Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet52/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

8.3. Nostandart darslar

Muammoli darslar. Yangi o’quv materialini o’rganish va mustahkamlash darsning yana bir turi muammoli darslardir. O’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning psixologik zamini sanaladi. Bu darslarga ham an’anaviy darslarga o’xshab qator pedagogik talablar qo’yiladi. Ilmiylik,sistemalilik, izchillik, onglilik va didaktik talablar sanaladi. Shu bilan birga, muammoli darslarning o’ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Muammoli dars ta’limning boshqa turlari, tizimlarini, metodlarini tamomila inkor etmaydi. Uning asosiy xususiyati ta’lim jarayonining ma’lum bo’limida yangi bilimlarni o’rganish jarayonida yangicha bilim, yangicha faoliyat ko’rsatish metodlarni ijodiy egallash bilan harakterlanadi.

Muammoli darslar quyidagicha tashkil etiladi: -darsning boshlanishi, bu bosqichda bolalarning o’quv materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi, mavzuga doir muammo yoki muammolar qo’yiladi;

-qo’yilgan muammo ustida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda ishlashi. Bu bosqichda o’quvchilar muammo, uni bajarish bo’yicha o’z fikrlarini o’rtaga tashlashib fikrlashadi;

-muammoni yechish metodini tanlash. Bu bosqichda bolalar aytgan metodlar(farazlardan) biri tanlanadi;

-tanlangan metod asosida ko’plab muammo bajariladi;

-muammo yuzasidan xulosa chiqariladi, chiqarilgan xulosa yangi o’quv Sharoitiga tatbiq etiladi.



Muammoli darslarda keys-stadi texnologiyasidan foydalanish ijobiy samara beradi.
Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “casye” – chemodan, metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) – 1) o’quvchilarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya; 2) real vaziyatlarni bayon etishda qo’llaniladigan o’qitish texnikasi
Texnologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
1. Tahlil ko’nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
2. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
4. Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish.
5. Noaniqliklar mavjud bo’lgan Sharoitda muqobil variantlarni baholash ko’nikmalarini shakllantirish.
Keys-stadi o’quvchilarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va o’quvchi (o’quvchi) o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari.
“Keys-stadi” yordamida o’quvchilar quyidagi ko’nikma, malakalarga ega bo’ladi:



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling