Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
TABIAT DARSLARIDA “VENN DIAGRAMMASI” METODINI QO‘LLASH
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
TABIAT DARSLARIDA “VENN DIAGRAMMASI” METODINI QO‘LLASH YO‘LLARI Urakbayeva Dilfuza Musurmonovna Sirdaryo viloyati Guliston tumani 11- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Telefon: +99899 346 9327 Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf tabiat darslarida “Venn diagrammasi” metodini qo‘llash imkoniyatlari va u asosda o‘quvchilarda taqqoslash, umumlashtirish yo‘nalishlarini egallash yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: “Venn diagrammasi” metodi, tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tabiat. “Venn diagrammasi” metodi o‘quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi sxema chiziladi: O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir. “Venn diagrammasini qo‘llash jarayonida har bir guruh muayyan mavzuga oidtopshiriqlarni bajaradi. O‘quvchilarning e’tiborlariga quyidagi jadvalni taqdim etish mumkin: “Venn diagrammasi” metoddan o‘rganilgan, bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Undan foydalanish bosqichlari: - o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi; - plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi; - har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi; - qo‘yilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarning har qanday to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlari bir talaba-o‘quvchi tomonidan ikki xil rangdagi flamasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi; - kichik guruh ichidan o‘quvchi sheriklarining ismi-shariflari to‘g‘risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi; -fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi; - to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi; - eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi; - bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda o‘quvchilarga tabaqalashtirilgan ball yoki baho qo‘yiladi. 1-sinf “Atrofimizdagi olam” darslarida quyidagi mavzularda “Venn diagrammasi” metodidan foydalanib kelaman: “Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar” mavzusi asosida quyidagicha qo‘llash mumkin: 84 10 “Hashorotlar’ mavzusida avval mavzuga oid multimedia namoyish etiladi, so‘ngra “Venn diagrammasi” metodida tahlil qilish vazifasi beriladi: 3-sinfda “Sog‘lom bo‘lay desangiz?” mvzusi asosida quyidagicha foydalaniladi: 4-sinda “Sayyoralar” mavzusida ham “Venn diagrammasini quyidagicha qo‘llash imkoniyati mavjud: Boshlang‘ich sinf tabiat darslarida ”Venn diagrammasi” metodidan foydalanish asosida quyi- dagilar shakllanadi: - bolalarning tabiat va jamiyat haqida tushunchalari kengayadi ; - mantiqiy tafakkur yuritish imkoniyatlari yuzaga keladi ; - bolalarni solishtirish, taqqoslash asosida umumiy jihatlarini yuzaga keltira olishlarini imkoniyatlari kengayadi ; Tabiatshunoslik o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish ko‘nikma va malaka hosil qilishga ko‘maklashishi lozim. Tabiatshunoslik bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kеngaytirishga, erkin fikrlay оlishi, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrlarini оg‘zaki va yоzma ravishda ravоn bayоn qila оlishi, jamiyat a’zоlari bilan erkin mulоqоtda bo‘la оlish ko‘nikma va malakalarini rivоjlantirishga хizmat qiladi. Yuqorida ta’kidlangan o‘quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi ”Venn diagrammasi” metodi asosida o‘rganish imkonini bersa, mavzuning tub mohiyatini anglash faollikni yuzga keltirish vaziyatlari hosil qilinadi. 85 10 Foydalanilgan adabiyotlar 1. “boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi” moduli bo‘yicha o‘quv-metodik majmua T-2018 1-qism. 2. Tolipov O‘, Usmonbekova M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. T-2006. 3. Yo‘ldoshev J.G‘, Usmonov S. A. Pedagogik texnologiya asoslari. T-, 2004. Darsliklar: 1. Mamadinova N va b.q”Atrofimizdagi olam“1-sinf darsligi.T-2019- yil. 2. Gulomov P va b.q “Atrofimizdagi olam“2-sinf darsligi. T-2018- yil. 3. bahramov.A va b.q “Tabiatshunoslik“ 3-sinf darsligi.T-2019- yil. 4. bahramov A va b.q “Tabiatshunoslik“ 4-sinf darsligi.T- 2017-yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling