Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI ORQALI BOLALARNI O‘QUV-BILISH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI ORQALI BOLALARNI O‘QUV-BILISH 
JARAYONIGA TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Abubakirova Marg‘ubaxon 
Andijon viloyati Qo

rg

ontepa tuman
Qo

rg

ontepa pedagogika kolleji maxsus fan o

qituvchisi 
Telefon : +998916198577
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarni maktabga tayyorlashda tasviriy san’atning o‘ziga 
xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish 
mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib chiqarish vazifasi juda muhumligi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarning maktabda o‘qishga 
tayyorlashda muhim vazifalarni bajarish imkoniga egaligi va uni tushuntirish usullari haqida 
fikr yuritilgan.
Kalit so

zlar: Maktabgacha ta’lim tashkilot, tasviriy san’at, rasm, qalam, mashg

ulot.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali kechishi davlatimizni rivojlangan 
davlatlar hamjamiyati integratsiyalashuvida yosh avlodning ta’lim jarayoni samaradorligini 
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga 
mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab 
chiqildi. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi 
va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, 
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, 
ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, 
o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va 
ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at 
orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga 
chiqarishdir.
Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib chiqarish 
vazifasi turibdi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarning 
maktabda o‘qishga tayyorlashda muhim vazifalarni bajarish imkoniga egadir. Tasviriy faoliyatning 
har bir turi - rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mash g‘ulotlarida bolalarning sensor 
qobiliyatlari jadal rivojlanadi, atrof-muhitni idrok qilish va tasviriy ifodalash ko‘nikma va 
malakalari shakllanib boradi. 
Rasm chizish jarayonida bolalarning ko‘rish xotirasi rivojlanadi, eng kichik elementlarni ham 
ilg‘ashga o‘rganadi. Qalam va mo‘yqalamdan to‘g‘ri foydalanish malakalari shakllanadi. bu 
malakalarni egallash bolalarda qo‘l harakatlarini yo‘naltirish, turli shakldagi, kattalikdagi, turli 
proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida ulardagi barcha elementlarni e’tiborga olishni 
nazarda tutadi. 
Bu yo‘nalishning samarasi, estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy 
adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga 
beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. chunki tasviriy faoliyat 
o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha 
turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish 
uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:
1. badiiy didni tarbiyalash;
2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
3. fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
5. kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi 
ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.
Kichik guruhlarda rasm chizishga o‘rgatishda avvalo asosiy e’tibor qo‘l harakatlarining 


104
10
uyg‘unligiga qaratiladi, chunki qalamni o‘ng qo‘lda to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish bola uchun 
murakkab ish hisoblanadi. Tarbiyachi bolaga qalamni berib, qog‘ozga chizishni, qalam 
harakatining yo‘nalishini asta- sekin o‘zgartirib turli shakldagi “pufaklar”, “yo‘lkalar”, “doiralar” 
va shu kabilarni chizishga o‘rgatadi. katta va tayyorlov guruhlarida esa bolalarning o‘z ishlarini 
vaqt jihatdan taqsimlay bilishi, darhol ishga kirishishi, uni kerakli sur’atda bajarishi va o‘z vaqtida 
tugallashi muhimdir. kichik guruhlarda u yoki bu faoliyat uchun kerakli sur’atga odatlanmagan 
bolalarni tarbiyachi shoshiltirishga majbur bo‘ladi, shoshilib bajarish asnosida ishning sifati 
pasayadi. Tayyorlov guruhlarida bolalarda mustaqillikni tarkib toptirish ishlari tasviriy faoliyat 
mashg‘ulotlarida davom ettiriladi. Mustaqillik tasviriy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarning borligi, bu faoliyatga, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga 
keladigan sharoitlarga, olingan natijalarga ongli munosabat bilan xarakterlanadi. Maktabgacha 
yoshda mustaqillikning rivojlanishi bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun asos bo‘ladi.
Mustaqillikning rivojlanishi faoliyat motivlarining murakkablashuvi bilan uzviy bog‘langan. 
Tayyorlov guruhida faoliyat motivi, masalan, bola rasmni tarbiyachi o‘rgatganidek, yaxshilab 
chizishnigina emas, balki yuqori baho olishni, vazifani to‘g‘ri bajarayotganligiga ishonch hosil 
qilishni istashida namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nurmatova, Sh.Xasanova. Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. «Musiqa». 
T.., 2010-yil.
2. Raxmonqulova Z.A., fayzullaeva M., Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan 
tanishtirish (ilk, kichik, o‘rta guruhlar uchun). T.: 2015-yil.
3. Amirova. G.A., va boshq. Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya mashg‘ulotlari. 
T.: 2014-yil.


105

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling