Pedagogika nima? Asosiy Pedagogik tushunchalar. Pedagogika tarixi


Download 30.24 Kb.
bet3/4
Sana27.10.2023
Hajmi30.24 Kb.
#1727343
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Pedagogika tarixi va nazariyasi

Asosiy Pedagogik tushunchalar.
Pedagogikada «tarbiya» so'zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, o'quv-tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo'nalishida olib boradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.
Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda «tarbiya» so’zi aniq, tor yo'nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi.
O'qitish - o'qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv ko‘nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
Ma’lumot - bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko‘zda tutiladi.
Inson kamoloti - bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Insonning shakllanishi - bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi.
Pedagogika tarixi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’lim, tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tatbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi.

Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling