1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklarida davolash gimnastikasi


Download 28.88 Kb.
bet9/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklarida davolash gimnastikasi.
Grippning asorati bo`lgan traxeit, bronxit kasalliklarining surunkali kechishida haftalar davomida yo`talish, shilimshiq balg`amning qiyinchilik bilan ajralish, xirillab nafas olish holatlari bolalar-u kattalarning sog`lig`ini zaiflashtiradi. Bunday holatlarda nafas yo`llarini shilimshiq balg`amdan tozalash va nafas olishni osonlashtirish bo`yicha Moskvalik olim, pedagogika fanlari nomzodi, jismoniy tarbiya fani mutaxassisi Boris Sergeevich Tolkachev tomonidan ishlab chiqilgan davolash gimnastika usuli Rossiyada keng qo`llanmoqda.
1. Palos to`shalgan yerga orqa bilan yotadi, qo`l va oyoqlar uzatilgan;
- bir deganda chuqur nafas olib, oyoqlar son-chanoq va tizza bo`g`imlarida bukiladi;
- ikki qo`l bilan bukilgan boldirlar bukilgan sonning orqa tomoniga qisib-tiraladi va sekinlik bilan chuqur nafas chiqariladi;
- chuqur nafas chiqarishni davom ettirib, qo`llar bilan bukilgan boldirlarni ko`krakka tiraladi;
- dastlabki holatga qaytib, qorinni shishirib chuqur nafas olinadi;
- qorin muskullarini taranglashtirib, chuqur nafas chiqariladi va chuqur yo`taladi. Og`izda balg`am paydo bo`lsa, tuflanadi;
- dastlabki holatga qaytadi.
2. Palos to`shalgan yerga orqa bilan yotadi, qo`l va oyoqlar uzatilgan - chuqur nafas oladi;
- yordam ko`rsatuvchi odam bemorning uzatilgan oyog`i pastida tizzasi bilan cho`kkalab, ikki qo`li bilan ikkala boldirining o`rtasidan ushlaydi;
- bemorning oyoqlarini son-chanoq bo`g`imida bukib, uning tizzasini ko`kragiga tirab, chiqaradi va yo`talib og`ziga kelgan balg`amni tupuradi;
- dastlabki vaziyatga qaytadi.
3. Tik turib, oyoqlari yelka kengligida, qo`llari tirsak bo`g`imida to`g`ri burchak hosil qilib bukilgan;
- tizza bo`g`imi bukib, oldinga engashadi, boshi tizza bo`g`imiga yetadi;
- bilaklarini qorniga va ko`krak qafasining pastki sohasiga tiraydi, qo`l barmoqlari bilan biqinini ushlaydi - chuqur nafas chiqaradi, yo`taladi, og`ziga balg`am kelsa, tupuradi;
- dastlabki holatga qaytadi;
- chuqur nafas oladi;
- tik turib oyoqlari yelka kengligida, oldinga engashadi, qo`llarini pastga osiltirib tushiradi, boshi pastga egilgan;
- yo`taladi, chuqur nafas chiqaradi, og`ziga balg`am kelsa tupuradi.
4. Bemor tik turib, oyoqlari yelka kengligida, qo`llari tushirilgan;
- chuqur nafas oladi;
- yordam ko`rsatuvchi odam bemor orqasida tik turib, ikki qo`lini bemorning qo`ltig`i ostidan o`tkazib, uning ko`kragi pastki va qornining yuqori qismini qo`llari bilan sekinlik bilan bosadi;
- bemor qo`llarini pastga osiltirib tushuradi, boshi bilan engashadi;
- bemor chuqur yo`taladi va nafas chiqaradi, og`ziga balg`am kelsa tupuradi;
- dastlabki holatga qaytadi.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling