Pedagogika nazariyasi va tarixi


Download 36 Kb.
bet1/7
Sana15.03.2023
Hajmi36 Kb.
#1269405
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Didaktika




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT IQTISODIYOT VA
PEDAGOGKIKA INSTITUTI

22-18 guruh talabasi


MASHARIPOVA DILAFRO`ZNING
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI” FANIDAN



Mavzu: Didaktika- ta’lim nazariyasi sifatida


Bajardi: D.MASHARIPOVA
Qabul qildi: D.XOLMURATOVA

CHIRCHIQ-2023 Y

MAVZU: DIDAKTIKA – TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA.

Reja:

1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va
vazifalari.
2. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.
3. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.
4. Didaktikaning tushunchaviy tizimi va asosiy kategoriyalari.
5. Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari

Tayanch tushunchalar: didaktika, ta'lim, didaktikaning predmeti, funksiya, kategoriya, paradigma, gumanistik, ratsionallik, ezoterik, tehnokratik.bixeviorizm.

1.Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.

Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo'lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham shunday bo'lgan.


Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika so'zi yunoncha didaktikos ―o'rgatuvchi, didasko esa ―o'rganuvchi ma'nosini bildiradi. Bu so'z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o'xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) ―Buyuk didaktika nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy ―didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham, deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi.


Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling