Pedagogika psixologiya


Darsga quyilan tarbiyaviy talablar


Download 76.24 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi76.24 Kb.
#1547423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogika darsliklari va ularga qo\'yiladigan talablar

Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:
– Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish ;
– Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ;
– Bolalarda o’qishga oid ijobiy motivlarni uyg ‘ otish , bilish , o’qish – o’rganishga havas , ishtiyoq , qiziqishni shakllantirish ;
– Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish .
Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:
1. Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish ;
2. Darsning logikasiga ( dars etaplarining o’zaro bog ‘ liqligi , darsda amalga oshiriladigan ishlar ; o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga)rioya qilish;
3. Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;
4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;
5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?
Dars turlari – darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi?
Ular quyidagilarga ajratiladi.
1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi.
Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi.
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat.
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O’quv materiallarini mustahkamlash.
3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
4. O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
5. Dars turlari uyg’unlashgan (aralash)darslar.


  • motivatsion vazifa - bu vazifa o’quvchilarni ushbu fanni o’rganishga yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;

  • axborot vazifasi o’quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari o’ajmini kengaytirishga imkon beradi;

  • nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni shakllantirish uchun o’rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.

  • muvofiqlashtirish vazifasi -material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (haritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;

  • rivojlantiruvchi -tarbiyalovchi vazifasi - darslik mazmunining o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;

  • o’qitish vazifasi - darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo’lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko’rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko’zga tashlanadi.


  • Download 76.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling