10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
G‘oziyeva Xanifaxon Qorichayevna
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi
24-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel. raqami:901438480
E-mail: mohinurdilmurodova4@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda
qo‘llaniladigan ayrim metodlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: “Intellektual ring”, “Matematik kokteyl”, “Lift metodi”, “Men kimman metodi”,
“Xaritadan top” metodi
Hozirgi kunda respublikamizda ta’lim sifat va samaradorligini oshirish uchun jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. bunday e’tibor barcha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar zimmasiga
ulkan mas’uliyat yuklaydi. dars jarayonida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish uchun uning qiziqarli
va jonli o‘tishiga,barcha o‘quvchilarning faol ishtirokiga erishish, turli metodlardan foydalanish
zarur. Zero, buyuk davlat arbobi Jon dyul atganidek: “Ta’lim hayotda tayyorlash emas. Ta’lim-bu
hayotning o‘zidir.”
hozirgi davr ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda.
Zamonaviy metodlarni qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradolikka olib keladi. Ta’lim
metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq
bo‘ladi. darsni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. buning uchun dars jarayoni
oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning
dars jarayonida faolligini doimo rag‘batlantirib turilishi hamisha o‘z samarasini beradi. Quyida
boshlang‘ich sinflarda dars jarayonida qo‘llaniladigan ayrim usullar bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |