Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet125/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

21.4. Hadis ilmining paydo bo’lishi

Hadis (arab. «xabar», «yangilik») – Muhammad (sav) ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. Matn – hadis istilohida sanadning nihoyasi, ya’ni ma’nolardan tashkil topgan hadisning lafzlari. Isnod (arab. – tirgak, dalil, asos) – har bir hadisning tarkibiy qismi. Isnod aytilgan so‘zni aytuvchisiga bog‘lashlik. Muhaddis olimlar sanad bilan isnodni bir ma’noda qo‘llaydilar. Hadisning boshlanishida uni birinchi bo‘lib aytgan va eshitgan kishidan boshlab hadislarni to‘plovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari Birma-bir ko‘rsatib chiqiladi va bu hadisning asosi, dalili hasoblanadi. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanini ulamolar shu ilmlarni taqqoslash yo‘li bilan tekshirgan. Hadisni naql qiluvchi kishilarning yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga to‘g‘ri kelsa, isnod to‘g‘ri, demak hadis ham to‘g‘ri deb hisoblangan.
Hadis ikki turga bo‘linadi:

  1. Hadisi Qudsiy.


  2. Hadisi Nabaviy.




Hadisi Qudsiy – ma’nosi olloh taoloniki bo‘lib, aytilishi Rusululloh (sav)dan bo‘lgan hadislar. Uni Olloh taolo o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali xabar beradi, Payg‘ambar (as) esa, buning ma’nosini Olloh nomidan, Olloh taolo aytdi, deb sahobalariga etkazganlar.
Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan esa yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif.
Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etiladi. Ularga aniqlik kiritish va izohlab uqtirish uchun Muhammad (sav) o‘z hadislarini aytganlar. Bu hadislarni payg‘ambarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Rasululloh (sav) hayotlik chog‘larida sahobalarning Qur’oni karimga hadislarni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, hadislarni yozishdan qaytarar edilar. Rasululloh (sav) vafotlaridan keyin hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. SHu munosabat bilan Payg‘ambarimiz (sav) hadislariga begona so‘zlar aralashib qolishidan va hadis naql qiluvchi sahobalar vafot etishlari bilan hadis zoe bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda to‘play boshladilar.
Hadislarda insonning kamolga etishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, bular mehr-oqibat ko‘rsatish, sahiylik, ochiq ko‘ngillilik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g‘amxo‘rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, o‘zaro do‘st, tinch-totuv bo‘lish va boshqalardan iboratdir.
Bundan tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyish, yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z ifodasini topganki, bularning barcha Qur’oni karim ko‘rsatmalaridan kelib chiqadi va komil insonni shakllantirish mezoni sanaladi.
Hadislarda insonning ma’naviy kamoloti mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallagani, o‘z bilimi bilan atrofdagilarga, jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib etishishida muhim omil – bilim deb ko‘rsatiladi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling