Pedagogika psixologiya
Download 76.24 Kb.
|
Pedagogika darsliklari va ularga qo\'yiladigan talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Pedagogik fanlar tizimi
Pedagogika fanlari tizimi deb, ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanadigan fanlarning yig’indisiga aytiladi. Pedagogika fanlari tizimiga quyidagidagilar kiradi:1. Umumiy pedagogika - tarbiya nazariyasi va didaktika ( o’qitish nazariyasi). U tarbiyaning barcha sohalariga xos qonuniyatlarni o’rganadi va tekshiradi.2. Yoshlar pedagogikasi. U maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab pedagogikasi,kattalar pedagogikasiga bo’linadi.3.Maxsus pedagogika - surdopedagogika - kar bolalarni o’qitish va tarbiyalash tizimini,tiflopedagogika - yaxshi ko’rmaydigan va butunlay ko’rmaydigan bolalarni o’qitish va tarbiyalash tizimini, olegofrenopedagogika - aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash xususiyatlarini o’rganadi.4. Xususiy metodika - ayrim o’quv fanlarining o’qitish metodikasini o’rganadi. Pedagogika tarixi - ta’lim tarbiya ishining paydo bo’lishi va taraqqiy etishini o’rganadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham bosh qa fanlar kabi ijtimoiy fan yutu qlaridan foydalanadi va mazmun an boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma`lumot beruvchi nazariyalar ma`lum darajada pedagogika fani uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlari to`g’risidagi ma`lumotlarga asoslanadi va o`zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.Shu sababli u falsafa, tarix, i qtisod, psixologiya, sotsiologiya, e tika va estetika kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir. Ma`lumki, har bir o` qituvchi -tarbiyachi, o` quvchi o`z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo`lishi lozim. Ta`lim - tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo`lmay turib, o`qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o`tmishdagi taraqqiyotini bilish kerak. Masalan, pedagogika tarixi o`tmishda ta`lim -tarbiya borasida qanday kurashlar bo`lgani va qanday qilib ijobiy yoki salbiy yakunlangani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o`zgarishi tufayli pedagogik g’oyalar, tarbiya muassasalaridagi ishlarning mazmuni va metodlari qanday o`zgarib borganini, tarixda ijod etgan olimlarning pedagogik g’oyalari va ularning faoliyatlari bilan tanishtiradi. O`qituvchi-tarbiyachi o`quvchilarga bilim berish, ma`lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta`sir ko`rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya`ni ko`rsatilayotgan ta`sirning samarasini bilish uchun pedagog o` quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga asoslanib ta`sir ko`rsatish rejasini belgilaydi.Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan ham uzviy bog’langandir. Ma`lum ma`noda o` qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo`limi bo`yicha ma`lumot beradi. Bu fan o` quvchining xulqi, odobi me`yorlarini aniqlash, belgilash hamda go`zallikni chin ma`noda tushuntirish, o` quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag’bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir. Fanlarni o` qitish yo`llari ham pedagogika fanining didaktika bo`limiga aloqador. Chunki har qanday fanni o`qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Pedagogika fani ob`ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi.Ma`lumki, turli sohada bilim oluvchi o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashningnazariy hamda amaliy tomonlarini yolg’iz pedagogika fanining o`zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo`lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o` quvchilarni tarbiyalash va o` qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug’ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma`rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o`rganadi), harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o` quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurol-yarog’lardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash yo`nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir.Pedagogika faqat sog’lom o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasi bilangina emas,balki shaxsida qusuri bor bolalar ta`lim- tarbiyasi bilan ham shug’ullanadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta`lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko`zi ojiz bolalarni tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. 4. Qadimgi yunon olimi Aflotun o’zining «Davlat haqida» asarida jamiyatni jismoniy, ma’naviy jihatlardan rivojlantirishda sport va musiqa mushg’ulotlari katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlangan edi.«Agar gimnastika gavdani mustahkamlash uchun zarur bo’lsa, musiqa esa qalb gimnastikasidir» - degan edi. Pifagor maktabi tomonidan musiqaning kishilarga poklovchi ta’siri xususida axloqiy yo’l-yo’riqlar sistemasini ishlab chiqilgan. Aflotun, Arastu, Plutarxlar har qanday ijtimoiy tarbiya, hox pedagogik, hox estetik, hox intelektual bo’lsin, asosan musiqaviy tabiyaga asoslanishi haqidagi fikrga keladilar. Biz mashhur tabib deb bilgan Abu Ali ibn Sino sanhatining ikki turi – she’riyat bilan musiqani sintez qilishga, ma’naviy tarbiyada ular o’ynaydigan rolga, ularning o’zaro aloqadorligiga katta ahamiyat bergan. Ibn Sino o’zining musiqaga doir risolalarida «latif musiqa yoqimli kayfiyat yaratadi hamda ko’ngilni ochadi, yomon musiqa esa zardani qaynatadi» - deb uqtiradi. Musiqaning ta’siri g’oyat keng miqyosli bo’lib, uning samarasini yo’qdir. Hozirgi zamon musiqa ta’limi haqida gapirsak, umumiy dunyo qarash insonning voqealikni bilishiga asoslanadi. Ta’lim jarayonini bilish jarayonining turi bo’lib, o’quv materialini o’zlashtirish bilishning maqsadi hisoblanadi. Musiqa san’ati vositalari yordaimida badiiy obrazni bilishda, umuman hosil qilingan bilimlarning miqdoriy olami ham katta rol o’ynaydi. SHunday qilib, musiqa darslarida o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishdaularning bilish faoliyatini aktivlashtirish uchun quyidagi jihatlarni ta’minlash zarur. Maqsad mavjudligi hamda shaxsning yuksak ma’naviy hislatlarini rivojlantirish.Musiqaning o’quvchilar ma’naviy olamiga emotsional ta’siri.O’quvchilarning bilish faoliyatida amaliy jihatlar birligi. Voqealik va san’atning ijtimoiy roli ahamiyatini ko’rsatish va musiqa qonuniyatlarini anglash.O’z bilganlarini amalda qo’llay bilish mahoratini hosil qilish.Musiqa asarlarini ahloqiy, falsafiy, ijtimoiy – siyosiy pozitsiyadan turib baholay bilish.Musiqa darslarida bilish aktivligining ushbu jihatlari o’quvchilar dunyoqarashlarini shakllantirish muammolarini ochib berishni boyitadi. SHuning uchun ham biz maktabda musiqadan yuksak darajada amaliy va nazariy bilim bermog’imiz kerak. Download 76.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling