Pedagogika psixologiya
Reyting tizimining maqsad va vazifalari
Download 60.96 Kb.
|
Bilim ko\'nikma va malaka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reyting tizimini nazorat turlari
- Joriy nazorat (JN)
Reyting tizimining maqsad va vazifalari
Reyting tizimi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari hamda, mehnat ta’limi davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi bo’lib, Kadrlar tayyorlash milliy dastur talablaridan kelib chiqqan holda o’quvchilarning bilimini haqqoniy baholash, ulardan fanlarni o’zlashtirish bo’yicha qiziqishlarni oshirish va ularning bilim, ko’nikma va malakalarini egallashga bo’lgan ehtiyojlarni rivojlantirish o’qitish jarayonida reyting tizimini qo’llashning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Reyting tizimi quyidagi vazifalarni hal qilish uchun kiritiladi: - davlat ta’lim standartlari talablariga mos holda barcha o’quv fanlari o’quv dasturlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni o’quvchilar tolmonidan o’zlashtirish darajasini obyektiv baholash; - o’quvchilarda bilim olishga bo’lgan ijobiy intilish ehtiyojini shakllantirish, ularda o’zaro bellashuvga qiziqish uyg’otish; - o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish; - o’quvchilarni doimiy baholash va baholarni taqqoslab borish; - o’quv muassasalari o’qituvchilari ishlab chiqarish ta’lim ustalari pedagoik faoliyatini to’g’ribaholash; - o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini oldindan rejalashtirish, o’quv jarayoniga zaruriy o’zgarishlar kiritish; - Respublikaning turli xududlaridagi o’quv muassasalari natijalarini tahlil qilish, taqqoslash va chora tadbirlar ishlab chiqish; - O’quvchilarning mehnat va tarbiyaviy intizomini yaxshilash, ularning fanlar bo’yicha uzluksiz tayyorgarligini amalgan oshirish. Reyting tizimini nazorat turlari Reyting tizimida o’quv rejasiga kiritilgan har bir o’quv fani bo’yicha o’quvchilarning bilim sifatini baholash uchun quyidagi nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy nazorat (JN); Oraliq nazorat (ON); Yakuniy nazorat (YaN). Joriy nazorat (JN) – og’zaki so’rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni siz o’z amaliyotingizda qo’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi. Joriy nazorat (JN) da o’tkaziladigan so’rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilashni tavsiya etiladi: Test so’rovlar(T), og’zaki so’rov(O), laboratoriya ishi(L), masala yechish(M), uy vazifasi(U), kurs loyihasi (KL), yozma ish (Yo), kartochka so’rovi (KS), texnikaviy diktant (TD), amaliy ish (A), va xokazo. Joriy nazorat o’quv dasturini bir yoki bir nechta mavzularini o’rgangandan so’ng o’tkaziladi. Download 60.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling