Pedagogika nima? Asosiy Pedagogik tushunchalar. Pedagogika tarixi


«Pedagogika» atamasi yunoncha bo’lib, «bola yetaklovchi» degan ma’noni bildiradi


Download 30.24 Kb.
bet4/4
Sana27.10.2023
Hajmi30.24 Kb.
#1727343
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Pedagogika tarixi va nazariyasi

«Pedagogika» atamasi yunoncha bo’lib, «bola yetaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib boradigan qullarni «bola yetaklovchi», ya’ni tarbiyachini «pedagogos» deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanishga maxsus tayyorlangan o‘qimishli donishmandlarni «pedagog» deb atay boshlaganlar.
Shuningdek, Yunonistonda bolalaming «donishmand»lar bilan suhbatini esa «maktab» deb atashgan. Garchi «maktab» yunoncha so‘z boiib, «bo‘sh vaqt, mehnatdan dam olish» ma’nosini anglatgan bo‘lsa-da, hozirda «maktab» esa ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida xizmat qilmoqda. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hozirgi O‘zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi asori atiqalar, o‘zbek xalq pedagogikasi, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklari «Urxun-Enasoy yodgorliklari» va «Irq bitiklari», islom ta’limotining asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi va ta’lim-tarbiyaning mazmuniga oid g‘oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, taiim va tarbiya mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo’ladi.
Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso alXorazmiy «Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala», AlKindiy «Insoniy bilimlar tasnifi», Abu Nasr al-Forobiy «Ixso al-ulum» («Ilmlar tasnifi») va «Fozil odamlar shahri», Abu Ali ibn Sino «Donishnoma», «Tadbiri manzil» va «Aqsom al-ulum aqliyya», Abu Rayhon Beruniy «Minerologiya», «Hindiston», «Saydona», Abu Abdulloh al-Xorazmiy «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kaliti»), Ismoil al - Buxoriy «Al-Jome’ as-sahih» va «Al-adab al-mufrad», Abu Iso at-Termiziy «Al-Jome’ as-sahih», Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig», Kaykovus «Qobusnoma», Zamaxshariy «0‘git va nasihatlaming oltin shodalari», Najmiddin Kubro «Odob qoidalari», So‘fi Olloyor «Sabot ul ojizin» Burxoniddin Zarnudjiy «0‘quvchiga taiim yoiida yo‘llanma», Ahmad Yugnakiy «Hibat ul -haqoyiq», Amir Temur «Temur tuzuklari», Ulug‘bek «Zij» va «Tarixi arba’ ulus», Alisher Navoiy «Hamsa» va «Mahbub ul-qulub», Abdurazzoq Samarqandiy «Matlai sa’dayn va majmai bahrayn», Abdurahmon Jomiy «Bahoriston», Sa’diy «Guliston», Davoniy «Axloqi Jaloliy», Husayn Vaiz Koshifiy, «Axloqi Muhsiniy», Bobur «Bobumoma», Abdulg‘oziy «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima», Munis Xorazmiy «Munis ul-ushshoq» va «Savodi taiim», Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi»), Muhammadrizo Ogahiy «Ta’vizul-oshiqin», Furqat «Ilm xosiyati», «Ko‘rgazma» va «Gimnaziya», So‘fi «Ustod», «Mudarris» va «Dars», Ahmad Donish «Navodirul vaqoe» («Nodir voqealar»), Saidrasul Saidazizov «Ustodi awal», Ali Askar Kalinin «Muallimi Soniy», Munawar Qori «Adibi awal», Abdulqodir Shakuri «Rahnamoi savad», Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» («Adabiyotdan xrestomatiya»), «Adibi awal», «Ikkinchi muallim» va «Turkiy guliston yoxud axloq», Mahmudxo‘ja Behbudiy «Bolalar uchun kitob», «Islomning qisqacha ta’rifi», «Amaliyoti islom», Sadriddin Ayniy «Taxzib us-sibyon» («Bola tarbiyasi»), Abduxoliq Usmon Qori «Tahsil ul-tavjid», «Yengil adabiyoti», Muhammadjon Qori Naimjon «Odobli bola», Rahimov Muhammadjon Mirza «Taiimiy hisob» («Arifmetika taiimi»), Saidahmad Siddiqiy «Mir’ati adab» («Odob ko‘zgusi»), Abdurauf Fitrat «Rahbari najot» va «Sayyohi hindi bayonoti», H.H.Niyoziy «Qiroat» («Yengil adabiyot», «0‘qish kitobi» kabi ma’rifiy-pedagogik asarlarida, G‘arbda esa Platon «Davlat», Aristotel «Siyosat», Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika», logann Genrix Pestolossi «Gertruda o‘z bolalalarini qanday qilib o‘qitadi», Iogann Gerbart «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika», «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to‘g‘risidagi xatlan>, «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki», Adolf Distverg «Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma», Konstantin Dmitrievich Ushinskiy «BolaIar dunyosi», «Muallimlar uchun qo’llanma», «Kishi - tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba»), Lev Nikolaevich Tolstoy «Alifbe» va «O‘qish kitobi», Anton Semenovich Makarenko «Pedagogik poema», «Ota-onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi to‘g‘risida leksiyalar», «Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar», Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy «Pavlish maktabi», «Bolalarga jonim fido» kabi asarlarida va o‘zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi - tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar.
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: «Ta’lim, - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishni, o’rganishidir.
Ma’rifat darg‘asi A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: «Tarbiya pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur...
«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir...»
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogika tushunchasini tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo’ladi: pedagogika jamiyatning ta’lim va tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan ilm-fan va amaliy faoliyat sohasidir.
Pedagogika tarixi fani predmeti - mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiyaning jahon xalqlari pedagogik-tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bogiiq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o‘rganishdan iboratdir.


Mavzu yuzasidan savollar:



  1. Pedagogika so’zining manosi nima va ushbu fan maqsadi?

  2. Pedagogika fani qanday vujudga kelgan?

  3. Pedagogika fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar?

  4. “Pedagogika – tarbiya haqidagi fan” shu jumlaga o’z fikrlaringizni keltiring.

  5. Pedagogika ta’lim-tarbiya tog’risidagi fan ekanligini qaysi mutaffakir olimlar ta’kidlab o’tishgan?

Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling