Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
MAKTABLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
10
MAKTABLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. Mirakhmedova Umida Akbarovna Toshkent viloyati Zangiota tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Texnologiya fani o‘qituvchisi Tel: 99 877 53 76 Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda maktablarda texnologiya darslarini tashkil etishning zamonaviy metodlari va shakllari haqida hamda ushbu metodlarning afzalliklari haqida fikr mulohazalar yuritiladi. Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiyalar, “axborotli o‘qitish”, multimediyali ta’lim texnologiyalari, animatsion ta’lim metodi, konfutsiy, ko‘rgazmali ta’lim, Abdulla Avloniy. Hozirgi kunda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini innovatsion jarayonlarsiz, ta’lim tizimini esa kompyuter texnalogiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar, yangiliklar markazida o‘quvchi ta’lim jarayonining sub’yekti faol ishlovchiga aylanadi. Mehnat darslarida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan bo‘lib, mehnat asoslari materiallarini uning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda puxta o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. buning sabablaridan biri, o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar yordamida egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto va xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan ta’lim jarayonida tinglovchi asosiy o‘rin egallaydi. An’anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli “axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbayiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Bugungi zamonaviy maktablar davr talabiga aylanib borayotgan bir paytda eskicha ta’lim standartlari talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham, maktablarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga o‘tish talab etilmoda. Jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lgan axborotlashtirilgan multimediyali ta’lim texnologiyalarini mehnat ta’limiga joriy etish orqali o‘tiladigan mavzular mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq va mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, mehnat ta’limida multimediyali vositalardan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor. Bularni quyidagicha ifodalashimiz mumkin ─Ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi; ─O‘quvchini izlanishga undaydi; ─O‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq etkazib beradi; ─O‘quvchi tafakkurini faollashtirib, ijodkorlik qobilyatlarini shakllantiradi; Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bunday zamonaviy usullar yordamida ta’limni tashkil etish orqali darsning samarali, o‘quvchilar uchun esa mazmunli bo‘lishini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Zero, buyuk faylasuf Konfutsiy aytganidek: “Men nimani eshitsam unutaman, nimani ko‘rsam xotiramda saqlayman, nimani o‘zim bilsam tushunaman”. Shuning uchun, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni faol bo‘lishini talab etadigan bir qator uslublar, ya’ni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashda yaxshi samara berishi o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mavzular mazmunini yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda ijodkorlik, aqliy va jismoniy qobilyatlarini rivojlantirish, garmonik rivojlanishi, fantaziyasini boyitish, badiiy did va estetik mahoratni shakllanishi, diqqat va tasavvurni aktivlashtirish, rang tasvir uyg‘unligini anglash, ajratish kabi jarayonlarni shakllantirishga erishish mumkin. Ta’limning ushbu turi keng imkoniyatlarga egadir. chunonchi, birinchi o‘rinda o‘quvchi darsga qiziqadi, o‘qituvchi tomonidan ushbu dars mo‘ljallangan 81 10 topshiriqni qunt bilan bajarishga harakat qiladi. Zero, darsning qanchalik samarali tashkil etilishi birinchi navbatda pedagogning mahorati hamda darsda qo‘llaydigan innovatsion metodlariga bog‘liqdir. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, mustaqil, har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirishi zarur. Buyuk allomalarimiz qilgan og‘zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan iymon, e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatdagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. bu o‘rinda maktablarda o‘tiladigan texnologiya darslarining ahamiyati yuqoridir. Sababi ushbu darslar orqali bola ongida mehnatsevarlik, ijodkorlik, milliy hunarmadchilikka qiziqish va hurmat hissini oshirishga erishish imkoni paydo bo‘ladi. buyuk bobomiz ta’kidlaganlaridek, Abdulla Avloniy “Aziz do‘stlar oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir”. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R.A. MAVLONOVA, M.T. SATbAYEVA - “Mehnat o‘qitish metodikasi” - “NOShIR” TOSHKENT – 2013 2. N. X. Avliyaqulov, N. N. Musayeva - “Pedagogik texnologiya”- “Tafakkur bo‘stoni” – Toshkent 2012 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling