʻquv hamda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayoniga boʻlgan munosabatlari ham sinchiklab oʻrganildi. Oʻrganish natijalari ham boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi talabalarini komil inson qilib tarbiyalashda samarali pedagogik faoliyatni tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Oʻquv loyihalarini baholashning umumiy mezonlari sifatida quyidagilar belgilab olindi: - muammoning dolzarbligi va ahamiyatini yoritib berish; - muammoning toʻliq yoritilganligi; - muammoni hal etishdagi originallik; - artistizm va ifodaning yorqinligi; - axborot texnologiyalaridan foydalana olish; - loyiha yuzasidan savollarga javob bera olish. Mazkur umumiy mezonlar asosida besh ballik shkala boʻyicha baholashga doir me’yorlar shakllantirildi: “5” ball: agar talabaning bajargan ishi loyiha mavzusiga toʻliq mos kelsa; muammo toʻla yoritilgan boʻlsa; daliliy materiallar toʻgʻri boʻlsa; muammo izchil, muayyan ketma-ketlikda bayon etilgan boʻlsa; nutqi ravon hamda stilistik va orfografik xatolar mavjud boʻlmasa qoʻyiladi. “4” ball: agar talabaning bajargan ishi loyiha mavzusiga toʻliq mos kelsa; daliliy materiallar toʻgʻri boʻlsa; muammo izchil, ketma-ketlikda bayon etilgan boʻlsa; matn tushunarli va yorqin ifodaga ega boʻlsa, ishda juz’iy bir yoki ikki kamchilikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa qoʻyiladi. “3” ball: agar talaba loyiha muammosidan ba’zi oʻrinlarda bir oz chetga chiqqan boʻlsa; loyihada ayrim daliliy materiallar yetarli boʻlmasa; ba’zi holatlarda loyihani bayon etish ketma-ketligi buzilgan boʻlsa; matnda ayrim gʻalizlik va nutq yorqin ifodaga ega boʻlmasa qoʻyiladi. “2” ball: agar ish loyiha muammosiga toʻgʻri kelmasa; dalillar yetarli boʻlmasa; fikrlarni bayon etishda ketma-ketlik va izchillikka rioya etilmagan boʻlsa, matn qisqa va toʻliq boʻlmagan koʻrinishdagi gaplardan tuzilgan boʻlsa, yaxlitlikda loyiha mazmunida olti, nutqda esa yettita xatolik mavjud boʻlsa, qoʻyiladi. Pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlil etishda oʻquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ijodiy va ijtimoiy loyihalarni baholash asosida tajriba va nazorat sinflaridagi natijalar matematik-statistika metodi yordamida tahlil etildi. Hisoblash uchun qulay boʻlishi uchun reprezentativ ravishda tajriba guruhining 152 nafar va nazorat guruhiining 156 nafar talabalarning natijalari asos sifatida olindi. Samaradorligi bashoratlangan dasturning ta’lim amaliyotiga qay darajada mosligini aniqlash maqsadida tajriba va nazorat guruhlari boʻyicha tajribadan avvalgi va keyingi holatlar qiyosiy tahlil qilindi: Yakunlovchi tajriba-sinov jarayonida olib borilgan amaliy oʻrganish natijasida tajriba va nazorat guruhlarida quyidagi koʻrsatkichlar yordamida ularga mos ravishda 1- va 2-tanlanmalarning variatsion qatorlari hosil qilindi (3.11-jadvalga qarang): Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling