Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING INTERAKTIV USULLARI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon: +998975216717 zafarhasanov6717@gmail.com Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
10
TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING INTERAKTIV USULLARI Jomurodov Do‘stmurod Mamasoliyevich, Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Telefon: +998932912012 dustmurod@inbox.ru Xasanov Zafar Shavkat o‘g‘li Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi Telefon: +998975216717 zafarhasanov6717@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish jarayonining muhim qismi ekanligi va baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan foydalanish mumkinligi keng yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: talabalar bilimini nazorat qilish, baholash, interaktiv vositalar, onlayn test kon- struktorlari, platformalar, dasturlar. bolon deklaratsiyasi amalda boʻlgan ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim tizimiga yangi usullar kirib kelmoqda. bu holat nafaqat oʻqitishning yangi usullari shakllanishi, balki bilimni baholash jarayonlariga ham ta’sir etmoqda. Ma’lumki, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. bunda asosan har bir talabaning individual koʻrsatkichlari aniqlanadi. Ya’ni baholash jarayoni turli talabalarning koʻrsatgan natijalarini taqqoslashni koʻzda tutmaydi. bilimni baholashning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga asoslanib, oʻqituvchining ta’lim berish natijalarini tahlil qilgan holda, unga keyingi oʻqitish jarayonini qanday tashkil qilish boʻyicha toʻgʻri qaror qabul qilishga qaratilgan. hozirda baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan foydalanilmoqda. Shunday vositalardan biri Quizalize dir. bu talabalar oʻrtasida test va viktorinalar oʻtkazishga moʻljallangan ajoyib vosita. Uning yordamida oʻqituvchi dars jarayoni yoki uyga vazifani qiziqarli topshiriqlar koʻrinishida tashkil etishi mumkin. Oʻqituvchi baholash natijalarini tezda koʻrishi va har bir talabaning kuchli va kuchsiz jihatlarini osongina aniqlashi mumkin. Viktorinani yaratish jarayoni juda sodda. bunda saytdan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, “Mening viktorinalarim” boʻlimida “Yangi viktorina tuzish” tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Viktorina savol va javoblarini tegishli maydonlarga toʻldirib boʻlgach, uni guruhga sinov tariqasida taqdim etiladi. har bir savoldan keyin talabaning belgilagan toʻgʻri javobi uchun ballar beriladi va u talabaga koʻrsatiladi. Talabalar uni tahlil qilishi yoki yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin. Quizalize – Kahoot, Socrative, Triventy, Quzizz va boshqa onlayn test konstruktorlari singari qiziqarli online platformalardan biri hisoblanadi. bu platforma orqali dars davomida talabalar bilimini baholab boorish imkoniyati mavjud. Oʻqituvchi mash’gulot davomida talabalarga taqdim etgan savollarga ular Quizalize orqali javoblarini belgilab, ball yigʻib boradilar. har bir talabaning yiqqan ballari har bir savol oxirida alohida namoyish etib boriladi. Talabalar oʻz ishlarini tahlil qilishlari, yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin boʻladi. Quizalize orqali qulay tarzda turli viktorinalar ham yaratish, viktorina savollarida media fayllardan foydalanish imkoniyatlari mavjud. Va albatta oʻqituvchi xoxishiga qarab, vaqt boʻyicha cheklashlar ham oʻrnatib boriladi. Talabalarning darsga qiziqishlarini oshirish maqsadida viktorinalarni oʻyin va musobaqa tarzida tashkil qilish, talabalar reytingidagi oʻzgarishlarni auditoriyada mavjud katta ekranlarda namoyish qilib boorish imkoniyati ham mavjud. Shu kabi koʻpchilik platformalardan farqli ravishda Quizalize orqali baholashning vaqt va makonga bogʻliq boʻlmagan holatda ham tashkil qilish mumkin boʻladi. Talaba oʻziga qulay boʻlgan vaqt va joyda platformaga kiradi va undagi savollarga javob berish orqali ball yigʻadi. Quizalize platformasida talabalarga ularning javoblariga qarab darajali testlar berish imkoniyati ham mavjud. Talabalar guruhi ularning darslardagi ishtirokiga qarab uchga boʻlib olinadi va bu har bir guruh bilan ularning layoqatiga mos tarzda ishlash imkoniyatini beradi. Mazkur platformaga: mavzu bayoni yuzasidan pdf fayllar, videodarslar, web-resurslarga giperhavolalar 153 10 ham joylashtirishingiz mumkin. bundan tashqari platformaga talabalar Google classroom logini orqali ham kirishlari, ya’ni platformani sinxronlashtirish mumkin kahoot dasturi. kahoot dasturi turli multimedia elementlari – matn, surat va videolardan foydalanib, talabalar oʻrtasida onlayn test, debat va soʻrovnomalar oʻtkazish imkoniyatiga ega. bunda talabalar istalgan koʻrinishdagi qurilmalardan foydalanishlari mumkin. har bir savolga rasm yoki videoni biriktirish hamda bajarish vaqtini belgilash mumkin. bu oʻyin koʻrinishidagi test jarayonini oʻtkazishda proyektordan foydalaniladi. Oʻqituvchi umumiy ekranga savol va javob variantlarini chiqaradi. Talaba esa kompyuter, planshet yoki oʻz mobil telefoni ekranida faqat variantlarni belgilaydi. Savollarga qanchalik toʻgʻri va tez javob berilsa, shuncha koʻp ball beriladi. bu orqali qaysi talaba mustaqil va qaysi biri yonidagi kursdoshidan koʻchirayotganini aniqlash oson. Test soʻngida umumiy natijalar ekranga chiqariladi. har bir talabaning u yoki bu savolga bergan javobi doimiy saqlanadi va istalgan vaqtda har bir testing natijalarini Excel jadvali shaklida yuklab olish mumkin. kahoot’ning yana bir jihati shundaki, undagi tayyor test topshiriqlaridan foydalanib, oʻz testlaringiz sonini koʻpaytirishingiz mumkin. Oʻqituvchining bunday onlayn servislardan foydalanishi berilgan nazariy bilimlarni talabalar tomonidan oʻzlashtirilishini va ularning materialni tushunish darajasini qisqa vaqt ichida aniqlashga yordam beradi. Agarda shu kabi texnologiyalarning baholash tizimini tahlil qilib, uni baholashning reyting tizimiga kiritilsa, talabalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi ishtirokini yanada faollashtiradi. bunday vositalar yordamida dars mashgʻulotlarini qiziqarli va quvnoq ravishda olib borish hamda talabalarni baholashni interaktiv usulda tashkil qilish mumkin. Shu bilan birga mobil telefon va planshetlar dars jarayoniga toʻsqinlik qiluvchi emas, balki yordamchi qurilmalar vazifasini bajaradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Xamidov V.S. Erkin va ochiq kodli LMS tizimlar tahlili // infocom.uz jurnali, № 7, 8. 14- bet, 2013 y. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling