Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


O’qituvchining darsga tayyorlanishi


Download 1.06 Mb.
bet55/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

8.5. O’qituvchining darsga tayyorlanishi
Har qanday darsning samarasi uning natijasi, ya’ni o’quvchilarda shakllangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasi bilan o’lchanadi, lekin bu natija ko’p jihatdan dars o’tuvchi shaxs-o’qituvchining tayyorgarligiga bog’liqdir.
Dasrga bo’lgan o’qituvchining puxta tayyorgarligi ta’limning samarasini ta’minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o’qituvchi ham psixologik, ham fani bo’yicha puxta tayyorgarlik ko’rishi lozim.
Psixologik jihatdan tayyorgarlik deganda quyidagilarni tushunishimiz lozim. Dars murakkab jarayon bo’lib, unda turli psixik xususiyatlarga;harakterga, irodaviy hislatlarga, xotiraga, diqqatga, tafakkur va temperamentga ega bo’lgan o’quvchilar ishtirok etishadi. Dars davomida yuqorida qayd yetilgan xususiyatlar u yoki bu ko’rinishda o’quvchilar tomonidan namoyon yetiladi. Qolaversa, darsning har bir daqiqasida hyech kim, hyech qaysi yo’l bilan oldindan rejalashtira olmaydigan vaziyatlar yuzaga chiqadi. Ammo, o’qituvchi psixik jihatdan har qanday vaziyatda o’zini yo’qotmasdan muammoni to’g’ri yo’l bilan hal etishga tayyor bo’lishi lozim. Buning uchun har bir o’qituvchi bo’lajak darsning muhitini tasavvur etishi va unga o’zini oldindan tayyorlashi lozim bo’ladi.
Fan bo’yicha tayyorgarlik deganda esa quyidagilar tushuniladi; darsni tashkil etishdan oldin o’qituvchi belgilangan sinfda o’z fani bo’yicha o’quv dasturidan qaysi mavzuni o’tishi lozimligini ko’rib oladi. So’ng ushbu mavzu bo’yicha Davlat ta’lim standartlariga murojaat yetib, nima to’g’risida o’quvchilarga bilim berishni aniqlab oladi. Mavjud darslik yoki adabiyotlar, shuningdek, ko’rgazmali yoki boshqa ta’lim vositalari o’quv dasturi talablariga qanchalik javob berishini aniqlab, mavzuni yoritishga yordam berish imkoniyatlarini bilib oladi. Darslikda bayon yetilgan o’quv materiali bilan tanishib, uni bugungi kun vazifalari hamda sinf o’quvchilarining bilim darajasiga moslashtirib, zaruriyat bo’lsa o’zgarishlar, tuzatishlar kiritadi. O’quvchilarni mashq qildirish uchun amaliy vazifalarni belgilaydi, so’ng mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish, qonun-qoidalarning ta’rifini belgilab oladi. O’quvchilar dars davomida va uyda olib boriladigan mustaqil ishlari uchun vazifalar tayyorlaydi. Dars turi hamda uning davomida qo’llaniladigan metodlar aniq belgilab qo’yiladi. Shu bilan birga dars mavzusini oldingi o’tilgan mavzular bilan hamda fanlararo aloqalarni ayrim o’quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlar rejalashtiriladi va dars rejasini yozishga kirishiladi.
Kundalik dars rejasi (konspekti) o’qituvchi tomonidan har bir darsga alohida yoziladi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling