Pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Download 0.56 Mb.
bet2/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1442219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akslantirishlar hamda ularning baʼzi muhim xossalari 1 (1)

Mavzuning dolzarbligi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki, jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida talabalarga dunyo standartlariga javob beradigan bilim va koʻnikmalar berish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Algebra va sonlar nazariyasi fani matematikaning asosiy boʻlimlaridan biri boʻlib, u matematikaning bir qismi hisoblanadi. Algebra va sonlar nazariyasi kursi davomida koʻpgina tushuncha va tasdiqlar, shuningdek, ularning tatbiqlari keltiriladi. Algebra va sonlar nazariyasi oliy matematikaning dastlabki va ayni vaqtda, asosiy bo‘limlaridan bo'lib, barcha oliy o‘quv yurtlarida tegishli dasturga qarab u yoki bu hajmda o‘qitiladi. Algebra va sonlar nazariyasi fanining asosiy vazifasi shu fanning tushuncha, tasdiqlar va boshqa matematik ma’lumotlar majmuasi bilan tanishtirishgina boʻlmasdan, balki talabalarda mantiqiy fikrlash, matematik usullarni amaliy masalalarni yechishga qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.
Hozirgi kurs ishida Algebra va sonlar nazaryasi mavzulari , akslantirishlar haqida umumiy ma’lumot , akislantirishlar haqia asosiy teoremalar va ta’riflar ularning kompazitsiyasi akislantirishlar turlari va bularga oid maslalar yechish kabi ishlar o’rganiladi. Ushbu fikrlar tanlangan mavzuni qanchalik dolzarb ekanini ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi. Algebra va sonlar nazaryasi fanidan akislantirishlar va ularning ba’zi muhim hossalari, inyektiv,suryektiv, biektiv akslantirishlar teskarilanuvchi akslantirishlar tushunchasi va boshqa bir qator mavzularni o’rhatishda misol va maslaarni yechishdan iborat.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Akislantirishlar tushunchasi kurs ishining obyekti bo’lsa, akslantirishning misol va masalalardagi tadbiqi uning pridmetidir. Algebra va sonlar nazaryasi mavzulari , akslantirishlar haqida umumiy ma’lumot , akislantirishlar haqia asosiy teoremalar va ta’riflar ularning kompazitsiyasi akislantirishlar turlari va qo’llanilis usullaridan foydalanib “Akislantirishlar hamda ularning ba’zi muhim xossalari” mavzusini qanday o’qitish kerakligi masalasini o’rganamiz .

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling