1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi
Download 28.88 Kb.
|
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash gimnastikasi.
Davolash mashqlarining turlari.
Davolash mashqlari 3 turda o`tkaziladi: 1.Ertalabki gigiyenik gimnastika; 2. Davolash gimnastika; 3. Sport mashg`ulotlari. Ertalabki gigiyenik gimnastika. Bu sog`lomlashtiruvchi va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Sog`lomlashtiruvchi ahamiyati shundan iboratki, tungi uyqudan keyin ertalabki gimnastika markaziy nerv sistemasini qo`zg`atadi, nafas olish, qon aylanishni yaxshilaydi, barcha hujayra-to`qimalarni qon, oziq moddalari, kislorod bilan ta`minlanishini yaxshilaydi. Shu bilan odam sog`ligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ertalabki gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, uni har kuni ertalab, ma`lum belgilangan vaqtda bajarish, odamni mehnat intizomiga o`rgatadi. Ertalabki gimnastikaning davomiyligi bemorning umumiy holatiga, yoshiga qarab 5-20 minutgacha bo`lishi mumkin. Davolash gimnastikasi. Davolash gimnastikasi 3 qismga bo`linadi: 1. Kirish qismi. Yengil mashqlar bajariladi.Bu qismning vazifasi bemor organizmini gimnastikaning asosiy qismiga tayyorlashdan iborat. 2. Asosiy qism. Mashqlar hajmi va tezligi kirish qismiga nisbatan oshiriladi.Lekin bemorning umumiy holati, yoshi e`tiborga olinadi. Mashqlarni bajargan paytda bemorning yurak urishi va nafas olish soni tinch holatidagiga nisbatan 1,5-2 marta tezlashishi kerak. 3. Yakunlovchi qism. Mashqlar tezligi asta-sekin kamaytirilib, yurak urishi va nafas soni tinch holatdagiga yaqinlashtiriladi. Gimnastikani bajarish tartibi: 1. Gimnastika mashg`ulotini boshlashdan oldin, bemorning 1 minutda yurak urishi va nafas soni aniqlab, daftarga yozib qo`yiladi. 2. Mashg`ulotning 1-2-3-chi qismida bu ko`rsatgichlarning o`zgarishi aniqlanadi. Daftarga yoziladi. 3.Tomir urishi va nafas sonining tinch holatdagi, mashq paytidagi o`zgarishlarning farqiga qarab bemor organizmining mashqqa nisbatan reaksiyasi baholanadi. 3. Sport mashg`ulotlari. Sport mashg`ulotlari kasallikdan va shikastlanishdan to`liq tuzalgan bemorlarda va sog`lom odamlarda ularni yanada sog`lomlashtirish va jismoniy jihatdan chiniqtirish maqsadida qo`llanadi. Sport mashg`ulotlarining hajmi va tezligi asta-sekin oshirib, murakkablashtirilib boriladi. Download 28.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling