Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


Ona tili darslarida “So‘zlarni top”, “Topgan topaloq”, “Telefon”


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Ona tili darslarida “So‘zlarni top”, “Topgan topaloq”, “Telefon” - o‘yinlaridan foydalanish 
mumkin. “So‘zlarni top” o‘yinida o‘quvchilar 2-ga bo‘linadi va har bir guruhga harflar
to‘ldirilgan list beriladi. O‘quvchilar berilgan listdagi harflardan yangi so‘z tuzishlari kerak.
“Topgan topaloq”- bu o‘yinda o‘quvchilar 2 yoki 3 guruhfa bo‘linishadi. Ular o‘zlariga nom 
tanlashadi. Nomlar aniqlangandan so‘ng o‘qituvchi ularga bitta mulohazali savol beradi va ularga 
o‘ylash uchun 5 minut vaqt beradi. Qaysi guruh birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarsa o‘sha guruh javobini 
aytadi va boshqa guruhlar ham javoblarini aytishadi. O‘qituvchi to‘rtta shunday savol beradi va 
5shartda har bir guruhga alohidadan krossvord tarqatadi. krossvordni birinchi bo‘lib yechgan va 
to‘g‘ri yechgan va oldingi savollarga ham to‘g‘ri javob bergan guruh g‘olib hisoblanadi.
“Telefon” o‘yini “-guruh 3 guruhga bo‘linib har bir guruhdan 1 ta dan o‘quvchi chiqadi. 
O‘qituvchi ularning har biriga 1 tadan so‘z aytadi. (qulog‘iga shivirlab) Ular guruhlaridagi 1 – 
o‘quvchiga xuddi shu so‘zni shivirlab aytadi, u esa yonidagiga shu tariqa oxirgi o‘quvchigacha
o‘sha so‘z bir – birining qulog‘iga shivirlab aytadi, oxirgi o‘quvchi eshitganini doskaga yozadi.
Topshiriqni to‘g‘ri va tez bajargan guruh baholanadi. 
Tabiatshunoslik darsida “Men kimman?” o‘yinidan foydalanish tavsiya etiladi. bu o‘yinda 
o‘quvchilarga mavzuga doir rasm beriladi. har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmni gapirmasdan
tasvirlashi kerak. Qolganlar esa rasmda nima yashiringanini topishlari kerak. Masalan, bir
o‘quvchiga bironta hayvon rasmi tushgan bo‘lsa u shu hayvon qilig‘ini pontanimo orqali
ifodalab berishi kerak. Qolgan o‘quvchilar esa uni qaysi hayvonni ifodalayotganini topishlari


111
10
kerak. Tasviriy san’at darsida “Rasmlarni to‘g‘ri joylashtirish” o‘yinidan foydalanish mumkin. 
-O‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma – ketlikda yoritishga 
xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etuvchi maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi, har bir 
kartochka orqasiga yashiringan so‘zning bir harfiyorilgan bo‘ladi. O‘quvchilarga kartochkalar 
topshiriladi. Ular kartochkalarni tushunchalarga asosan ketma - ketlikda joylashtirib chiqadi. 
Topshiriq bajarilgach kartochkalarning orqasi o‘chirilib tekshiriladi, topshiriq to‘g‘ri bajarilsa
yashirilgan so‘z kelib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, bunday o‘yinlardan foydalanish hozirgi davr talabi, chunki an’anaviy 
darslardan voz kechib, noan’anaviy dars tizimiga o‘tish vaqti keldi.


112

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling