Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida


Download 1.06 Mb.
bet117/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

19.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida
Uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zining ta’lim–tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do‘stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Bugungi kunda milliy-madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o‘rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.
Ta’lim va tarbiyani davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijodiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimida “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” mavzusidagi ma’ruzasida: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak”15, deb ta’kidladilar.
Ma’lumki, 2017 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyishda axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs fondlari shakllantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish, chop etilayotgan kitoblarni ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali targ‘ib qilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish, hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyatini va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa, o‘z navbatida talabalarda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini takomillash-tirishni talab etadi”16.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida xalqimiz tomonidan inson kamoloti, barkamol shaxs tarbiyasi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga etarlicha e’tibor berib kelingan. Ushbu an’anani davom ettirgan holda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga juda katta e’tibor berilib, bugungi kunda ijtimoiy faol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda, tarbiyaning asosiy maqsadi etib har tomonlama etuk, erkin fikrlovchi, go‘zal xulqli, barcha axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy faol Shaxsni tarbiyalash deb belgilangan.
Respublikamizda yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratilib, bu borada bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga asos solindi. Bu borada 2016 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda ham “Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash” yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan17.
Barcha ma’naviy-axloqiy fazilatlarning asosini ezgulik tashkil etadi, ijtimoiy faol, ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalash uchun esa, avvalo, yoshlarda ezgulik tuyg‘ularini shakllantirish lozim. Yurtimizda davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarda ham ezgulik yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish mumkin. Xususan, hukumatimiz tomonidan yosh avlod tarbiyasiga, umuman ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu esa o‘qituvchi-pedagoglar zimmasiga yoshlarni Vatanga muhabbatli, e’tiqodli, mehr muruvvatli, oqil, halol, pokiza, insonparvar, xalqparvar, ma’naviy-axloqiy kompetentli etib tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda. Mana Shu fazilatlarni o‘zida mujassam eta olgan yoshlargina yuksak axloqqa erishgan ma’naviy etuk, ijtimoiy faol shaxs bo‘la oladilar.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o‘tdi: “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi”18.
Mustaqillik davrida olib borilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlarga oid davlat siyosati ta’lim-tarbiya jarayonida muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev barcha sohalar kabi ta’lim tizimiga ham katta e’tibor qaratdi, yoshlarga oid davlat siyosatini qaytadan ko‘rib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”19 vazifalari belgilab berilgan. Bu esa shaxsning intellektual qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi.
Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishga ko‘maklashish; ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur Sharoitlar yaratish; uchinchi tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish; to‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish; beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo‘Shimcha imkoniyatlar yaratish.
Mazkur ishlarning barchasida yurtimizda ezgulikning ulug‘lanishi, ya’ni avvalo, hayotda Inson omili va uning qadr-qimmati ulug‘lanishi, xalqimizda insoniylik, mehr-muruvvat, o‘zaro munosabat, adolat, yaratuvchanlik, bunyodkorlik kabi ezgulik tamoyillari oliy o‘rinda turishini ko‘rish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan xalqimiz ma’naviy merosidan o‘z o‘rnida oqilona foydalangan holda yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar yuksaltiriladi.
Prezident shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganlinining 26 yilligiga bag‘ishlangantantanali tadbirdagi nutqida: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlariimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar etishib chiqadi. Men bunga ishonaman”, - deb ta’kidlab o‘tdi. Buning uchun albatta o‘sib kelayotgan yoshlarimiz har tomonlama ham ma’nan, ham aqlan, ham jismonan sog‘lom, teran fikrlovchi, o‘zining nuqtai nazariga ega, o‘z erkinligining chegarasini biluvchi va o‘zgalar huquqini hurmat qiladigan, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama madaniyatli bo‘lishlari talab etiladi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling