Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet168/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Birinchisi – o‘z nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan el-yurtga naf etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod bo‘lishi haqida o‘ylab yashaydigan insonlarga hos hayotiy qarashlar.

Ikkinchisi – bunga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan yondashuv, ya’ni, hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o‘zini qiynamasdan, faqat nafs qayg‘usi va o‘tkinchi hoyu-havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradigan, o‘zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo‘lib yashaydigan odamlarning fikr-qarashlari.
Mana Shunday ikki xil dunyoqarash asosida paydo bo‘ladigan og‘ir savollar odamzot ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni o‘ylantirib, qiynab keladi. Hayot mohiyatini anglab etishga o‘z umri, bilim va salohiyatini bag‘ishlagan ne-ne buyuk zotlar, mutafakkir faylasuflar, alloma va aziz-avliyolar millati, tili va dinidan qat’i nazar Shu kabi murakkab muammolarga javob topish uchun izlangan, bu mavzuda qancha-qancha asarlar yaratgan. Lekin bu savol bugungi kunda ham hanuz o‘tkir va dolzarb bo‘lib qolayotganini inkor etib bo‘lmaydi.
Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch – qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr – oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi.
Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni Shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Ma’naviyatini Shakllantiradigan omil va mezonlar quyidagilar:
  1. Ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar.


  2. Muqaddas dinimiz.


  3. Oila muhiti.


  4. Mahallaning ta’siri.


  5. Ta’lim-tarbiya tizimi.


Albatta, har qaysi xalq va millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


Shu o‘rinda ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon – muqaddas dinimiz hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim.
Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech Shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonnning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida Shakllanadi. Bolalaning harakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila Sharoitida qaror topishi tabiiydir.
O‘z-o‘zidan ravshanki, yuqorida zikr etilganidek, bola tarbiyasida sog‘lom nasl masalasi ham muhim rol o‘ynashini inkor etib bo‘lmaydi. Aqli raso har qaysi inson yaxshi anglaydiki, bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho nemat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.
Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling