Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH Hakimova Maxliyo Ibodulla qizi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 18-sonli maktabning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy faoliyatini shakllantirishga qaratilgan metodlar asosida dars o‘tish, bolalarning o‘z mustaqil fikrlarini shakllantirish yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Mustaqil dunyo qarash, tafakkur, muammoli vaziyat, umumiy taxlil, pedagogik jarayon. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish va barkamol insonni shakllantirish, ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. hayotga ziyrak ko‘z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlovchi aqliy jihatdan kamol toptirish lozimligini o‘rganishga ahamiyat qaratdik. boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan (I-IV) sinflarning o‘quvchilari kiradi. bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotganda tayyorlanadi. Talablar bilan tanishadi. bunda u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan har xil talablar bilan tanishadi. fan, asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda bolaning obektiv va subektiv jihatdan maktab talabiga ta’limiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi ravshanligi, sog‘ligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi dilkashligi xayrihoxligi, ishonuvchanligi, xayolning yaqqolligi, tafakkurining yaqqolligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurning yorqinligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktabda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishda boshlang‘ich sinf bolalarning anamotik, fiziologik xususiyatlari jismoniy kamolot darajasini hisobga olish muvaffaqiyat garovidir. boshlang‘ich sinf o‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan uyg‘un o‘sadi. Uning bo‘yi va og‘irligi o‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. biroq bolaning suyaklari ko‘krak qafasi, tos, qo‘l suyaklari, umurtqa pog‘onasida hali tag‘aysimon to‘qimalar uchraydi. bu esa uning suyak takomillashib bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Yurak muskullari tez o‘sadi, qon tomirlarining deamtri sal kattaroq bo‘ladi. Miyaning og‘irligi boshlangich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya po‘stining anamotik-sintetik faoliyati takomillashadi, qo‘zg‘alish bilan tormozlanish o‘rtasidagi munosabat o‘zgaradi, lekin qo‘zg‘alish nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. Shuning uchun bolaning to‘g‘ri o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish toliqishining oldini olish, o‘qish va dam olish rejimiga qat’iy rioya etish zarur. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini ijtimoiy mavjudini, sinf jamoasi va oila muhitidagi ahvolini o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan bilim olish ko‘nikma va malakalarini egallash tabiat va jamiyat to‘g‘risida qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ta’lim muayyan darajada intilish, idoraviy zo‘r berish faollik va maqsadga muvofiq faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakat o‘rnini aniqlashilgan, rejali, aqliy mehnat egallay boshlaydi. O‘quvchi doimo tengdoshlari bilan birga muayyan sinf jamoasida bo‘ladi. demak uning oldida hamma vaqt sinf jamoasining manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa intilishiga bo‘ysundirish, o‘zaro yordam, o‘zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch masalalarini egallash vazifasi turadi. Ta’lim jarayonida esa o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar toboro ko‘payib va murakkablashib boraveradi. O‘qishning dastlabki kunidayoq kichik maktab yoshdagi bolaning o‘sishi, qarama-qarshiliklar ichki ixtiloflar vujudga keladi. Ana shular zamirida boladagi psixik kamolotning darajasi va ijobiy hislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishi toqazo etadi va shu berk zanjirning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining muhim xususiyatlardan biri unda o‘ziga hos ehtiyojlar o‘z 161 10 mohiyati bilan muayyan bilim ko‘nikma atrofidagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. bundan tashqari bilimlar kunidagi shodiyona ayyom, o‘quvchilik safiga qabul payti, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilarning unga bildirgan samimiy tilaklar, yuqori sinf o‘quvchilarining tabriklari bolaning his-tuyg‘usiga ijobiy ta’sir etadi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga borish, o‘qituvchilarning o‘gitlari ham bolani o‘ziga rom etadi. Umuman boshlang‘ich sinf bolalar o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib yetmaydi. balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Ammo u kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach shodiyona lahzalarning taassuroti namoyishi bilan maktabning tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va o‘qishning kundalik, qat’iy mehnat, irodaviy zo‘r berish, yoqtirmagan narsa bilan shug‘ullanish, diqqatini taqsimlash, o‘z xulqini idora qilish ekanligini anglaydi. Shunday aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O‘qituvchi esa bunday holatni oldini olish uchun bolaga ta’limning o‘yindan farqi qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berish va uni shu faoliyatga tayyorlash kerak. O‘qish faoliyatiga qiziqish uning mazmuniga ham qiziqishini vujudga keltiradi. bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib topadi. Ta’limning mazmuniga bilimni egallashga qiziqish o‘quvchilarning o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy boqliqdir. bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘quvchida samaraliroq ishlash mayli eslatadi, ishtiyoqi shakllantiradi, bolada paydo bo‘lgan faxrlanish va malakalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Raqobatlashtirish va jazolash meyorida bo‘lsagina, ularning tarbiyaviy ta’siri ortadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatini baholash unda o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki maktablarda bolalarni og‘zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi ana shu baho ta’sirida o‘z faoliyatini kuchaytiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. hatto o‘quvchi dastlabki paytlarda “yaxshi” yoki “yomon” bahoning farqiga ham bormaydi. ko‘proq nechta baho olgani qiziqtiradi. O‘qituvchining rag‘batlantirilishi uning uchun eng muhim ro‘l o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituvchi shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o‘quvchilarning bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. R.Ergashev.O‘quv-uslubiy majmua.-Guliston, 2019-177b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling