Yassi oyoqlikda va tana vazni me`yoridan oshganlar uchun ertalabki gimnastika
1. Tik turib, oldinga ozroq bukilish, qo`llarni tushirish, gavdani aylanma harakatlantirish;
- tanani tik qilib, qo`llarni yuqoriga ko`tarib, burun orqali chuqur nafas olish, qo`llarni tushirib og`iz orqali nafas chiqarish (rasm-1).
2. Yerga cho`kalab qo`l kaftlarini yerga qo`yib, o`ng oyoqni orqaga uzatib, barmoqlarini yerga tirashi, chap oyoqni tizza bo`g`imida bukish, burun orqali chuqur nafas olish;
- og`iz orqali chuqur nafas chiqarib oyoqlar holatini almashtirish(rasm-2).
3. Yerga o`tirib, qo`l kaftlarini orqa tomonga yerga tirash;
- o`ng oyoqni tizza bo`g`imida bukib tovonni yerga tirash, chap oyoqni oldinga uzatib yuqoriga ko`tarish, burun orqali chuqur nafas olish;
- og`iz orqali chuqur nafas chiqarib, yuqoridagi vaziyatda oyoqlar holatini almashtirish (rasm-3).
4. Qorin bilan yerga yotib oyoqlarni to`g`ri uzatish, qo`llarning kaftini bo`yinga qo`yish;
- bosh, yelkalar va uzatilgan oyoqlarning tizzadan pastki qismini yuqoriga ko`tarish 3-5 sek. (rasm-4);
- erkin nafas olish.
5. Yerga tizzalarni qo`yib cho`kalash, oyoqlarni orqa tomonga uzatib, oyoq uchlarini ko`tarish;
- qo`llarni boshdan yuqoriga ko`tarish;
- qo`llar boshdan yuqoriga ko`tarilgach, ikkala oyoqlarni chap tomonda tizza bo`gimida bukib boldirlarni chap son va chanoqqa tekizish;
- o`ng chanoqda yarim o`tirish (rasm-5).
Tana vaznining me`yoridan ortiq bo`lishining sabablari ovqatni ko`p iste`mol qilish, ovqat tarkibida hayvon yog`lari va uglevodlar (oq non, xamirli taomlar, pishiriqlar, konditer mahsulotlari) ko`p bo`lishi, shuningdek, kam harakatlanish (gipodinamiya).
Semirishni bartaraf etish va uning oldini olish uchun yuqorida ko`rsatilgan taomlarni kamaytirish, ko`proq meva sabzavotlar (karam, sabzi, sholg`om, rediska, turp, ko`katlar), don mahsulotlari (mosh, loviya, perlovka, grechka), shuningdek, ko`proq harakatlanish, ya`ni piyoda yurish, yugurish, velosipedda yurish, massaj, suzish, sport o`yinlari mashg`ulotlari bilan shug`ullanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |