Jismoniy mashqlarning davolovchi ta`siri.
Jismoniy mashqlar 4 xil davolovchi ta`sir ko`rsatadi:
1.Odam organizmining tonusini (kuchini) oshiruvchi ta`sir.
2.Grafik ta`sir.
3.Kompensatsiyalovchi ta`sir.
4.Normallashtiruvchi ta`sir.
Jismoniy mashqlarning odam organizmining tonusini (kuchini) oshiruvchi ta`siri.
Jismoniy mashg`ulotlar bajarganda bosh miyaning po`stloq osti nerv markazlarining hujayralari, retikulyar formatsiyadagi nerv markazlari hujayralari qo`zg`oladi.
Po`stloq osti nerv markazlarining qo`zg`olishi bosh miya po`stlog`idagi nerv markazlarini faolligini oshiradi. Buning natijasida yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, harakatlanish tizimlari faoliyati yaxshilanadi, organizmining kuch-quvvati, muskullarning tarangligi (tonusi) oshadi.
Jismoniy mashqlarning grafik ta`siri. Jismoniy mashqlar ta`sirida to`qima-a`zolarning qon tomirlari kengayadi, ularning qon, kislorod va oziq moddalar bilan ta`minlanishi yaxshilanadi. Natijada to`qima-a`zolardagi yallig`lanish, shikastlanish asoratlarining tuzalishi tezlashadi.
Jismoniy mashqlarning kompensatsiyalovchi ta`siri. Jismoniy mashqlar kasallangan to`qima-a`zolarda qon aylanishini yaxshilab, yallig`lanishning tuzalishini tezlashtiradi. Sog` to`qima va a`zolarda qon aylanishi, moddalar almashinuvini yaxshilab, mazkur to`qima-a`zolarning funksional imkoniyatlarini oshiradi. Buning natijasida, funksiyasi oshgan sog` to`qima-a`zolar, kasallangan to`qima va a`zolarning buzilgan funksiyasini bir qismini bajara boshlaydi. Bu bilan organizmning buzilgan funksional holati kompensatsiya qilinib, kasallik oqibati ma`lum darajada sezdirilmaydi.
4. Jismoniy mashqlarning normallashtiruvchi ta`siri.
Jismoniy mashqlarning yuqorida ko`rsatilgan tonusni oshiruvchi, grafik va kompensatsiyalovchi ta`sirlari natijasida kasallik va shikastlanish tufayli odam organizmining buzilgan funksional holati normallashadi.
Jismoniy mashqlarni qo`llamaslik holatlari.
Quyidagi holatlarda davolash mashqlari vaqtincha qo`llanmaydi:
1. Kasallik va shikastlanishni boshlanish davrida;
2. Tana harorati +37,5 єC dan yuqori bo`lsa;
3. Kasallangan, shikastlangan to`qima-a`zoda og`riq bo`lsa;
4. Jarohatdan, kasallangan to`qima-a`zodan qon ketayotgan bo`lsa, yoki qon ketish xavfi bo`lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |