1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Download 28.88 Kb.
bet1/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.


Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Reja:



1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi.
2. Jismoniy mashqlarning davolovchi ta`siri.
3. Jismoniy mashqlarni qo`llamaslik holatlari.
4. Davolash mashqlarining shakllari va vositalari.
5. Davolash mashqlariga umumiy talablar.
6. Davolash mashqlarining turlari.
7. Davolash mashqlarining moddiy ta`minoti.
8.Kundalik hayotda deyarli ko`p uchraydigan kasalliklar va shikastlanishlarda qo`llanadigan davolash mashqlari.


Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Davolash mashqlari fani mustaqil tibbiy fan bo`lib, odam organizmining funksional imkoniyatlarini jismoniy mashqlar yordamida yaxshilash, kasallik va shikastlanishlarni davolash maqsadida qo`llanadi.
Fanning vazifasi. Davolash mashqlari fani bo`lajak jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport trenerlariga kasallik va shikastlanishlarni jismoniy mashqlar yordamida davolash bo`yicha bilim beradi.
Shuningdek, mazkur fan maktab va bilim yurtlarining maxsus sog`liq guruhiga kiritilgan kasalmand o`quvchi-talabalari bilan davolash mashqlari o`tkazish bo`yicha jismoniy tarbiya o`qituvchilarini zarur bilimlar bilan qurollantiradi.
Fanning rivojlanish tarixi. Jismoniy mashqlarni kasallangan va shikastlanganlarni davolash maqsadida qo`llash qadim zamonlardan boshlangan. Eramizdan 1800 yil ilgari, Qadimiy Xindi kitoblarida turli xil kasalliklarni jismoniy mashg`ulotlar, nafas oldiruvchi mashqlar, massaj yordamida davolash usullari bayon etilgan.
Qadimiy Xitoyni “Kongfu” nomli kitobida eramizdan 600 yil muqaddam jismoniy mashg`ulotlar, nafas oldiruvchi mashqlar hamda massajning odamga sog`lomlashtiruvchi ta`siri, ularni turli xil kasalliklarda qo`llash bo`yicha tavsiyanomalar yozilgan.
Qadimiy Yunoniston (Gretsiya) da eramizdan 500 yil muqaddam yashagan jismoniy tarbiya o`qituvchilari Ikkus va Giradikus o`quvchilarga gimnastika bo`yicha saboq berish bilan birgalikda, bemorlarni jismoniy mashg`ulotlar (yurish, yugurish, gimnastika) yordamida davolanganlar. Bu bilan ular davolash mashqlari faniga asos solganlar.
Jahon tibbiyotining asoschisi Yunon do`xtiri Gippokrat eramizdan avvalgi 460-370 yillarda o`pka, yurak, moddalar almashinuvi, tayanch-harakat tizimi kasalliklarida qo`llanadigan jismoniy mashg`ulotlarning usullari bo`yicha kitob yozgan.
Qadimiy Rim (Italiya) do`xtiri Galen eramizdan avvalgi 200-130 yillarda turli xil kasalliklarni davolashda gimnastika va massajni keng qo`llagan.
O`rta asrda yashab ijod qilgan yurtdoshimiz jahonga tanilgan olim Abu Ali ibn Sino (980-1037yillar) “Tib qonunlari” kitobida turli kasalliklarni davolashda jismoniy mashqlarni keng qo`llashni tavsiya qilgan. U shunday yozgan:“Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullangan, ovqatlanish va uxlash tartib-qoidalariga amal qilgan odam, hech qachon davolanishga muhtoj bo`lmaydi, u doim sog`lom bo`ladi.”
1918 yilda tashkil etilgan Toshkent Davlat universitetida Haydar Shavki ismli tibbiyot olimi “Gigiyena va gimnastika” fanlaridan talabalarga dars bergan.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling