Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet149/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Madrasalarda deyarlik ilohiy bilimlar berilishiga qaramay, madirasni bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar ham yetishib chi1di. Boborahim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy-Namanganiy, Fazliy Namanganiy, Sayido Nasafiy, Sufi Olloyor, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abdulog’oziy Baxodirxon ana shunday ilm sohiblaridir.

Bu davrda ko’prok adabiyot tarix, me’morchilik, tasvriy san’at rivojlanadi. Lekin tabiiy fanlarga ham oid ajratilgan «Hisoblash usullari haqida risola» nomli matematikaga doir muhim asar ham yuzaga keldi.

Abdulg’oziyning «Shajarai turk» asari ham Sharq, ham Ovrupo olimlarning diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar ham maydonga keldi. XVI asrda yashagan ma’rifatparvar olim Sufi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari «Sufi Olloyor» nomi bilan mashxur bo’lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o‘qitilar edi. Unda islom dinining-asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo’qonda ham ko’plab ilmiy, ma’rifiy maskanlar paydo bo’lib, yirik adabiy muhit yaratilgan. Faziliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-Shuaro» to’plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Xivada bino bo’lgan shayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, Sherdor va Tillakori, Devonbegi, Xivada Arabmuhammad madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishga katta xissa qo’shdi.

Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, huquqshunoslik, savdo- sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy hamda ilmiy bilimlar o’rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutaqqin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi sodat», «Hadislar» o’qitilar edi. O’qish muddati 15- 20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, chor kitob, Xoja Xafiz, “Maslik ul- Mutaqqin», Mirzo Bedildan savod o’rgatilar edi. O’zbek bolalari o’qiydigan maktablarda «Kitob Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona Mashrab», Sufi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o’qitilgan.





Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling