1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi
Bronxial astma (nafas qisish) kasalligida davolash gimnastikasi
Download 28.88 Kb.
|
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.
Bronxial astma (nafas qisish) kasalligida davolash gimnastikasi.
1. Tik turib, oyoqlar juftlangan, uchlari yozilgan, qo`llar tushirilgan; - o`ng oyoqni bir qadam oldinga qo`yib, qo`llarni ko`tarib yon tomonga uzatadi – chuqur nafas oladi; - dastlabki holatga qaytadi – chuqur nafas chiqaradi; - chap oyoqni bir qadam oldinga qo`yib, qo`llarni ko`tarib yon tomonga uzatadi–chuqur nafas oladi; - dastlabki holatga qaytib – chuqur nafas chiqaradi; - mashq har bir oyoq bilan 3-4 marta takrorlanadi. 2. Tik turib, oyoqlar juftlangan, uchlari yozilgan, qo`llar tushirilgan; - qo`llarni yelkaga qo`yib, chuqur nafas oladi; - qo`llarni yuqoriga ko`tarib, gavdani chap tomonga egib, chuqur nafas chiqaradi; - dastlabki holat; - qo`llarni yelkaga qo`yib, chuqur nafas oladi; - qo`llarni yuqoriga ko`tarib gavdani o`ng tomonga burib, chuqur nafas chiqaradi; - dastlabki holat; - gavdani chap va o`ng tomonga egib harakatlanish 2-3 martadan takrorlanadi 3. Stul suyanchig`iga suyanib o`tiradi, oyoqlar yelka kengligida, qo`llarni bukilgan tizzaga va songa qo`yadi; - bir minut davomida sekinlik bilan nafas olib chiqaradi; - chap oyoqni ko`tarib chuqur nafas oladi, ikki qo`lini boldiri ostidan o`tkazib, chapak chaladi - chuqur nafas chiqaradi; - oyoq va qo`llarini tushiradi, dastlabki holatga qaytadi; - o`ng oyog`ini ko`tarib, chuqur nafas oladi; - qo`llarini boldir ostidan o`tkazib chapak chaladi - chuqur nafas chiqaradi; - dastlabki holatga qaytadi; - mashq har bir oyoqda 3-4 marta takrorlanadi (rasm-3). 4. Tik turib, oyoqlar juftlangan, uchlari yozilgan, qo`llar tushirilgan; - qo`llarni ko`tarib oldinga uzatadi – chuqur nafas oladi; - o`ng oyoqni siltab ko`tarib, chap qo`lga yetkazadi - chuqur nafas chiqaradi; - dastlabki holatga qaytadi; - qo`llarni ko`tarib oldinga uzatadi – chuqur nafas chiqaradi; - chap oyoqni siltab ko`tarib, o`ng qo`lga yetkazadi - chuqur nafas chiqaradi; - dastlabki holatga qaytadi; - mashq har bir oyoq bilan 3-5 marta takrorlanadi 5. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida qo`llar tushirilgan, boshi oldinga ozgina egilgan; - chuqur nafas oladi, qorin ko`tariladi; - chuqur nafas chiqaradi, qorin ichiga tortiladi; - nafas olish va chiqarish bir minut davom etadi 6. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan, chuqur nafas oladi; - ikki qo`lining barmoqlari va kafti bilan ko`krak qafasining pastki sohasini sekin bosib - chuqur nafas chiqaradi; - dastlabki holatga qaytadi; - mashq 5-6 marta takrorlanadi 7. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan; - qo`llar belga qo`yiladi, chap qo`lni ko`tarib yon tomonga uzatadi, so`ngra chap qo`lni belga qo`yib o`ng qo`lni yonga uzatadi; - qo`llarni almashtirish tobora tezlashtiriladi; - mashq har bir qo`l bilan 5-6 marta takrorlanadi; - erkin nafas olinadi 8. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan; - yelkalarni ko`tarib nafas oladi, tushirib, nafas chiqaradi; - qo`llarni oldinga uzatib, kaft va barmoqlar bilan chapga va o`ngga aylanma harakat qiladi– 20 sekund; - erkinnafasoladi Download 28.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling