1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Radikulitning oldini olish uchun davolash gimnastikasi


Download 28.88 Kb.
bet12/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Radikulitning oldini olish uchun davolash gimnastikasi.
1. Palos to`shalgan yerga orqasi bilan yotadi, qo`llar va oyoqlar uzatilgan;
- qo`larini boshidan yuqoriga ko`taradi;
- pastga uzatilgan oyoqlarining panjalarini o`ziga tomon bukadi;
- dastlabki holatga qaytadi;
- erkin nafas oladi;
- mashq 5-10 marta takrorlanadi
2. Orqasi bilan yerga yotadi, oyoqlari tizza bo`g`imida bukilib, ularni o`ng va chap tomonga burib harakatlantiradi;
- erkin nafas oladi;
- mashq 10-20 marta takrorlanadi
3. Qorni bilan yerga yotadi;
- qo`llari kaftini iyagi ostiga qo`yadi;
- boshini ko`taradi va oyoqlarini tizza bo`g`imida bukadi – chuqur nafas oladi;
- boshini tushiradi, oyoqlarini yozadi - chuqur nafas chiqaradi;
- mashq 8-12 marta takrorlanadi
4. Qo`llarining kafti bilan, oyoqlarining tizzasi bilan cho`kkalaydi;
- chap oyog`ini ko`tarib va uzatib, chuqur nafas oladi;
- dastlabki holatga qaytadi, chuqur nafas chiqaradi;
- harakatni o`ng oyoq bilan takrorlaydi;
- mashq har bir oyoq bilan 4-5 marta takrorlanadi
5. Tik turib, oyoqlar juftlangan, qo`llar tushirilgan;
- qo`llari kafti bilan gavdasi va oyoqlarini siypalab, barmoqlarini polga tekkizadi;
- dastlabki holatga qaytadi;
- erkin nafas oladi;
- mashq 6-10 martatakrorlanadi


Oyoqlar venasi varikoz kengayishining oldini olish uchun davolash gimnastikasi.
Ushbu davolash gimnastikasi kun davomida tik turib yoki o`tirib ishlaydigan odamlar uchun, ertalabki gimnastika o`rnida yoki kechki uyqudan 1-2 soat oldin bajarilishi mumkin.
1. Yerga to`shak solinib, orqasi bilan yotadi, oyoqlari va qo`llari uzatilgan:
- chap oyog`ini tizza va son-chanoq bo`g`imida bukadi;
- ikki qo`li bilan oyog`ining oshiq bo`g`imini ushlaydi;
- oyog`ini yozib yuqoriga ko`taradi, qo`lining kafti bilan boldirning orqasi va yon tomoni bo`ylab son-chanoq bo`g`imigacha pastdan yuqoriga siypalaydi (boldir sohasi venalaridagi qonni yuqoriga yurishini yaxshilash uchun);
- erkin nafas olinadi;
- mazkur harakatni o`ng oyog`ida takrorlaydi;
- mashq har bir oyoqda 5-8 martadan takrorlanadi
2. To`shak solingan yerga orqasi bilan yotadi, oyoqlar va qo`llar uzatilgan, chuqur nafas oladi va chuqur nafas chiqaradi;
- ikkala oyog`i bilan velosiped haydagandek 5-10 marta harakat qiladi;
- dastlabki holatga qaytib, chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaradi;
- yuqoridagi velosiped haydandek harakat 3-5 marta takrorlanadi
3. Palos to`shalgan yerga orqasi bilan yotadi, oyoqlari va qo`llari pastga uzatilgan;
- ikkala oyog`ini yuqoriga ko`taradi, oyoq barmoqlarini, pastga-yuziga tomon bukadi, shu vaziyatda 3-5 sekund turadi;
- oyoqlar tushirilib dastlabki holatga qaytadi;
- erkin nafas oladi;
- yuqoridagi harakat 5-10 marta takrorlanadi
4. Stul suyanchig`i yonida o`ng tomoni bilan tik turib, oyoqlar juftlangan, chuqur nafas olib chiqaradi;
- o`ng qo`li bilan stul suyanchig`ining ustki qirrasini ushlaydi, o`ng oyog`ini bir oz ko`tarib, oldinga va orqaga siltab harakat qildiradi;
- erkin nafas oladi;
- dastlabki holatga qaytadi, chap oyog`ini ozroq ko`tarib, oldinga va orqaga siltab harakat qildiradi;
- mashq har bir oyoq bilan 10-15 martadan takrorlanadi
5. Stul suyanchig`i orqasida tik turadi, oyoqlar juftlagan, ikki qo`li bilan so`l suyanchig`i qirrasini ushlaydi;
- oyoq barmoqlari uchida tik turib, tovonini ko`taradi va tushiradi;
- harakatni 10-20 marta takrorlaydi;
- erkin nafas oladi

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling