Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


“FSMU” INTERFAOL METODINI ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
“FSMU” INTERFAOL METODINI ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA 
QO‘LLASH
Andijon viloyati Asaka tumani 
27- umumta’lim maktabi 
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi 
Isaqova Parizod Ne’matovna 
99894 929 00 39
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’limda yangilik bo‘lgan interfaol metodlaridan biri FSMU 
metodining ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash haqida fikr-mulohazalar keltirilgan.Metod 
turli misollar orqali izohlanib, tushuntirilgan.
Kalit so‘zlar: munozara, yordamchi so‘z turkumlari, uslub, adabiyot, o‘qituvchi.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki 
o‘quv seminari yakunida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda o‘tilgan mavzu va 
bo‘limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida, o‘quv rejasi 
asosida birorbir bo‘lim o‘rganilgach qo‘llanilishi mumkin. chunki bu texnologiya o‘quvchilarni 
o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlashga o‘rgatadi.
Bu texnologiyadan foydalanishda o‘qituvchi har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 
4 bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni iltimos 
qiladi. bunda:f—fikringizni bayon etingS—fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;M- ko‘rsatgan 
sababingizni asoslovchi misol keltiring;U—fikringizni umumlashtiring. O‘qituvchi tinglovchilar 
bilan bahs mavzusini belgilab oladi. Yakka tartibdagi ish tugagach, tinglovchilar kichik guruhlarga 
ajratiladi va o‘qituvchi kichik guruhlarga “FSMU” texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta 
formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi. kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va 
dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlari taklif etiladi. 
O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi. 
Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan 
yakunlanadi.Namuna: 1. Vazifa: “Oq kema” – o‘lmas asar” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon 
qiling.f - “Oq kema” qissasi ch.Aytmatovning eng mashhur va o‘lmas asarlaridan biridir.
S - “Oq kema” asarida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi 
asriy muammolar o‘z ifodasini topganligi bois u umrboqiydir.
M - Mo‘min chol tabiatidagi soddalik, ezgulik, mehr-oqibat, mehnatsyevarlik, kamtarlik 
O‘rozqul timsolidagi shafqatsizlik, takabburlik kabi illatlarga qarshi qo‘yilsa, bolakay qalbidagi 
soflik, mehribonlik xislatlari atrofdagi insonlarning, jumladan, ota-onasining unga befarqligiga 
qarama-qarshi qo‘yiladi. Masalan, bolakay shoshib turgan bo‘lsa ham o‘zining sevimli toshlarini 
erkalab, unga e’tibor bilan qaraydi. Ammo bolakayning (holbuki, u bir Inson) quvonchiga 
Seydahmad ham, O‘rozqul ham arzimas bir hodisa sifatida e’tibor qaratishmaydi.U - qaysiki asar 
milliy qadriyatlarni, ezgulikni ulug‘lar ekan, bu asarning umri boqiydir. 2. Vazifa: “Yordamchi 
so‘zlar fikr ifodalash uchun zarur” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon qiling.
f - Yordamchi so‘zlar o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega. S - Yordamchi so‘zlar gapida 
so‘z va gaplarni bir-biriga bog‘lash, munosabatga kiritish va qo‘shimcha ma’nolar yuklash 
vazifalarini bajaradi.
M - Bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklar va gaplarni o‘zaro bog‘lasa, ko‘makchilar so‘z birikmasi 
hosil qilishda ishtirok qiladi. Yuklamalar esa fikrga so‘roq, taajjub, ayiruv, chegaralash kabi 
qo‘shimcha ma’nolarni yuklab, so‘zlovchining fikrini oydinlashtirish uchun xizmat qiladi.U - 
Yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmasa-da, nutqimizda ularning ahamiyati beqiyos .
Adabiyotlar:
1. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.-T.: “fan”, 
2006-yil
2. husanboyeva Q. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o‘rgatish.- Toshkent, 1999-yil
3. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali.-2010-2012-yil sonlari


149

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling