Pedagogika-psixologiya fakulteti Psixologiya yo’nalishi guruh talabasi ning Umumiy psixologiya fanidan yozgan kurs ishi mavzu


Download 215.57 Kb.
bet6/13
Sana15.03.2023
Hajmi215.57 Kb.
#1271725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tabiiy tanlanish va jinsiy tanlanish o

I.Bob yuzasidan xulosa
Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilma-xilligi orta boradi; progressiv evolyusiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga etarli darajada moslasha olmagan turlar nobud bo’ladi. Tabiiy tanlanish haqidagi Ch. Darvin kontsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I. Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va b. olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Tabiiy tanlanishning genetik mohiyati populyasiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. Tabiiy tanlanish alohida olingan fenotipga yoki genga ta’sir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida shakllanadigan muayyan fenotip (tirik organizmning barcha belgilari yig’indisi)ga ta’sir qiladi. Tabiiy tanlanish organizmlar o’zgaruvchanligining bevosita sababchisi bo’lolmaydi, lekin mutasiyalarning tezligi va yo’nalishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayon Tabiiy tanlanishning ijodiy roli deyiladi. Tabiiy tanlanish ta’siri yirik populyasiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlarga ta’sir qilish (individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham ta’sir ko’rsatadi (guruhli tanlanish). Bu jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali bo’lgan belgilarning sak,lanib qolishiga imkon berishi mumkin. Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar shakllanadi, masalan, qushlarning qichqirig’i ularning o’zini dushmanga oshkora qilib qo’yganidan ayrim individga zararli bo’lsada, xavf to’g’risida ogohlantiruvchi signal bo’lgani tufayli turning boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda Tabiiy tanlanish bir necha yo’nalishda ta’sir qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun Tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish, dizruptiv tanlanish, turg’unlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi. Antidarvinizmga mansub turli kontsepsiyalar Tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning asosiy omili sifatida tan olishmaydi.

Download 215.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling