Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH: MAZMUN, METODOLOGIYA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH: MAZMUN, METODOLOGIYA, 
BAHOLASH VA TA’LIM MUHITI
Jumanova Barno Davletovna
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 
12-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya.Ushbu maqolada bugungi kunda maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan 
islohatlar va ularning amalda qo‘llanish jarayoni haqida to‘xtalib,,ta’lim sifatining 
mazmuni,metodologiyasi,ta’limda baholash va ta’lim metodlari haqida o‘qitish jarayoni bilan 
bog‘liq fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim sifati,ta’lim mazmuni, metod, metodologiya, xalqaro baholash, tizim, 
bilim, malaka, ko‘nikma, muhit.
Keyingi ikki yil davomida ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy tarzda,belgilangan 
talablar asosida tashkil etish bo‘yicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Muhtaram 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish 
zarur”deganlarida o‘qituvchilar zimmasidagi ma’suliyat hissi yana bir bor oshdi desam mubolag‘a 
bo‘lmaydi.Yurtboshimiz har bir sinfda o‘quvchilarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib 
chiqib,davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini,darsliklarni 
eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish zarurligini uqtirdilar.bu bugungi 
kun talablaridan biri deb qabul qilindi. O‘quvchilar o‘zlari tanlagan fan yoki kasb bo‘yicha 
ko‘nikma hosil qilsa ta’lim sifatining ijobiy darajada ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.bu o‘rinda 
biz o‘qituvchilarning vazifasi ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘naltirishdan 
iborat.
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.uning bu faoliyati 
tufayli o‘quvchilarda bilish havaslari tarkib topa boradi.Agar o‘qituvchi ongli ravishda ularning 
qiziqishlarini sifatga aylantira olmasa,ular u yoki bu sohani o‘zlari uchun ideal hisoblab,ko‘p 
qirrali bilish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadilar.
O‘quvchining individual qiziqishini to‘g‘ri o‘rganish,baholash va barqarorligiga to‘la ishonch 
hosil qilish juda ahamiyatli.Shuning uchun biz o‘qituvchilar o‘quvchi qiziqishini,bilim darajasini 
to‘g‘ri ko‘rsatishimiz darkor.buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini,bilimini,uning 
boshqa individual- psixologik sifatlarini,ya’ni qobiliyatini,iste’dodini,temperamentini va 
xarakterini o‘rganib munosabatga kirishishi lozim.Shunda o‘quvchi o‘zining talab va istaklarini 
o‘qituvchiga ochiq aytadi va ustozini yaqin inson sifatida ko‘ra boshlaydi.O‘zi tanlagan soha 
bo‘yicha havas bilan o‘qishni boshlaydi.Ta’lim sifati-inson hayoti va faoliyatining sifatini 
oshirish,aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan,aniq sharoitlarda talab etilib 
olingan bilimlar majmui.buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’limga birinchilardan 
bo‘lib yangiliklar olib kirgan.Ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi.Sharqona qarashlarga 
yo‘g‘rilgan zamonaviy ta’lim tizimiga yo‘l ochib berdi.
Ta’lim mazmuni ta’limning maqsadiga muvofiq tarzda belgilanadi.Ta’lim mazmuniga umumiy 
ma’lumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan bilim,malaka va 
ko‘nikmalar ham kiradi.Ta’lim mazmuni o‘quv reja va dasturlari,darslik va qo‘shimcha manbalar 
orqali yoritiladi.Maktablarda beriladigan ta’lim mazmuni tarixiy va milliy xususiyatlarga ega.
Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning 
mazmuni o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari,fan va texnika taraqqiyoti darajasi 
bilan belgilangan.Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lgan iymonli,e’tiqodli,bilimli yoshlarni 
tarbiyalab berish bugungi kun ta’limining mazmuni hisoblanadi. 
”Metodologoya” tushunchasi keng qamrovga ega bo‘lgan atama hisoblanib,metodlar bilan 
birga tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi.hozirgi ta’lim tizimida fan 
sohalari metodoligik tushunchalar asosida o‘rganilmoqdi.O‘quvchi dunyoqarashining kengayishi 
va atrof-muhitga turli qarashlar bilan munosabat bildira olishlariga zamin yaratadi.O‘quvchilar 
faqat ilmiy jihatdan emas,hayot bilan hamohanglik malakalariga ham ega bo‘ladilar.har bir fan 
o‘z ko‘lami doirasida uning strukturasini,taraqqiyotini,ilmiy-tadqiqot usullari va vositalari,uning 
natijalarini asoslash yo‘llarini,bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rgatadi.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishda o‘quvchilar bilim.malaka va ko‘nikmalarini baholash 


155
10
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.baho o‘quvchilarning bilimini,malakasini,ko‘nikmasini 
aniq ko‘rsatadigan o‘lchov mezonidir.O‘qituvchi har qanday vaziyatda ham o‘quvchi bilimini 
to‘g‘ri baholashi kerak .bu jarayonda o‘qituvchi xuddi shifokor bemorga tashxis qo‘yganday aniq 
faoliyat olib borishi kerak.chunki shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘ysa bir insonning umri qisqaradi 
yoki vafot qiladi.Agar o‘qituvchi baholashda xato qilsa bir o‘quvchi orqali bir oilaviy sulolaning 
hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.bu o‘quvchi ertaga ota-ona sifatida farzand tarbiyalashi 
kerak.farzand uchun ota-onaning jamiyatdagi o‘rni muhim.Shunday ekan biz o‘qituvchilar 
bemorini o‘ldirgan tabibga o‘xshamaslik uchun o‘quvchilarimizga haqiqiy bahosini qo‘yishimiz 
lozim,
Vazirlar Mahkamasining”Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Xalqaro baholash 
dasturlari bo‘yicha o‘quv seminarlari olib borilmoqda. PIRLS,TIMSS,PISA singari xalqaro 
baholash dasturlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldik .
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishda ta’lim muhitining ahamiyati katta.Zamonaviy o‘quv 
jarayonida nafaqat o‘quv jarayoniga,balki ta’lim muhitiga ham e’tibor qaratilmoqda.Ta’lim 
muhitining ta’sir doirasi va ma’lum bir shaklga muvofiq shaxsni shakllantirish sharoitlari,uning 
ijtimoiy rivojlanishida mavjud bo‘lgan rivojlanish imkoniyatlarini belgilaydi.Ta’lim muhitini 
sinf xonasida o‘qituvchining o‘zi yaratadi.Muhit o‘quvchi ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lganda 
dars mazmunli yakun topadi.O‘quvchi ta’lim olish uchun muhit to‘g‘ri shakllangandagina 
bilim olishga harakat boshlaydi.Sinf xonasidagi o‘quv muhitini yaratish uchun o‘qituvchi bilan 
o‘quvchilatning kuchlari birlashadi.bu muhit ijobiy yoki salbiy bo‘lishi har bir o‘qituvchining 
pedagogik mahoratini ko‘rsatadi 
barcha aytilgan fikr va xulosalar qachonki o‘qituvchi o‘z ishiga fidokorona yondashgandagina 
ta’lim sifati ko‘tarilib,kelajak barkamol avlod qo‘liga o‘tadi.Shundagina biz kutgan ta’lim 
jarayonidagi yuqori samaradorlik nazariy va amaliy ifodasini topadi va ezgu maqsadlarga keng 
imkoniyatlar ochib beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Islom Abdug‘niyevich karimov”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
2. ”Til va adabiyot ta’limi”jurnali 2019-yil 11-son.
3. ”O‘zbek tilining izohli lug‘ati”3-jild.
4. A.Avloniy”Turkiy Guliston yoxud axloq”as


156

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling