Pedagogika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet5/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Ming qadamdan tanga pulni urganga,
Men tegaman shul qarchigʻay merganga.
Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk”, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Umar Xayyomning “Navroʻznoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” ,Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomayi Sultoniy yoxud Javonmardlik tariqati”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Lisonut-tayr”, “Mahbub ul-qulub”, Zayniddin Vosifiyning “Nodir voqealar”, Amir Temurning “Temur tuzuklari, “Temurnoma”, Zahiriddin Boburning “Boburmoma” va boshqalar, shuningdek, Oybekning “Alisher Navoiy” tarixiy romani, “Bolalik” qissasi, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Mirmuhsinning “Temur Malik” Raddiy Fishning “Jaloliddin Rumiy” va shu kabi tarixiy-ilmiy- badiiy asarlarda xalq oʻyinlarining paydo boʻlishi tarixi va rivoji toʻgʻrisida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
Mahmud Qoshgʻariy XI asrda yashab, turkiy xalqlar ogʻzaki ijodini toʻplashda jonbozlik koʻrsatib, turkshunoslik fanini asoschilaridan biri boʻlib, bu fanning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olimlarning ustozidir. M.Qoshgʻariy oʻzining ”Devonu lugʻotit turk” asari ustida 15 yil tinimsiz ishladi, uzoq yillar yurtma-yurt kezib manba toʻpladi.. Yuqori Chindan boshlab to Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxoroga qadar choʻzilgan hududni birma-bir kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urugʻ va qabilalar, xalqning yashash tarzi, kasb-kori, turar joylari, urf-odatlarini, ularni tillarini sinchiklab oʻrgandi.
Natijada, u shuncha katta hududda yashagan barcha qabilalarni va ularning tillarini juda puxta oʻrgandi, mukammal aniqlashga muvaffaq boʻldi. Devon yozish ustidagi harakatlarini shunday izohlaydi: “Men turklar, turkmanlar, oʻgʻizlar, chigillar, yagʻmolar, qirgʻizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini koʻp yillar kezib chiqdim, lugʻatlarini toʻpladim, turli xil til xususiyatlarini oʻrgandim, aniqladim. Men bu ishlarni til bilmaganimdan emas,balki barcha kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Boʻlmasa men tilda ularning yetuklaridan, eng katta mutaxassislardan xushfahmlardan, eski qabilalardan, jang ishlarida usta nayzalaridan edim” [21.42].
Mahmud Qoshgʻariy toʻplagan manbaalar oʻsha davr tilini har tomonlama yoritishga imkoniyat tugʻdirgan boʻlsa, ikkinchidan,puxta ilmiy xulosalar chiqarishga ham yoʻl ochgan edi. XI asrlarda bir qancha ilmiy asarlar yaratilgan boʻlsa ham bizgacha faqat ”Devonu lugʻotit turk” asari yetib kelgan. Bu asar hajmi 3 jilddan iborat boʻlib, 18 harfdan iborat boʻlgan turk ”uygʻur” alifbosida keltirilgan. Bizga devonning birgina qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan. Qoʻlyozma Istambulda saqlanadi. Devon 2 ta asosiy boʻlimdan iborat:Muqaddima, Lugʻat qism, turkiy xalqlar ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ortiq she’riy parchalar, maqollar, hikmatli soʻzlar va lavhalar berilgan.
Mahmud Qoshgʻariy xalq ogʻzaki ijodi namunalarida keltirilgan soʻzlarni ham alohida toʻpladi, ularni har qanday janrlarda qanday qoʻllanganligini zoʻr chidam bilan oʻrgandi. U xalq ogʻzaki ijodida foydalanilgan chetdan kelgan soʻzlar ustida ham oʻz qarashlarini bayon qildi. Turmushda ishlatilib kelinayotgan asboblar, ashyolar vositasi bilan kirgan soʻzlar, turli xil xitoy, rus, hind kiyimlari nomlari, ovqatlari nomi, dorilar nomiga alohida toʻxtaydi va izohlaydi, ular oʻrniga turkiy tilda qaysi soʻzlarni qoʻllash mumkinligini koʻrsatib oʻtadi. Xalq ogʻzaki ijodidagi-ertaklar, afsonalar, maqollar, hikmatli soʻzlarni toʻplar ekan urugʻ, qabila masalasiga alohida toʻxtalib oʻtadi. Devonda berilgan mehnat qoʻshiqlarida mehnat bilan bogʻliq boʻlgan oʻyinlar, kishilarni mehnatga boʻlgan munosabati, mehnat mashaqqatlarini yengillashtirishga, hordiq chiqarishga, yoshlarni mehnatga koʻniktirishga va oʻrgatishga yordam berayotganligi ifodalangan.
Zayniddin Vosifiyning hikoya qilishicha, “Navroʻz Ahmad kamondorlikda shu darajaga yetdiki, birorta pahlavon ham uningdek kamon tortolmasdi”. Uning yoy oʻqi dushman koʻziga borib yetmay tinchimasdi; kamon tortgan vaqtida falak qavs chillaxonasidan turib tahsinga ogʻiz ochardi. Oʻqi otilgan vaqtda burchaklardan “Ofarin” ovozi koʻtarilardi...[49].
Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” asarida “Uloq” soʻzini koʻp ishlatgan. Al-Maqsudiy Qurbon hayiti haqida yozganda: “Bayram kuni jurjonliklar bilan bekrobodliklar oʻrtasida tuya kallasini qoʻlga kiritish uchun tortishuv boʻladi”, deb qimmatli ma’lumot qoldirgan.
Oʻzbek xalq oʻyinlarining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Oʻyinlar xalqning oʻzi singari qadimiy va boy tarixga ega. Xalq oʻyinlarining nomlanishi va ularning oʻynalishi tarkibi toʻgʻrisida turkiy zabon olim Qoshgʻariy oʻzini “Devonu lugʻotit turk” asarida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Mahmud Qoshgʻariy keltirgan ma’lumotlar oʻyinlarning tarixiy zaminiga va asosga ega ekanligini koʻrsatadi. Darhaqiqat oʻyin nomlari va oʻyinlarning uynalishi tarkibi avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Shunday savol tugʻiladi qanday oʻyinlari boʻlgan? Oʻzbek xalqining shoh asari hisoblangan.”Devonu lugʻotit turk” da oʻyinlar toʻgʻrisida muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Afsuski, qadimiy oʻyin nomlari tadbiq etilmagan, oʻyinlarning oʻynalishi tartibi tiklanmagan. Mahmud Qoshgʻariy lugʻatida zikr etilgan oʻyinlar nomini va uning tartibini tiklash va tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, oʻyinlar xalq madaniyatining ajralmas bir boʻlagidir. “Devonu lugʻatit turk” da anchagina oʻyinlarning nomlari keltirilgan. Ayrim oʻyinlarning oʻynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar sevib oʻynayotgan yongʻoq, poylama singari oʻyinlar.
Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asarida oʻq-yoy bilan bogʻliq boʻlgan “atim, atim er” - oʻq otishga usta odam, “mergan” degan soʻzlar uchraydi.
X-XII asrlarda ham ommaviy boʻlgan. Bu hodisaning hozirgi nomi doʻl “Devonu lugʻatit turk” da yongʻoq oʻyini bilan bevosita bogʻliq boʻlgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan. “Chavgon” haqidagi ma’lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “Shohnomasi” da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi.
Mahmud Qoshgʻariy oʻyin nomini chavgon toʻpini uradigan choʻp nomidan olinganligini ta’kidlaydi. Chavgon choʻpi shu nom bilan atalgan boʻlib fors-tojikcha soʻzdir. Uning ma’nosi “uchi egri, uzun tayoq” degani. Maxmud Qashgʻariy lugʻatidan oʻrin olgan bolalarning sevimli oʻyinlaridan biri “Koʻchirma oʻyini” ya’ni oʻn toʻrt degan oʻyindir. Yerga qoʻrgʻonga oʻxshatib toʻrtta eshik qilinadi. Shu eshiklardan yumaloq tosh yoki yongʻoq tashlab oʻynaladi. Bu oʻyinning oʻynalishi tartibi hozirda bolalar oʻynaydigan mak-mak koʻchmak oʻyinlariga oʻxshab ketadi.
Oʻtmishda kattalar va kichiklar sevib oʻynagan oʻyinlardan biri koptok oʻyini boʻlgan. Maxmud Qashgʻariy lugʻatida koptok nomi tabiq deb berilgan. Koptok oʻyinini koʻproq turk qavliga mansub aholi oʻynagan. Oʻyin boshida kimki koptokni tayoq ayrisi bilan qattiq ursa oʻyinni oʻsha boshlagan. Qadimda rezina koptoklar boʻlmagan. Albatta ijodkor xalqimiz yung va ipak matodan chiroyli koptoklar (boʻlmagan, albatta ijodkor xalqimiz) oʻynashgan.
Sigir, tuya, ot junidan koptok yasash uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblangan. Koptok bilan oʻynaladigan oʻyinlarning turi xam koʻp boʻlgan.
Mungiz-mungiz degan bolalar oʻyini qoʻyidagicha oʻynaladi. Bolalar birorta unga chuqur boʻlmagan chuqurga atrofida oʻtirishadi.
Sonlari orasida hoʻl qum olib toʻldiriladilar. Soʻng qumni qoʻllari bilan uradilar. Ulardan biri (ona boshi) munguz-mungiz) deydi.Qolganlar na mungiz deydilar. Ona boshi birin-ketin shoxli hayvonlar nomini aytadi, bolalar takrorlaydilar .
Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot va boshqa shoxi yoʻq hayvonlar nomini aytib chalgʻitadi. Bolalarning birortasi uning ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, oʻyin shartiga muvofiq uni chuqurga itarib yuborishadi {21.40].
Bobokalonlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida ham bolalar ijodkorligi folklar oʻyinlariga talluqli ma’lumotlar juda koʻp uchraydi.
Bu oʻyinlar inson tarbiyasiga, sogʻligiga ijobiy ta’sir etib kelgan. Oʻz zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, shijoatli bir kishi ming kishidan afzal”- deb aytgan edi.
Hozirgi paytda biz „Sport musobaqalari» deb ishlatib yurgan ibora Mahmud Qoshgʻariy devonida ,,bahs“ atamasi bilan berilgan.Bunday ,,bahs“laming turlari koʻp boʻlganligi ham bayon qilingan.Masalan, merganlikda bahs qilmoq, oʻq-yoy otib, qush va hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtali sopqonlarda tosh otmoq, balandga ilib qoʻyilgan qovoqni moʻljalga olib otmoq bahsi.Bu "Oltin qovoq” oʻyini deb atalgan. Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, usullari, gʻoliblarga beriladigan sovrinlar, zaruriy asbob-anjomlar, maxsus atamalar batafsil bayon etilgan.
Kaykovusning „Qobusnoma”asari XI asrda yaratilgan boʻlib, u xalq orasida nihoyatda mashhur boʻlgan ajoyib axloqiy asar hisoblanadi. „Qobusnoma”moʻjaz rivoyatlar,ixcham, latifalar, kichik-kichik hikoyatlardan iboratdir. ,,Qobusnoma“ning „Hunarning afzalligi va qadri baland, oily tabiatli boʻlish haqida”, „Mazax qilmoq, shatranj va nard oʻynamoq odobi bayoni zikrida”, „Shikorga chiqmoq zikrida”, „Chavgon oʻynamoq zikrida”, „Chaxorpoy (ot) sotib olmoqning zikrida”, „Farzand parvarish qilmoq zikrida” degan boblarida xalq oʻyinlariga tegishli boʻlgan ma’lumotlar berilgan.
Kaykovus chavgon oʻyinining tartibi, qoidalari haqida oʻrinli maslahat beradi, ,,Ey farzand, agar tomosha uchun bir-ikki martaba chavgon oʻynasang ravodur va lekin koʻp otligʻ bila chiqib izdihom1 qilmagʻilkim, sakkiz otliqdin ziyoda boʻlishga hojat yoʻq. Sen maydonning bir boshida turgʻil, yana bir kishi maydonning oxirida tursin. Olti kishi maydonda toʻp ursin, har vaqt toʻp sening tarafingga kelsa, toʻpni urgʻil va maydonning oxiriga surgʻil, ammo olomonning ichiga otmagʻil, chavgon oʻyinining yoʻIi shudir. Shu bilan birga, marraga yetkazishga muvaffaq boʻl. Ammo urush maydoniga kirsang, sustkashlik qilmagil, darang sustkashlik yaxshi ermasdur [18.111].
Demak, oʻyinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng koʻhna shakllari, koʻpgina ma’naviy sohalar chashmasi, sogʻlom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Oʻzbek xalq milliy oʻyinlarining anchagina qismi bevosita harakatlar bilan bogʻliq boʻlib ,ular bolalarni chaqqon, epchil, ziyrak, topqir, kuchli va sogʻlom boʻlib oʻsishlariga imkon beradi.
Xalq oʻyinlari yangi sogʻlom avlodni shakllantirishda ham oʻta muhim oʻrin tutgani ularni biz koʻz qorachigʻidek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.
Oʻzbek xalq milliy oʻyinlari oʻzining uzoq oʻtmishi, boy tarixiga ega boʻlgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida oʻtib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Zero, bolalar va oʻsmirlarni har tomonlama sogʻlom, jismonan baquvvat, ma’nan zukko va topqir boʻlib ulgʻayishlarida har bitta milliy oʻyinimizning oʻz oʻrni bor..
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino nafaqat mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina boʻlib qolmasdan, balki xalq oʻyinlariga doir gʻoyat rang-barang nodir meros qoldirgan allomadir. U xalq oʻyinlari haqida fikr yuritar ekan, ayniqsa badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berdi.
Ibn Sino inson organizmini sogʻlomlashtirish va kasallikni davolash nuqtai nazaridan qarab, xalq oʻyinlaridan biri boʻlgan badantarbiyani beshta asosiy qismga ajratadi. Jumladan:
1. Tez harakatlar;
2. Nozik va yengil harakatlar;
3. Kuchliroq harakatlar;
4. Oʻrta kuchli harakatlar
Gavda uchun maxsus harakatlar. U badantarbiyani tez harakatlar turiga kiritadi, ular asosan, milliy xalq oʻyinlari yoki ularning ayrim unsurlaridan iborat. Masalan:
- Oʻzaro tortilish;
- Musht bilan turtishish;
- Yoydan oʻq otish;
- Tez yurish;
- Nayza otish;
- Yuqoridagi bir narsaga irgʻib osilish;
- Bir oyoqda sakrash;
- Qilichbozlik;
- Nayzabozlik;
-Otda yurish; ikki qoʻlni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qoʻllarini oldga va orqaga choʻzib, tez harakat qiladi.
Olim oʻyin turlari va unsurlarini shunchaki sanab oʻtmasdan, balki xalq donishmandligi asosida oʻzining kuchli bilimi bilan ularni boyitib, inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.
Ulugʻ hakim isitmadan holsizlangan, koʻkrak va qorin toʻsigʻi kasalligidan zaiflashgan kishilarga, asab tizimining charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha boʻgʻilishi kabi kasallardan qiynalayotganlarga oʻyinlarning quyidagi nozik va engil turlari:
- Argʻimchoqlarda uchish;
- Belanchaklarda til holda oʻtirib yoki yotib uchish;
- Qayiq yoki kemalarda sayr qilish,

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling