Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
“FSMU” INTERFAOL METODINI ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
“FSMU” INTERFAOL METODINI ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA QO‘LLASH Andijon viloyati Asaka tumani 27- umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Isaqova Parizod Ne’matovna 99894 929 00 39 Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’limda yangilik bo‘lgan interfaol metodlaridan biri FSMU metodining ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash haqida fikr-mulohazalar keltirilgan.Metod turli misollar orqali izohlanib, tushuntirilgan. Kalit so‘zlar: munozara, yordamchi so‘z turkumlari, uslub, adabiyot, o‘qituvchi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda o‘tilgan mavzu va bo‘limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida, o‘quv rejasi asosida birorbir bo‘lim o‘rganilgach qo‘llanilishi mumkin. chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlashga o‘rgatadi. Bu texnologiyadan foydalanishda o‘qituvchi har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni iltimos qiladi. bunda:f—fikringizni bayon etingS—fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;M- ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;U—fikringizni umumlashtiring. O‘qituvchi tinglovchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi. Yakka tartibdagi ish tugagach, tinglovchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘qituvchi kichik guruhlarga “FSMU” texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi. kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlari taklif etiladi. O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi. Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.Namuna: 1. Vazifa: “Oq kema” – o‘lmas asar” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon qiling.f - “Oq kema” qissasi ch.Aytmatovning eng mashhur va o‘lmas asarlaridan biridir. S - “Oq kema” asarida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi asriy muammolar o‘z ifodasini topganligi bois u umrboqiydir. M - Mo‘min chol tabiatidagi soddalik, ezgulik, mehr-oqibat, mehnatsyevarlik, kamtarlik O‘rozqul timsolidagi shafqatsizlik, takabburlik kabi illatlarga qarshi qo‘yilsa, bolakay qalbidagi soflik, mehribonlik xislatlari atrofdagi insonlarning, jumladan, ota-onasining unga befarqligiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Masalan, bolakay shoshib turgan bo‘lsa ham o‘zining sevimli toshlarini erkalab, unga e’tibor bilan qaraydi. Ammo bolakayning (holbuki, u bir Inson) quvonchiga Seydahmad ham, O‘rozqul ham arzimas bir hodisa sifatida e’tibor qaratishmaydi.U - qaysiki asar milliy qadriyatlarni, ezgulikni ulug‘lar ekan, bu asarning umri boqiydir. 2. Vazifa: “Yordamchi so‘zlar fikr ifodalash uchun zarur” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon qiling. f - Yordamchi so‘zlar o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega. S - Yordamchi so‘zlar gapida so‘z va gaplarni bir-biriga bog‘lash, munosabatga kiritish va qo‘shimcha ma’nolar yuklash vazifalarini bajaradi. M - Bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklar va gaplarni o‘zaro bog‘lasa, ko‘makchilar so‘z birikmasi hosil qilishda ishtirok qiladi. Yuklamalar esa fikrga so‘roq, taajjub, ayiruv, chegaralash kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuklab, so‘zlovchining fikrini oydinlashtirish uchun xizmat qiladi.U - Yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmasa-da, nutqimizda ularning ahamiyati beqiyos . Adabiyotlar: 1. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.-T.: “fan”, 2006-yil 2. husanboyeva Q. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o‘rgatish.- Toshkent, 1999-yil 3. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali.-2010-2012-yil sonlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling