Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI 
SHAKLLANTIRISH
Hakimova Maxliyo Ibodulla qizi 
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 
18-sonli maktabning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy faoliyatini 
shakllantirishga qaratilgan metodlar asosida dars o‘tish, bolalarning o‘z mustaqil fikrlarini 
shakllantirish yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Mustaqil dunyo qarash, tafakkur, muammoli vaziyat, umumiy taxlil, pedagogik 
jarayon.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish va barkamol insonni shakllantirish, ertangi 
taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. hayotga ziyrak ko‘z bilan 
qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega iqtidorli shaxslarni kamol toptirish 
va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun biz 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlovchi aqliy jihatdan kamol toptirish lozimligini 
o‘rganishga ahamiyat qaratdik. 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan (I-IV) sinflarning 
o‘quvchilari kiradi. bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotganda tayyorlanadi. Talablar 
bilan tanishadi. bunda u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan har xil talablar bilan tanishadi. 
fan, asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. 
Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda bolaning obektiv va subektiv jihatdan maktab 
talabiga ta’limiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan 
tayyorlanadi. binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi 
bola idrokining o‘tkirligi ravshanligi, sog‘ligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi dilkashligi 
xayrihoxligi, ishonuvchanligi, xayolning yaqqolligi, tafakkurining yaqqolligi, xotirasining 
kuchliligi, tafakkurning yorqinligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. 
Maktabda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishda boshlang‘ich sinf bolalarning anamotik, 
fiziologik xususiyatlari jismoniy kamolot darajasini hisobga olish muvaffaqiyat garovidir. 
boshlang‘ich sinf o‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan uyg‘un o‘sadi. Uning bo‘yi va 
og‘irligi o‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. biroq bolaning suyaklari ko‘krak qafasi, tos, 
qo‘l suyaklari, umurtqa pog‘onasida hali tag‘aysimon to‘qimalar uchraydi. bu esa uning suyak 
takomillashib bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Yurak muskullari tez o‘sadi, qon tomirlarining deamtri sal 
kattaroq bo‘ladi. Miyaning og‘irligi boshlangich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya 
po‘stining anamotik-sintetik faoliyati takomillashadi, qo‘zg‘alish bilan tormozlanish o‘rtasidagi 
munosabat o‘zgaradi, lekin qo‘zg‘alish nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. Shuning uchun bolaning 
to‘g‘ri o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish toliqishining oldini olish, o‘qish va dam olish rejimiga qat’iy 
rioya etish zarur.
Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini ijtimoiy mavjudini, sinf jamoasi va oila muhitidagi 
ahvolini o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan bilim olish ko‘nikma va malakalarini 
egallash tabiat va jamiyat to‘g‘risida qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ta’lim 
muayyan darajada intilish, idoraviy zo‘r berish faollik va maqsadga muvofiq faoliyatni talab 
qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakat o‘rnini aniqlashilgan, rejali, aqliy mehnat egallay boshlaydi. 
O‘quvchi doimo tengdoshlari bilan birga muayyan sinf jamoasida bo‘ladi. demak uning oldida 
hamma vaqt sinf jamoasining manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa intilishiga 
bo‘ysundirish, o‘zaro yordam, o‘zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch masalalarini 
egallash vazifasi turadi. Ta’lim jarayonida esa o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar toboro 
ko‘payib va murakkablashib boraveradi. 
O‘qishning dastlabki kunidayoq kichik maktab yoshdagi bolaning o‘sishi, qarama-qarshiliklar 
ichki ixtiloflar vujudga keladi. Ana shular zamirida boladagi psixik kamolotning darajasi va 
ijobiy hislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi 
bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishi toqazo etadi va shu berk zanjirning uzluksiz harakati 
natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining muhim xususiyatlardan biri unda o‘ziga hos ehtiyojlar o‘z 


161
10
mohiyati bilan muayyan bilim ko‘nikma atrofidagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki 
faqat o‘quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. bundan tashqari bilimlar kunidagi shodiyona 
ayyom, o‘quvchilik safiga qabul payti, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilarning unga bildirgan 
samimiy tilaklar, yuqori sinf o‘quvchilarining tabriklari bolaning his-tuyg‘usiga ijobiy ta’sir 
etadi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga 
borish, o‘qituvchilarning o‘gitlari ham bolani o‘ziga rom etadi. Umuman boshlang‘ich sinf 
bolalar o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib yetmaydi. balki hamma maktabga 
borishi kerak deb tushunadi. Ammo u kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan 
mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. 
Oradan ma’lum vaqt o‘tgach shodiyona lahzalarning taassuroti namoyishi bilan maktabning 
tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va o‘qishning kundalik, qat’iy mehnat, irodaviy 
zo‘r berish, yoqtirmagan narsa bilan shug‘ullanish, diqqatini taqsimlash, o‘z xulqini idora qilish 
ekanligini anglaydi. Shunday aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, uning o‘qishdan ko‘ngli 
soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O‘qituvchi esa bunday holatni oldini olish uchun 
bolaga ta’limning o‘yindan farqi qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berish va uni shu faoliyatga 
tayyorlash kerak. O‘qish faoliyatiga qiziqish uning mazmuniga ham qiziqishini vujudga keltiradi. 
bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib topadi. 
Ta’limning mazmuniga bilimni egallashga qiziqish o‘quvchilarning o‘z aqliy mehnati 
natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy boqliqdir. bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan 
namoyon bo‘ladi. O‘quvchida samaraliroq ishlash mayli eslatadi, ishtiyoqi shakllantiradi, bolada 
paydo bo‘lgan faxrlanish va malakalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Raqobatlashtirish 
va jazolash meyorida bo‘lsagina, ularning tarbiyaviy ta’siri ortadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatini baholash unda o‘qishga ijobiy munosabatni 
shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. 
Ma’lumki maktablarda bolalarni og‘zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi 
sinf o‘quvchisi ana shu baho ta’sirida o‘z faoliyatini kuchaytiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. 
hatto o‘quvchi dastlabki paytlarda “yaxshi” yoki “yomon” bahoning farqiga ham bormaydi. 
ko‘proq nechta baho olgani qiziqtiradi. O‘qituvchining rag‘batlantirilishi uning uchun eng 
muhim ro‘l o‘ynaydi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituvchi shaxsiga 
ishonch hissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o‘quvchilarning bolaga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. R.Ergashev.O‘quv-uslubiy majmua.-Guliston, 2019-177b.


162

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling