Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


TARIX FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR VA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
TARIX FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR VA 
TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O‘RNI
Alimova Iroda Madiyorovna
Toshkent shahar, Yashnobod tumani 
153-maktabning 2-toifali tarix fani o‘qituvchisi
Tel nomer: +998 99 0086670
Annotatsiya: bugungi kunda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni 
oshirishda o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, o‘quv 
jarayonlarida yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida 
tashkil etish ham davr talabiga aylandi.Ushbu maqolada maktablarda tarix darslarini tashkil 
etishda darsning samaradorligini oshirish maqsadida fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish orqali 
darslarni mavzulardan kelib chiqqan holda qiziqarli o‘tkazish, ma’lum bir guruhlarga ajratish, 
o‘quv fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning 
tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish; o‘quv jarayonida mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash 
o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi oshirish 
xususiyatlari ochib beriladi. 
Kalit so‘zlar: Tarix, xarita, fanlararo aloqadorlik, innovatsion usullar, interfaol metodlar, 
didaktik o‘yinlar 
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘qituvchilar o‘quvchilarga faqat tayyor bilimlarni 
egallashga o‘rgatib kelishar edi. bu tajriba shuni tasdiqladiki, bunday usul o‘quvchilarning 
mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlik qobiliyatlarini kamaytirishga sabab bo‘ladi. 
Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur, innovatsion usullar va davlat standart talablariga 
javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. boshqacha qilib aytganda 
o‘qituvchilardan oldingi qisman zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan 
yondashish, kasbiy bilimlarini yanada oshirish, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani 
mukammal o‘zlashtirish talab qilinadi. Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, 
yangilik demakdir.
O‘quvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish va materiallarni tushunishga bugungi ma’lumotli 
faktlarni oshkor qilishga ko‘proq e’tibor beriladi. Shu sababli, qora taxtalardan foydalanish yoki 
ma’ruza o‘qitishning odatiy usullari fan va boshqa tegishli fanlarni o‘qitish uchun etarli emas.
Ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar ilg‘or g‘oyalarni taklif qilishdi va ular virtual o‘quv ssenariylari 
yoki simulyatsiyalar o‘quvchilar o‘rtasida mavzularni yaxshiroq tushunishga yordam beradi deb 
ta’kidlashadi.O‘quvchilar ilmiy dalillarni yoki topilmalarni yetkazishdan tashqari, ilm olamini 
o‘rganishni yaxshi ko‘radilar. Ilmiy o‘qitishning ushbu innovatsion usullari maqsadga erishish 
uchun o‘qitishning odatiy usullarini almashtirishi mumkin.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va O‘quvchi faoliyatiga 
yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalgam oshirishda asosan interfaol uslublardan 
foydalaniladi. Interfaol (“Inter”- bu o‘zaro, ”ast”- harakat qilmoq) - o‘zaro harakat qilmoq 
yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. boshqacha so‘z bilan aytganda, 
o‘qitishning interfaol uslubiyatlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus 
shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan 
va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv jarayonida 
intefaol usullardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga: 
- O‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga 
majbur etilishi;
- O‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi; 
- O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yon-
dashgan holda kuchaytirilishi ; 
- Pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari 
mumkin.
Darsni interfaol metodlarda tashkil etish o‘qitish mazmuni yaxshi o‘zlashtirishga o‘z vaqti-
da o‘quvchi-o‘qituvchi-o‘quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o‘rnatishga hissa qo‘shadi. O‘quv 
jarayoni o‘quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladi. O‘zaro axborot ber-
ish, olish, qayta ishlash orqali o‘quv materiali yaxshi esda qoladi. O‘quvchida o‘zaro muloqotga 
kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quv jarayonida - o‘quvchin-


108
10
ing o‘z-o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi. O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qiti-
layotgan predmet mazmuniga aylanadi, o‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon 
bo‘ladi. har bir o‘quvchini o‘zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib 
keladi. bunda yangi tushuncha innovatsion faoliyat tushunchasi paydo bo‘ladi. «Innovatsion faoli-
yat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mikritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: 
- «Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, ta-
jriba-sinov ishi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha 
ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi»
O‘quv jarayonida interfaol metodlar asosida uyg‘unlashtirilgan dars strategiyalarini qo‘lla-
nadi. Ushbu jarayonda o‘quvchilarga kitob, daftarlardan foydalanishga taqiq qo‘yilmaydi balki 
qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiriladi. O‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirishning metodlari-
dan biri “bahsli munozara” usuli yordamidan o‘quvchilarni o‘z fikrlarini erkin ravishda namoyon 
eta olish qobiliyati shakllanib boradi. bu usulda o‘qituvchi tomonidan mavzu doirasida muammoli 
vaziyat hosil qilinib, yechim uchun topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni bajarishda o‘quvchilar 
ham adabiyot ma’lumotlari bilan tanishadi va qolaversa o‘z bilim ko‘nikmalarini ham oshirish-
adi. Pedagog o‘quvchilarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik bilan boshqaradi, 
e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo‘lganda jonli muloqotga chorlaydi. O‘quvchilar mantiqiy fikrlash 
davomida ularning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tomonidan izchillik bilan hisobga 
olinib tahsil oxirida faol O‘quvchilarga qo‘yilgan ballar yoki baholarni e’lon qiladi. O‘quvchilarda 
umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z tajribalarini 
tanqidiy nuqtai nazardan yanada mustahkamlash, real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda sinash va 
amaliy ko‘nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan foydalaniladi.
O‘quvchilarning darsni maroq bilan tinglab qiziqishlarini oshirishning yana bir qator usullari 
mavjud. Misol sifatida tarix darslarini samarali o‘tishi uchun ko‘rgazmaviy qurollardan ko‘proq 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. biroz bo‘lsada o‘quvchilarda jonli tasavvurni uyg‘otish 
maqsadida turli xil mavzulashtirilgan xaritalardan foydalanish ham dars samaradorligini oshirishga
qolaversa o‘quvchilarni darsga qiziqtirishda yordam beradi. Tarix darslarida avvolo o‘quvchilarga 
xarita bilan ishlashni o‘rgatish lozim, lekin afsuski ba’zi darsliklarimizda mavzulashtirilgan 
xaritalar kamlik qiladi. Ayniqsa 6-sinf o‘quvchilari uchun qadimgi manzilgohlarning joylashgan 
o‘rnini o‘rganish uchun xaritalarning o‘rni beqiyosdir.
Tarix darslarda “krossvord” uslubidan foydalanishning ham samarali jihatlari mavjud. bu 
uslubda o‘quvchilarning matematik savodxonligi ortadi. Ularning fikrlash va mustaqil ishlay olish 
qobiliyatlari shakllanadi. Guruhlarga ajatiladi, tezkor va aniq javob berib krossvordni ishlagan 
guruh o‘quvchilari ijobiy baholanadi. bu usul yordamida o‘quvchilarning barchasi darsga jalb 
qilinadi va baholanadi. bundan tashqari tarix darslarida didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali ta’lim 
jarayonining samaradorligini ta’minlash, O‘quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, 
shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig‘ini 
qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi: 
- ta’limiy (didaktik) maqsad; 
- tarbiyaviy maqsad; 
- faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiruvchi maqsad; 
- ijtimoiy maqsad 
O‘yinli texnologiyalar turli shaklda bo‘lsada, ularning barchasi o‘z mazmuniga ko‘ra yagona 
maqsad sari yo‘naltirilgan, ya’ni ular O‘quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, 
kengaytirish, egallangan nazariy bilimlaridan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish 
ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, 
ijtimoiy faollikni shakllantirish, etuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va sog‘lom fikr, 
keng dunyoqarash egasi bo‘lgan komil shaxsni kamol toptirishdan iborat vazifani hal etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pedagogika. Pedagogicheskie teorii sistemi, texnologii. Pod.red. S.A.Smirnova. – M.: 
Akademiya, 2004
2. Tarix o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2005 yil 
3. Tarix fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar, f.Sh.Aqchayev. O‘quv-uslubiy qo‘llan-
ma, 2014 yil


109

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling