Pedagogika-psixologiya fakulteti
Transakt analiz asoschisi E.Bern nazariyasi
Download 34.18 Kb.
|
Jo\'raboyeva Azimaxon transakt tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3.Transakt analiz asoschisi E.Bern nazariyasi.
TRANSAKT ANALIZ E.Bernning transakt analizi E.Bern ildizi psixoanalizga taqaluvchi taniqli kotseptsiyani yaratdi. Biroq E.Bern kontseptsiyasi shaxsni o'zi bilan va boshqalar bilan munosabatini dasturlovchi xulq-atvor kognitiv sxemalarini aniqlash va belgilashga urgu qiluvchi ham psixodinamik, ham bixeviorial yondashuvlar, g'oyalar va tushunchalarni o'zida mujassam etgan. Zamonaviy transakt analiz – shaxs nazariyasini, kommunikatsiyalar nazariyasini, bolalar rivojlanish nazariyasini o'z ichiga oladi. Amaliyotda u alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar va turli guruhlarni korrektsiyalash tizimini tashkil etadi. Bern bo'yicha shaxs tuzilishi(strukturasi) uch “Men” yoki “Egoxolatlar”ning mavjudligi bilan xarakterlanadi: “Ota yoki ona”, «Farzand», “Katta”. “Ota yoki ona” – shartlar, talab va taqiqlarning interiorizatsiyalashgan ratsional me`yorlari bilan namoyon bo'luvchi “Egoxolat”. “Ota yoki ona” – bu bolalikda ota-onadan yoki boshqa obro'li shaxslardan olingan ma`lumot bo'lib, o'z ichiga xulq-atvor qoidalarini, ijtimoiy me`yorlarni, u yoki bu vaziyatda amalga oshirish mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan me`yor va taqiqlardir. Ota-ona ta`siri ikki yo'nalishda amalga oshadi: birinchisi, “Mendek qil” shiori ostida olib boriluvchi bevosita yoki to'g'ridan-to'g'ri ta`sir, ikkinchisi, “Mendek emas, men aytganimdek qil” shiori bilan amalga oshiriluvsi bilvosita ta`sir. “Ota yoki ona” nazorat qiluvchi (taqiqlar, sanktsiyalar) yoki g'amxo'rlik qiluvchi (maslahat, qo'llab-quvvatlash) bo'lishi mumkin. “Ota yoki ona”ga “Mumkin”, “Majbur”, “Hech qachon”, “Demak. Eslab qol”, “Qanday bemanilik”, “Bechora” kabi direktiv jumlalar xos. «Farzand» - odamdagi mazkur emotiv asos ikki shaklda namoyon bo'ladi. 1. “Tabiiy bola” – bolaga xos bo'lgan barcha impulslar: ishonuvchililik, bevositalik, to'g'rilik, qiziquvchanlikni o'z ichiga oladi; bular odamga munosabatlardagi o'ziga xos maftunkorlik va iliqlilikni baxsh etadi. Shu bilan birga u injiq, tez xafa bo'ladi, egotsentrik, o'jar va agressivdir. 2.“Adaptatsiyalangan bola” – ota-ona umid va talablariga mos keluvchi xulq-atvorni nazarda tutadi. “Adaptatsiyalangan bola”ga yuqori konformlik, o'ziga ishochsizlik, uyatchalik, tortinchoqlik xos. “Adaptatsiyalangan bola” qatoriga ota-onasiga qarshi chiquvchi “qo'zg'alonchi” bolalar ham mansub. «Farzand»ga “Men xohlayman”, “Men qo'rqaman”, “Men yomon ko'raman”, “Meni ishim yo'q” kabi jumlalar xos. “Katta (ulg'aygan) “Men - xolati” – odamni o'z tajribasiga tayangan holda borliqni ob'ektiv baholash va shu asosda mustaqil, vaziyatga mos keluvchi qarorlar qabul qilish qobiliyati. Ulg'ayganlik xolati butun xayot davomida rivojlanish imkoniyatiga ega. “Katta”ning lug'ati reallikga bo'lgan beasos mulohazalardan holi ravishda qurilgan bo'lib, ob'ektiv va sub'etiv reallikni ob'ektiv ravishda o'lchash, baholash va ifoda eta olish ikonini beruvchi tushunchalardan iborat. “Kattalik, ulg'ayganlik” xolati ustun odamlar ob'ektiv ratsional bo'lib, eng muvofiq adaptiv xulqatvorni amalga oshirish imkoniyatiga egalar. Agar “Ulg'ayganlik” xolati blakirovkalangan bo'lib, faoliyat ko'rsatmasa, bunday odam o'tmishda yashaydi, u o'zgaruvchan dunyoni anglay olmaydi va uning xulqi “Farzand” va “Ota-ona” – xayot kontseptsiyasi bo'lsa, “Farzand” – xis-tuyg'ular asosidagi xayot kontseptsiyasidir, “Ulg'ayganlik” – esa ma'lumot yig'ish va uni taxlil etishga qaratilgan tafakkur asosidagi xayot kontseptsiyasidir. Bernda “Katta”, “Ota-ona” va “Farzand” orasidagi qozi rolini o'ynaydi. U “Ota-ona” va “Farzand”da yozilgan ma'lumotni taxlil etgan holda mazkur vaziyatda qanday xulqatvor muvofiqligini, qaysi streotiplardan voz kechib, qaysilarini qoldirish kerakligini tanlaydi. Shu sababli korrektsiya doimiy “Ulg'aygan, katta” xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, uning maqsadi “Doimo katta (bo'ladi)”. Bernga muloqot davomida odamlar orasida yuzaga keluvchi voqealarni ifodalovchi maxsus terminalogiya xos. “O'yin” – xulq-atvorning fiksatsiyalangan va anglab bo'lmaydigan streotipi bo'lib, bunda shaxs manipulyativ xulq yordamida yaqinlik (ya'ni to'laqonli kontaktlar)dan qochishga intiladi. Yaqinlik – foyda olishni mustasno etuvchi, ekspluatatsiyasiz, o'yindan ozod bo'lgan xis-tuyg'u bilan chin ko'ngilli almashinuvi. O'yin tushunchasiga zaiflik, xiyla, javob, zarba, rag'batlantirish kabi doimiy xatti-xarakat ma'lum xis-tuyg'ular bilan birga amalga oshirilib, ko'pgina o'yin hatti-haraktlari xistuyg'ular olish uchun bajariladi. O'yinning xar bir xatti-harakti sinash bilan birga amalga oshirilib, ular o'yin boshqa zarbalarga nisbatan ko'proq bo'ladi. O'yin qanchalik chuqurlashsa, silash va zarba intensivligi shunchalik oshib, o'yin oxiriga kelib maksimumga yetadi. O'yinning uch darajasi ajraladi: o'yinning 1- darajasi jamiyatda qabul qilingan bo'lib, ular yashirinmaydi va og'ir oqibatiga olib kelmaydi, o'yinning 2-darajasi yashiriniladi, jamiyat tomonidan ma'qullanmaydi va to'g'irlab bo'lmaydigan deb nomlab bo'lmaydigan zararlarga olib keladi; o'yinning 3-darajasi yashiriniladi, qoralanadi, mag'lub bo'lgani uchun to'g'irlab bo'lmas zararlarga olib keladi. O'yinlarni odam o'zi bilan o'zi, ko'pgina ikki o'yinlar orasida (bunda har bir o'yinni bir necha rollarni ijro etishi mumkin) va ba'zida esa ko'pgina biror tashkilot bilan o'yin tashkil etishi mumkin. Psixologik o'yin birin-ketin davom etuvchi yashirin motivatsiyaga ega, aniq va ma'lum natijali transaktsiya seriyasidan iborat. Yutuq sifatida o'yinchi ongsiz ravishda intiluvchi biror-bir emotsional xolat aks ettiriladi. “Silashlar va zarbalar” – ijobiy yoki salbiy xis-tuyg'ularni almashinishiga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar. Siypalashlar quyidagicha bo'lishi mumkin: Pozitiv: “Siz menga yoqasiz”, “Siz juda go'zalsiz”. Negativ: “Siz menga yoqmaysiz”, “Bugun sizning axvolingiz yaxshi emas”. Shartli (odam hozir bajarayotgan ishga qaratiladi va natijalarni aks ettiradi): “Siz bu ishni yaxshi bajardingiz”, “Agar ...., sen menga ko'proq yoqarding”. Shartsiz (odam kim ekanligi bilan bog'liq): “Siz yuqori darajali mutaxassissiz”, “Men siz qanday bo'lsangiz, shundayligicha qabul qilaman”. Qalbaki (tashqaridan pozitivga o'xshaydi, lekin, haqiqatda zarba bo'ladi): “Aqlsiz odamga o'xshasangiz ham, albatta, men aytgan gaplarni tushundingiz”, “Odatda, kostyumlar sizda qopdek osilib tursa ham, bu kostyum sizga juda yarashibdi”. Odamlarning har qaysi munosabati silash va zarbalarni o'z ichiga olgan bo'lib, ular odamning o'zini baholashga katta ta'sir etuvchi odamning silash va zarba bankini tashkil etadi. Har bir odam silashga muhtojdirlar, mazkur ehtiyoj o'smirlarda, bolalar va qariyalarda o'tkir namoyon bo'ladi. Silash va zarbalar teskari bog'liqlikka ega bo'lib, odam qanchalik ko'p pozitiv siypalashlarni qabul qilsa, shunchalik kam zarba beradi; aksincha, qanchalik ko'p zarba olsa, shunchalik kam siypalash beradi. “Transaktsiya”lar – u yoki bu rolli (“katta”, “Ota yoki ona”, “farzand”) pozitsiyasidan boshqa odam bilan amalga oshiriluvchi barcha munosabatlar. Qo'shimcha, qarama-qarshi va yashirin transaktsiyalaro'zaro ta'sirga kirishuvchi odamlar niyatiga mos keladi hamda insonlar orasidagi sog'lom munosabatlarga kiritiladi. Bunday munosabatlar ziddiyatsiz bo'ladi hamda chegaralanmagan vaqtgacha davom etishi mumkin. Qarama-qarshi transaktsiyalar o'zaro haqorat, o'tkir repliklar bilan boshlanib, eshikni taraqlatib yopish (chiqib ketish) bilan yakunlanadi. Bu holda stimulga noo'rin “ega xolatn”ni faollashtiruvchi reaktsiya briladi. Yashirin transaktsiyalar ikki va undan ortiq “ega xolat”larni o'z ichiga olib, ulardagi ma'lumot ijtimoiy jihatdan me'yoriy stimulga niqoblanadi, biroq javob reaktsiyasi psixologik o'yin mazmunini tashkil etuvchi yashirin ma'lumot effektidan kutiladi. “Undirish” – xulq-atvor usuli bo'lib, u yordamida odamlar odatiy ustanovkalarni realizatsiyalab, o'zida salbiy xis-tuyg'ularni chaqirishdan va o'z hulq-atvori bilan ularni tinchlantirish zarurligini talab etishadi. Undirish bu, odatda o'yin yakunida o'yin tashabbuskor (initsiator)i ega bo'ladigan biror “sovg'a”, “intilish mazmuni”dir. Masalan, mijozni atrofdagilar tomonidan emotsional va psixologik qo'llay olishga yo'naltirilgan ko'p sonli shikoyatlari. “Taqiqlar va erta yechimlar” – bolalikda ota-onadan bolalarga “farzand”, “ego-xolati”i orqali beriluvchi habarni ifodalovchi tayanch tushunchalardan biri bu taqiqlarni xulq-atvorining mustahkammatritsalari bilan taqqoslsha mumkin. Mazkur habarnomaga javob sifatida bola “erta yechimlar” deb ataluvchi qarorga keladi, ya'ni xulq-atvor formulalari taqiqlardan kelib chiqadi. “Xayotiy stsenariy” – bu shaxs o'ynashi majbur bo'lgan va spektakl`ni eslatuvchi xayotiy reja. U o'z ichiga quyidagilarni oladi: • ota-onadan beriladigan ma'lumot (ijtimoiy me'yorlar, taqiqlar, xulq-atvor qoidalari). Bolalar ota-onadan umum xayotiy reja hamda odam xayotining turli tomonlari (kasbiy stsenariy, erga tegishuylanish stsenariysi, ta'limiy, diniy va h.k.)ga oid verbal stsenariyli habarlar olishadi. Shu bilan birga ota-ona stsenariylari konstruktiv, destruktiv va noproduktiv bo'lishlari mumkin. • Erta yechimlar (ota-ona taqiqlariga javoblar); • Erta yechimlarni amalga oshiruvchi o'yinlar; • Erta yechimlarni oqlovchi undirishlar; • Hayot p`esasi yakunini taxminlari va undan kutiluvchi natijalar. “Psixologik pozitsiya yoki asosiy hayotiy ustanovka” – o'zi, ahamiyatga ega boshqa (shaxs)lar atrof olam haqidagi tayanch bazali tasavvurlar yig'indisi bo'lib, odamning asosiy qaror (yechim)lari va xulq-atvoriga asos yaratadi. Quyidagi asosiy pozitsiyalar farqlanadi: 1. “Men muvaffaqiyatli – sen muvoffaqiyatli”. 2. “Men muvaffaqiyatli emas– sen muvaffaqiyatli emas”. 3. “Men muvaffaqiyatli emas– sen muvaffaqiyatli”. 4. “Men muvaffaqiyatli – sen muvaffaqiyatli emas”. 1. “Men muvaffaqiyatli – sen muvaffaqiyatli” – bu to'liq mazmunlik va boshqalarni qabul qilish pozitsiyasi. Odam o'zini va o'z atrofini eson-omon, ma'qul deb topadi. Bu omadli, sog'lom shaxs pozitsiyasidir. Bunday odam atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo'ladi, boshqa odamlarga yaxshi qabul qilinadi, mehribon, ishonchga erishuvchan dunyoda yashay oladi, ichki tomondan ozod, ziddiyatlardan qochadi, o'zi bilan yoki atrofdagilar bilan kurashishga vaqt sarflamaydi. Bunday pozitsiyali inson har bir odamning hayoti uni baxtli yashab o'tishga molik deb hisoblaydi. 2.“Men muvaffaqiyatli emas– sen muvaffaqiyatli emas”: Agar inson e'tibor, g'amxo'rlik bilan o'ralgan bo'lib, biror bir voqeahodisa ta'sirida unga bo'lgan munosabat radikal ravishda o'zgarsa, u o'zini muvaffaqiyatli emasdek xis eta boshlaydi. Atrof ham negativ tarzda idrok etiladi. Bu hayot ma'no-mazmunsizdek va idrok etiluvchi umidsizlik pozitsiyasidir. Mazkur pozitsiya e'tibordan holi qarovsiz, atrofdagilari beparvo bo'lgan bolaga yoki katta ayrilishni boshidan kechirgan va atrofdagilari undan yuz o'girgan, qo'llabquvvatlashdan maxrum bo'lgan paytda u o'zini tiklash uchun resurslarga ega bo'lmagan katta yoshlilarda yuzaga kelishi mumkin. “Men muvaffaqiyatli emas – sen muvaffaqiyatli emas” ustanovkasiga ega ko'pchilik odamlar hayotini katta qismini narkologik, psixiatrik va somatik statsionarlarda, ozodlikdan mahrum etish joylarida o'tkazishadi. Ular uchun o'zini o'zi barbod etuvchi xulq-atvor asosida yuzaga keluvchi sog'liq-salomatlik buzilishlari xos (xaddan ortiq chakish, alkogol` va giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish). Bunday ustanovkali inson uning va boshqa odamlarning hayoti hech narsa deb hisoblashadi. 3. “Men muvaffaqiyatli emas– sen muvaffaqiyatli”. Bo'lib o'tayotgan voqea-hodisalar og'irligi bilan yuklangan va ularning aybini o'ziga oluvchi o'zi “Men” ini negativ obraziga ega odam. U o'ziga yetarlicha ishonmaydi, omadga da'vo qilmaydi, o'z mehnatini past baholaydi, tashabbus va ma'suliyatni bo'yniga olishdan bosh tortadi. U o'zini unga katta, kuchli, omadli figuralar bo'lib ko'rinuvchi atrofdagilardan to'liq tobe va bog'liq deb biladi. Bunday pozitsiyaga ega odam o'z hayotini atrofdagi, omadli, kuchli odamlar hayotidan ancha past baholaydi. 4.“Men muvaffaqiyatli – sen muvaffaqiyatli emas”. Bu takabburona afzallik sidir. Mazkur fiksatsiyalangan emotsional ustanovka erta bolalikda ham, undan katta yoshda ham shakllanishi mumkin. Bolalikda mazkur ustanovka ikki mexanizm asosida shakllanishi mumkin. Birinchi xolatda, oila bolani oilaning boshqa a'zolari va atrofdagilardan ustunligini turli yo'llar bilan ko'rsatib beradi. Bunday bola uzi hurmat-izzatda, atrofdagilarni esa kamsitish iklimida o'sadi. Ustanovka rivojlanishining boshqa mexanizmi bola doimiy ravishda sog'lig'i va hayoti uchun xavfli bo'lgan sharoitlarda bo'lganda yuzaga kelib, bunda bola navbatdagi xaqoratdan so'ng bola uni xafa qilganlardan yoki uni himoya qilmaganlardan ozod bo'lishi uchun “Men muvaffaqiyatli – sen esa muvaffaqiyatli emas” degan xulosaga keladi. Mazkur ustanovkani odamlar o'z xayotini yuqori baholab, boshqa odamlar hayotini qadrlamaydi. Xulosa Transakt analiz quyidagilarni o'z ichiga oladi: • Tizimli taxlil – shaxs tizimi taxlili. • Transaktsiyalar analizi – odamlar orasidagi verbal va noverbal o'zaro ta'sir (munosabat)lar. • Yutuqga – xoxlangan natijaga olib keluvchi yashirin transaktsiyalar, psixologik o'yinlar analizi. • Inson o'zi hoxlamagan holda rioya qiluvchi stsenariy individual xayotiy stsenariy analizi (skript - analiz). Korrektsion ta'sir asosida rolli o'yinlar texnikasi yordamida o'zaro ta'sir (munosabat)larni demonstratsiyalashni nazarda tutuvchi “egopozitsiya (xolat)lar”ni tizimli taxlili yotadi. Bunda ikki muammo (boshqalardan) yaqqol ajralib turadi: 1) Kontaminatsiyalar, ya'ni ikki turli xil “ego-xolatlarni” aralashuvi. 2) Ajralishlar, ya'ni “ego-xolatlar”ni bir-biridan keskin ajralib, chegaralanib qolishi. Transakt analizda ochiq kommunmkatsiya (aloqa) tamoili qo'llaniladi, tushunarli so'zlar bilan suhbatlashishadi (mijoz transakt analizga oid adabiyotlar o'qishi mumkin). Korrektsiya maqsadi. Asosiy maqsadi – mijozga o'z o'yinlarini, hayotiy stsenariyni, “egoxolatlar”ini anglashga va (zaruriyat bo'lganda) hayot qurish xulqatvoriga oid yangi qarorlar qabul qilishga yordam berish. Korrektsiya mazmuni – insonning bo'yniga qo'yilgan xulq-atvor dasturlaridan ozod etish hamda uni to'laqonli munosabatlar va yaqinlikka qobiliyatli, mustaqil, spontan bo'lishiga yordam berishdan iborat. Shu bilan birga mijoz tomonidan mustaqillik va avtanomlikka erishishi, majburiyat (zo'rlash)lardan ozod bo'lishi, samimiyat va yaqinlikka ijozat beruvchi, o'yindan holi bo'lgan haqiqiy munosabatlarga kirishishi ham korrektsiya maqsadiga kiradi. Yakuniy maqsad – shaxs avtanomiyasiga erishish, xulq, hatti-xarakat va xis-tuyg'ulari ma'suliyatini qabul qilishdan iborat. Psixolog pozitsiyasi. Psixologning asosiy vazifasi – zaruriy insaytni ta'minlash. Shu asosida uning pozitsiyasiga qo'yiladigan asosiy talablar: hamkorlik, mijozni qabul qilish, Psixolog va ekspert pozitsiyalarini o'zaro birlashtirishdan iborat. Bunda psixolog mijozning “Katta”, “ego-xolati”ga murojaat qilib, “Farzand”ning injiqliklariga erk bermaydi va mijozdagi g'azablangan “Ota-ona”ni tinchlantirmaydi. Psixologning (mijoz bilan) suhbatda mijozga tushunarli bo'lmagan terminologiyadan xaddan ortiq foydalanishi, uni muammolarni o'z bedadlik (ishonchsizlik)laridan himoyalanishga intilishi deb hisoblanishi mumkin. Mijozga qo'yiladigan talab va umidlar (natijalr). Transakt analizdagi ishning asosiy sharti shartnoma tuzishdan iborat. Shartnomada mijoz o'zini oldiga qo'yuvchi maqsadlar: mazkur maqsadlarga erishish yo'llari; o'zaro hamkorona ta'sir bo'yicha psixolog takliflari, mijoz bajarishi zarur bo'lgan talabalar ro'yxati haqida aniq kelishib olinadi. Mijoz belgilangan maqsadga erishish uchun o'zining qaysi qarashlarini, xis-tuyg'ularini, xulq-atvor streotiplarini o'zgartirishi kerakligini hal qiladi. Erta yechim qarorlarni qaytadan ko'rib chiqgandan so'ng, mijoz avtonomiyaga erishish uchun yo'lida fikrlashni, xulq-atvorli va xistuyg'ularini o'zgartiradi. Shartnomaning mavjudligi ikkala tomon (psixolog va mijoz)ning o'zaro ma'suliyatini taqazo etadi. 1.Oilaviy modelyatsiyalash texnikasi - psixodrama va “egoxolatlar”ning ellementlarini tizimli taxlilini o'z ichiga oladi. Guruhiy o'zaro ta'sir ishtirokchilari o'z oilasi modeli bilan transaktsiyalarni qayta ifodalaydi. Mijozning psixologik o'yinlari va undirishlari analizi rituallar, vaqt strukturalashuvchi analizi, muloqatdagi pozitsiya va nihoyat, stsenariy analizi amalga oshiriladi. 2.Transakt analiz. Guruhli ish turlarida o'ta samarali bo'lib, qisqa vaqtli psixokorrektsion ishga mo'ljallangan. Transakt analiz mijozga xulqatvorni anglamagan sxema va shablonlari chegarasidan chiqib, xulq-atvorning o'zga kognitiv strukturasini olgan holda ixtiyoriy, mustaqil xulq-atvorga erishish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar TRANSAKT ANALIZ E.Bernning transakt analizi ma’ruza matni-1-12-betlar Transactional tahlil. B.SH.Butayev slayd. Ziyonet.uz 5.wikipediya Download 34.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling