Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet199/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.5. Turkiya ta’lim tizimlari
Turkiya Respublikasida hozir amaldagi ta’lim tizimlariga turk xalqining asl farzandi Kamol Otaturk asos solgan. Turkiya ta’lim tizimlari mamlakat Konstitutsiyasi va «Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari haqida»gi 179, 208, 385-sonli qonunlarda hamda hukumat dasgurlarida har tomonlama chuqur ifodalangan.
Respublika Konstitutsiyasining 42-moddasida «Barcha kishilar ta’lim-tarbiya olish huquqiga egadirlar» deb yozib qo’yilgan va fuqarolarning bilim olish xuquqlari kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta’lim to’la davlat nazoratida bo’lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta’lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin emas.
Xususiy maktablar ham davlat ta’lim standartlari talabiga mos kelishi va davlat dasturlarini to’la bajarishga majbur. Boshlang’ich ta’lim barcha kishilar uchun majburiy, davlat maktablarida bepul o’qitiladi. Majburiy ta’limdan so’ng uning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish istagini bildirgan, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar davlat tomonidan stipendiyalar bilan ta’minlanadilar, ularga boshqa tegishli imtiyozlar ham belgilangan.
Ta’lim muassasalarida faqat o’quv-tarbiya ishlari, uni takomillashtirish bilan bog’liq vazifalarnigina bajaradilar. Undan tashqari faoliyatlarga yo’l qo’yilmaydi. Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini o’rgatish mumkin emas. Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi quyidagicha: ta’lim tizimi bu mamlakatda ikki asosiy qismga bo’linadi. Ulardan birinchi qismi maktab ta’limi bo’lib, uning tarkibiga maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta va oliy ta’lim kiradi. Uning tarkibi qo’yidagicha:
1. Maktabgacha tarbiya bosqichiga maktab yoshiga etmagan bolalarni qabul qilish ixtiyoriydir. Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning maqsadi bolalarni jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishini ta’minlash, ularni maktab bosqichiga puxta tayyorlab berish, kam ta’minlangan o’q.uvchilarga Sharoit yaratish, turk tilida to’g’ri va chiroyli gapirishni o’rgatishdan iboratdir.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling