Pedagogika psixologiya


Download 60.96 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi60.96 Kb.
#1543967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bilim ko\'nikma va malaka

Tarbiyalovchi funksiyasi – tizimli nazorat o’quvchilarda o’ziga o’zi baho berishni, imkoniyatlarini tarbiyalaydi va o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlashga undaydi. O’quvchilarning bilimi, malakasi va ko’nikmalarini nazorat qilishning eng ko’p tarqalgan shakli og’zaki so’rash (shaxsiy, gruppali) dir. Buning keng tarqalganligining sababi uni tashkil qilishning osonligi. Lekin buning ham o’ziga xos qiyinchilik tomonlari bor, ya’ni kamni qachon chaqirish kerak? Qanday savol berish kerak? Savolning xajmi qanday bo’lishi kerak? Qancha vaqt kerak? Nimani so’rash kerak? Qachon o’quvchilar bilan nima qilish kerak? va x.k.
Nazorat qilish qanday bo’lmasin, ularga qo’yiladigan umumiy talab: o’quvchilarga aniq savollar bilan murojat qilish va bu nazoratga ko’proq o’quvchilarni jalb etishdir.
O’quvchilarning kasbiy mahorat yurituvchi obyektlari bo’lib quyidagi ishlab chiqarish bilim, malaka va ko’nikmalari hisoblanadi. - o’quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish sifati;
- ishlab chiqarish mohiti unumdorligi – vaqt va mahorat; - ishni bajarishda ishlab chiqarish negizlarining usullarini qo’llay olish;
- hozirgi zamon texnika va texnologiyasini qo’llay olish, ish bajarish;
- mustaqil ish bajara olish; - amaliy ishlarni bajarish nazariy bilimlarni qo’llay olish;
- mehnat madaniyati, ish joyi tartibi;
- ish bajarish vaqtida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Mehnat va kasb ta’limi bo’yicha o’zlashtirishni baholash mezonlari mezonlari.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga o’qituvchi, usta besh balli sistema bo’yicha baho qo’yadi. Baho qo’yishning besh balli sistemasini amalida tadbiq etishda so’zlar bilan ifodalanadigan «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko’proq aniqligi, puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi. Ko’pinsa usta va o’qituvchilar o’quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi (kechikib kelishi, mashg’ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib o’tirishi va hokazolar) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo’l qo’yadilar. Bu o’rinda usta va o’qituvchi tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning boshqa vositalaridan foydalanilishi lozim.

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling