1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Download 28.88 Kb.
bet4/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Suvda davolash mashqlari. Suv odam organizmiga mexanik va termik ta`sir ko`rsatadi.
Suvning mexanik ta`siri shundan iboratki, Arximed va Paskal qonunlariga asosan, suv ichida odam tanasining vazni kamayadi, buning natijasida harakatlanish va mashqlarni bajarish osonlashadi.
Suvning termik ta`siri shundan iboratki,iliq suv ichida odam tanasi isiydi, qon tomirlari kengayadi, hujayra-to`qimalarda qon aylanishi, ularni kislorod va oziq moddalari bilan ta`minlanishi yaxshilanadi.
Davolash mashqlarida iliq suv vannasini qo`llash.
Suvning harorati +36,5 +38є C bo`ladi. Odam vanna ichiga kirib yotadi. Vannaga kirganda 2-3 minut jim, qimirlamay yotadi.So`ngra 10-20-30 minut davomida ya`ni umumiy holatidan kelib chiqqan holda, turli xil mashqlarni bajaradi. Vannada odamning o`zi faol mashqlar bajaradi yoki tibbiyot xodimi massaj qiladi (passiv mashq).
Vanna ertalab, kunaro, jami 20-24 marta o`tkaziladi.
Mavzu bo`yicha savollar:
1.Davolash mashqining vazifasi, ahamiyatini tushuntiring.
2.Davolash mashqining rivojlanish tarixini ayting.
3.Davolash mashqlarining shakllari va vositalari haqida tushuncha bering.
Davolash mashqlariga umumiy talablar.
Davolash mashqlarining natijasi yaxshi bo`lishi uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
1.Davolanadigan bemorning kasalligi, umumiy holati va yoshini hisobga olgan holda jismoniy mashq turi va hajmini to`g`ri tanlash va to`g`ri qo`llash.
2. Davolash mashq har kuni, aniq belgilangan vaqtda bajarilishi lozim.
3.Bemor odam kasallikdan va shikastlanishdan to`liq tuzalgunicha, davolash mashqi belgilangan tartibda muntazam ravishda bajarilishi kerak.
4. Davolash mashg`ulotlari hajmini bemorning umumiy holatini hisobga olgan holda asta-sekin oshirish.
Davolash mashqlarining hajmi.
Davolash mashqlari 3 hajmda qo`llanishi mumkin:
1.Kichik hajmdagi mashqlar. Umumiy holati og`ir bo`lgan bemor va shikastlanganlarni davolashning boshlanish davrida qo`llanadi. Asosan qo`l va oyoqlar bilan yengil hajmdagi gimnastik mashg`ulotlar bajariladi.
2. O`rtacha hajmdagi mashqlar. Umumiy ahvoli qoniqarli bo`lgan bemor va shikastlanganlar uchun qo`l, oyoq va gavda bilan bajariladigan mashqlar o`tkaziladi (yugurish va sakrashdan tashqari).
3. Katta hajmdagi mashqlar. Bemor va shikastlangan odam to`liq sog`lomlashgandan keyin qo`l, oyoq va tana bilan bajariladigan o`rta va yuqori tezlikda bajariladigan mashqlar qo`llanadi. Tez yurish, yugurish, sakrash va turli xil gimnastik mashqlar.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling