Pedagogika nazariyasi va tarixi


Tayanch tushunchalar lug'ati


Download 36 Kb.
bet6/7
Sana15.03.2023
Hajmi36 Kb.
#1269405
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Didaktika

Tayanch tushunchalar lug'ati:
Didaktika – (yunoncha didaktikos ―o'rgatuvchi, didasko esa ―o'rganuvchi) - pedagogik fan bo'lib, u ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatlari, ta'lim maqsadi, shakl, metod va vositalari, natijasi va hokazolar)ni o'rganadi.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui bo'lib, ular o'quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etadi.
Bilim olish – idrok etish, o'rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o'zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni.
Ta'lim - qo'yilgan maqsadga erishishga yo'naltirilgan o'qituvchi va o'quvchining maqsadli o'zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir.
Ko'nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ta'lim maqsadi (o'qish, bilim olish maqsadi) – ta'limning nimaga intilayotgani, uning urinishlari yo'naltirilgan.
Mazmun (ta'lim, bilim olishning mazmuni) – ta'lim jarayonida o'quvchi egallab olishi zarur bo'lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalar, faoliyat hamda fikrlash usullarining tizimi.
Ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) –ta'lim nimaga erishishini qayd etuvchi tushuncha, o'quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Pedagogik paradigma – (yunoncha paradeigma - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining har bir bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to'plami bo'lib, u ta'limning konseptual modeli sifatida qo'llaniladi.

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling