Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet209/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.8. Niderlandiyada ta’lim tizimlari
Niderlandiya mamlakatida ta’lim qanday yo’lga qo’yilganligini talabalarga bayon qilishni boshlashdan oldin, ularga bu ajoyib mamlakat to’grisida ba’zi ma’lumotlarni berish maqsadga muvofiqdir. Niderlandiyaning er maydoni 42 ming kmg’kv bo’lib, unda 15 million aholi istiqomat qiladi. Uning Shimoliy dengiz bo’yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde dengizga quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik tug’diradi. Shu tufayli ham aholining katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit yuklarni kemalar bilan tashib bsrish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni yoki 67 foizi maishiy xizmat ko’rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq xo’jaligi va baliqchilik xo’jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimida konstitutsion monarxiya, uning o’z parlamenti ham faoliyat ko’rsatadi. Bu mamlakat 12 viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam Shahridir. Niderlandiya kichik mamlakat bo’lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi birlashgan Millatlar tashkilotining o’tmishdoshi bo’lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferentsiyalari bo’lib o’tgan. Hozir xalqaro arbitraj, xalqaro sud Shu mamlakatning Gaaga Shahrining Tinchlik saroyida joylashgan.
Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a’zosi, tinchlik forumlarining barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol a’zosidir.
Niderlandiya ta’lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda frantsuz revolyutsiyasi, ya’ni inqilobi natijasida paydo bo’lgan Bativ Respublikasi davriga to’g’ri keladi. Hozirgi paytda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy Shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, Shu jumladan, xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan tashkil etilgan. Bu mamlakatda ta’lim tizimi 7-3-2 Shakldadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo’shilgan. Uning Shakli quyidagi bosqichdadir:
— boshlang’ich ta’lim;
— o’rta ta’lim;
— maxsus ta’lim;
— oliy ta’lim;
— chet elliklar uchun ta’lim.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling