Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH: MAZMUN, METODOLOGIYA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH: MAZMUN, METODOLOGIYA, BAHOLASH VA TA’LIM MUHITI Jumanova Barno Davletovna Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 12-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya.Ushbu maqolada bugungi kunda maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar va ularning amalda qo‘llanish jarayoni haqida to‘xtalib,,ta’lim sifatining mazmuni,metodologiyasi,ta’limda baholash va ta’lim metodlari haqida o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim sifati,ta’lim mazmuni, metod, metodologiya, xalqaro baholash, tizim, bilim, malaka, ko‘nikma, muhit. Keyingi ikki yil davomida ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy tarzda,belgilangan talablar asosida tashkil etish bo‘yicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish zarur”deganlarida o‘qituvchilar zimmasidagi ma’suliyat hissi yana bir bor oshdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.Yurtboshimiz har bir sinfda o‘quvchilarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib,davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini,darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish zarurligini uqtirdilar.bu bugungi kun talablaridan biri deb qabul qilindi. O‘quvchilar o‘zlari tanlagan fan yoki kasb bo‘yicha ko‘nikma hosil qilsa ta’lim sifatining ijobiy darajada ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.bu o‘rinda biz o‘qituvchilarning vazifasi ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.uning bu faoliyati tufayli o‘quvchilarda bilish havaslari tarkib topa boradi.Agar o‘qituvchi ongli ravishda ularning qiziqishlarini sifatga aylantira olmasa,ular u yoki bu sohani o‘zlari uchun ideal hisoblab,ko‘p qirrali bilish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadilar. O‘quvchining individual qiziqishini to‘g‘ri o‘rganish,baholash va barqarorligiga to‘la ishonch hosil qilish juda ahamiyatli.Shuning uchun biz o‘qituvchilar o‘quvchi qiziqishini,bilim darajasini to‘g‘ri ko‘rsatishimiz darkor.buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini,bilimini,uning boshqa individual- psixologik sifatlarini,ya’ni qobiliyatini,iste’dodini,temperamentini va xarakterini o‘rganib munosabatga kirishishi lozim.Shunda o‘quvchi o‘zining talab va istaklarini o‘qituvchiga ochiq aytadi va ustozini yaqin inson sifatida ko‘ra boshlaydi.O‘zi tanlagan soha bo‘yicha havas bilan o‘qishni boshlaydi.Ta’lim sifati-inson hayoti va faoliyatining sifatini oshirish,aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan,aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmui.buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’limga birinchilardan bo‘lib yangiliklar olib kirgan.Ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi.Sharqona qarashlarga yo‘g‘rilgan zamonaviy ta’lim tizimiga yo‘l ochib berdi. Ta’lim mazmuni ta’limning maqsadiga muvofiq tarzda belgilanadi.Ta’lim mazmuniga umumiy ma’lumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan bilim,malaka va ko‘nikmalar ham kiradi.Ta’lim mazmuni o‘quv reja va dasturlari,darslik va qo‘shimcha manbalar orqali yoritiladi.Maktablarda beriladigan ta’lim mazmuni tarixiy va milliy xususiyatlarga ega. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari,fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilangan.Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lgan iymonli,e’tiqodli,bilimli yoshlarni tarbiyalab berish bugungi kun ta’limining mazmuni hisoblanadi. ”Metodologoya” tushunchasi keng qamrovga ega bo‘lgan atama hisoblanib,metodlar bilan birga tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi.hozirgi ta’lim tizimida fan sohalari metodoligik tushunchalar asosida o‘rganilmoqdi.O‘quvchi dunyoqarashining kengayishi va atrof-muhitga turli qarashlar bilan munosabat bildira olishlariga zamin yaratadi.O‘quvchilar faqat ilmiy jihatdan emas,hayot bilan hamohanglik malakalariga ham ega bo‘ladilar.har bir fan o‘z ko‘lami doirasida uning strukturasini,taraqqiyotini,ilmiy-tadqiqot usullari va vositalari,uning natijalarini asoslash yo‘llarini,bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rgatadi. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishda o‘quvchilar bilim.malaka va ko‘nikmalarini baholash 155 10 dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.baho o‘quvchilarning bilimini,malakasini,ko‘nikmasini aniq ko‘rsatadigan o‘lchov mezonidir.O‘qituvchi har qanday vaziyatda ham o‘quvchi bilimini to‘g‘ri baholashi kerak .bu jarayonda o‘qituvchi xuddi shifokor bemorga tashxis qo‘yganday aniq faoliyat olib borishi kerak.chunki shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘ysa bir insonning umri qisqaradi yoki vafot qiladi.Agar o‘qituvchi baholashda xato qilsa bir o‘quvchi orqali bir oilaviy sulolaning hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.bu o‘quvchi ertaga ota-ona sifatida farzand tarbiyalashi kerak.farzand uchun ota-onaning jamiyatdagi o‘rni muhim.Shunday ekan biz o‘qituvchilar bemorini o‘ldirgan tabibga o‘xshamaslik uchun o‘quvchilarimizga haqiqiy bahosini qo‘yishimiz lozim, Vazirlar Mahkamasining”Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘quv seminarlari olib borilmoqda. PIRLS,TIMSS,PISA singari xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldik . Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishda ta’lim muhitining ahamiyati katta.Zamonaviy o‘quv jarayonida nafaqat o‘quv jarayoniga,balki ta’lim muhitiga ham e’tibor qaratilmoqda.Ta’lim muhitining ta’sir doirasi va ma’lum bir shaklga muvofiq shaxsni shakllantirish sharoitlari,uning ijtimoiy rivojlanishida mavjud bo‘lgan rivojlanish imkoniyatlarini belgilaydi.Ta’lim muhitini sinf xonasida o‘qituvchining o‘zi yaratadi.Muhit o‘quvchi ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lganda dars mazmunli yakun topadi.O‘quvchi ta’lim olish uchun muhit to‘g‘ri shakllangandagina bilim olishga harakat boshlaydi.Sinf xonasidagi o‘quv muhitini yaratish uchun o‘qituvchi bilan o‘quvchilatning kuchlari birlashadi.bu muhit ijobiy yoki salbiy bo‘lishi har bir o‘qituvchining pedagogik mahoratini ko‘rsatadi barcha aytilgan fikr va xulosalar qachonki o‘qituvchi o‘z ishiga fidokorona yondashgandagina ta’lim sifati ko‘tarilib,kelajak barkamol avlod qo‘liga o‘tadi.Shundagina biz kutgan ta’lim jarayonidagi yuqori samaradorlik nazariy va amaliy ifodasini topadi va ezgu maqsadlarga keng imkoniyatlar ochib beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Islom Abdug‘niyevich karimov”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” 2. ”Til va adabiyot ta’limi”jurnali 2019-yil 11-son. 3. ”O‘zbek tilining izohli lug‘ati”3-jild. 4. A.Avloniy”Turkiy Guliston yoxud axloq”as |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling