Pedagogika kafedrasi
Uchinchi bob boʻyicha xulosalar
Download 1.16 Mb.
|
Uchinchi bob boʻyicha xulosalar
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishida Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslariga alohida e’tibor qaratildi. Eksperiment empirik metod sifatida pedagogika va psixologiya fanlarida keng qoʻllaniladi. Boʻlajak oʻqituvchilardagi qobiliyatlarning namoyon boʻlish darajalari va uni aniqlash tartiblari toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; oʻzining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yoʻnalganlik; emotsionallik; muammoni koʻra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; oʻz-oʻzini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi. Talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish dinamikasini mezonlar asosida tahlil etish tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlarida amalga oshirilib, korrektsion chora-tadbirlar asosida kamchiliklar bartaraf etib borildi. Ma’lumotlarni toʻplash, miqdor va sifat jihatdan tahlil etishda turli metodlardan foydalanish, olingan natijalarni statistik tahlil etish natijalarning ishonchliligiga asoslanib, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon berdi. Talabalarning komil inson boʻlib shakllanishida xalq oʻyinlaridan didaktika sifatida foydalanishning mavjud holatini aniqlashga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, anketa soʻrovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yoʻnalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Styudent statsitikasi orqali olingan natijalar xalq oʻyinlaridan didaktika sifatida foydalanish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mumkinligini tasdiqladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling