Pedagogika nazariyasi


Download 81.32 Kb.
bet6/14
Sana30.03.2023
Hajmi81.32 Kb.
#1309733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
I-maruza

Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o’rganuvchi fan sohasi.
Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bog’liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish cho’qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma'lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo'lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma'Iumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo'lib, uning umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o'rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa — shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiyjihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

  1. Iqtisod — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

  2. Sotsiologiva — ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

  1. Etika— shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi.

  2. Estetika — shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.


  3. Download 81.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling