1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Yassi oyoqlikda ertalabki gimnastika


Download 28.88 Kb.
bet14/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Yassi oyoqlikda ertalabki gimnastika
Yassi oyoqlik sabablari. Yassi oyoqlikning keng tarqalgan sabablari quyidagilar:
- kun davomida tik turib mehnat qilish;
- og’ir yuk ko’tarish;
- semizlik tufayli oyoq kaft-tovoniga og’irlik tushishi;
- uchi ingichka va tor poyabzal;
- tovoni juda keng poyabzal;
- kam harakatlanish, ya’ni kun davomida o`tirgan vaziyatda mehnat qilish;
- kun davomida poshnasiz poyabzalda bo’lish (sport poyabzali).
Yassioyoqlikning belgilari: Tik turgan, yurgan vaziyatda oyoqlar tez charchaydi. Oyoqning kaft, tovon sohalarida, boldir, son, bel muskillarida og’riq bo’ladi.
Kunning kechki paytida oyoq kafti va tovonida qizish, achishish seziladi, oyoqning oshiq-tovon sohasida shish paydo bo’ladi.
Yassioyoq odamning yurishi qiyinlashadi. U oyoqlarini keng qo`yib, qo`llarini ikki tomonga silkitib, qiynalib yuradi.
Yassioyoqlikning oldini olish.
Yassioyoqlikning oldini olish bolaning birinchi yoshidan, ya’ni yurishni boshlagandanoq boshlanishi lozim.
Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Bola oyoqyalang yurishi kerak;
- bolani qum, mayda shag’al, o’rilgan o’t, yerdagi yog’och, arg’amchi ustida yurishga o’rgatish;
- suvda qo`l - oyoqlarini harakatlantirib suzishi;
- yerda barmoqlarida yurishi;
- yerda oyoq - tovoni qirrasida yurishi.
- poshnasiz, yumshoq poyabzalda uzoq vaqt yurmaslik;
- tik turgan vaziyatda mehnat qiladigan odam oyoqlarini bir - biriga paralel (bir tekislikda) qo`yishi, vaqti - vaqti bilan oyoqlari kaft - tovonining tashqi qirrasida turish, dam olish paytida oyoqlarini stulga qo`yib o`zi boshqa stulda o`tirishi.
Yassioyoqlikda ertalabki gimnastika.
Ertalabki gimnastika oldidan oyoqlarga iliq vanna qilinadi: tog’oraga +36-37o darajadagi iliq suv quyib, oyoqlarni 10-15 minut solib o`tiriladi. So`ngra sochiq bilan artilib, krem surtiladi va quyidagi davolash gimnastikasi bajariladi:
- oyoq barmoqlarini bukish va yozish;
- oyoq barmoqlari bilan yerdagi qalam, gugurt quti kabi buyumlarni qistirib olish va tashlash. Bir necha marta takrorlanadi;
- tizza bo`g`imlarini aylanma harakat qildirish;
- oyoq barmoqlari va tovon bilan yerdagi to`pni aylantirish.
Oyoq panjasi, kafti va tovonlari muskullarini quyidagi tartibda uqalash:
- oshiq - tovon bo`g`imidan tizza bo`g`imi tomonga qarab muskullarni uqalash;
- oyoq panjalari, kafti va tovonlari muskullarini uqalash;
- yerda oyoq barmoqlarida, oyog`ining tashqi qirrasida yurish;
Yurish mashqini bajarish:
- oyoq kaft - tovonini yerga yoppasiga qo`yib 30-40 sekund yurish;
- so`ngra oyoq kaft - tovoni qirrasida 20 - 30 sekund yurish;
- oyoqlari uchida (barmoqlarida) 20 sekund yurish.
Yassioyoqlik tufayli yurganda oyoqda kuchsiz og`riq sezilsa, kiyib yurgan poyabzal ichiga “ortopedik” patak (stelka) to`shash lozim. Poyabzal 1 - 2 o`lcham katta, chuqurroq, shnurli bo`lishi kerak.
Yurgan paytda oyoqda kuchli og`riq bo`lsa, ortoped shifokor maslahati bilan maxsus ortopedik poyabzal kiyishga to`g`ri keladi.
Yassioyoqlikda oyoq barmoqlari bolg`asimon shaklda egrilanishi mumkin. Bunday hollarda paralondan moslamalar tayyorlab birinchi, ikkinchi, uchinchi barmoqlar orasiga qo`yishi mumkin.
D) Ostexondroz
Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling