Pedagogika fanining vazifalari:
SHarq va G’arbda yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g’oyalarini o’rganib, tahlil qilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish;
Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash;
Pedagogikadagi ta’lim – tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiyalar qonunlariga amal qilish;
Ta’lim – tarbiya nazariyasidagi qoida,qonun, tamoil,metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab,bo’lajak o’qituvchilarga o’rgatish;xalq ta’limini boshqarish va raxbarlik masalarini chuqur o’rganib bo’lajak o’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish.
pedagogika fanining mazmuni, maqsadi,vazifalari, tamoil, usul va vositalari umuman, har bir inson uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak.
Prezidentimiz bu borada shunday deganlar: “O’zbekistonning yangilanishi va rivojlanish yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanadi umumiy qadriyatlarga sodiqlik;xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;shaxsning o’z imkoniyatlarini erkin namoyonqilishi;vatanparvarlik .
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasida pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi.Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Pedagogik kuzatish metodi.
Suhbat metodi.
Anketa metodi.
Intervyu metodi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik tahlil metodi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |