Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH.
Amanova Nazira Ashurovna G‘ijduvon tumani
17-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Buxoro davlat universiteti talabasi
Sharipova Nargiza Nafiddin qizi.
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi 
haqida so‘z yuritiladi. boshlang‘ich sinflarda matematika, ona tili, tasviriy san’at va boshqa 
darslarda samarali o‘yinlardan misollardan namunalar keltirilgan.
boshlang‘ich sinflarda deyarli barcha fanlarni o‘qituvchining o‘zi o‘tadi. bu yoshdagi 
o‘quvchilar darsda tez zerikib qoladilar. Shuning uchun o‘quvchilarni qiziqtirish uchun o‘qituvchi 
o‘yinlardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Matematika fanini o‘quvchilarga to‘g‘ri 
o‘rgatish va o‘quvchini qiziqtirish o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab etadi. O‘qituvchi darsda
qanday usul, qanday texnik vositadan, qanday ko‘rgazmali qurol yoki tarqatma materialdan 
foydalanishi o‘quvchining darsga qiziqishini va darsning talab darajasiga javob berishini ta’minlab 
beradi. Matematika darslarida usul va o‘yinlardan samarali foydalanish dars samaradorligini 
oshiradi va o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. 
Matematika darslarida “Tezkor javob” o‘yinidan foydanish mumkin. bu o‘yinda barcha 
o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. bu o‘yinni o‘quvchilarda “Sonlar” mavzusida qo‘llash
mumkin. bunda o‘quvchilar sonlarning toq yoki juftlarini ketma - ketlikda tez aytishlari
kerak.O‘yinda to‘xtab qolgan o‘quvchi o‘yinni tark etadi. Qolganlar esa o‘yinni davom
ettiradilar.O‘yin bir kishi qolguncha davom etadi.
Masalan, faqat toq sonlarni ketma - ketlikda davom ettirish:
1-o‘quvchi : “3”-desa;
2-o‘quvchi : “besh”-deydi… O‘yin shu taxlit davom etadi.
“Tug‘ulgan kunni topish”-o‘yini. Bunda tug‘ilgan kunni ko‘rsatuvchi son va oyning tartib 
nomeri nazarda tutiladi. Masalan, 25- iyul. Tug‘ilgan kuningizni ko‘rsatuvchi sonni ikkilantiring, 
5 ni qo‘shing, 50 ga ko‘paytiring, tug‘ilgan oyning tartib nomerini qo‘shing va natijani ayting. 
(Natijadan 250 ni ayirish kifoy, hosil bo‘lgan sonning yuzliklari tug‘ilgan kunni, birliklari va
o‘nliklari esa tug‘ilgan oyning tartib nomerini bildiradi.) 
Tushuntirish: Tug‘ilgan kunni X bilan belgilaymiz, oyning tartib nomerini Y bilan
belgilaymiz. U holda fokus algebra tilida quyidagicha yoziladi:
(2x+5)۰50+y=100x+y+250 
Endi natijadan 250 ni ayirsak, 100x+y sonnig tashqi ko‘rinishiga qarab x va y ning
qiymatlarini topish mumkin. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling