Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet51/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Aralash darsning tuzilishi:
1) uy vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol-javob;
2) yangi materialni o‘rganish;
3) o‘zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash;
4) o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash;
5) uyga vazifa berish.


Yangi materiallar bilan tanishish darsining tuzilishi
1) yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash;
2)o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi;
3) bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash;
4) uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darsining tuzilishi
1) uy vazifasini tekshirish;
2) og‘zaki va yozma mashqlarni bajarish;
3) topshiriqni bajarishni tekshirish;

4) uyga vazifa berish.



Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash dars. Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o‘qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qaerda qanday qoida qo‘llanilishini o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko‘nikmalarini qo‘llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo‘llashni o‘zlashtirib olishlari kerak.

Tekshirish (nazorat) darslari. Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o‘quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma Shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling